Reflektorning asosiy turlari
Reflektorlar, kuzatish maqsadlariga ko`ra, bir necha turdagi sistemalarda ishlatilishi mumkin. Bevosita ob’yektivining fokusida kuzatish mo`ljallangan teleskop to`g`ri fokusli reflektor deyiladi.
83 – rasm.Teleskopik sistemalar.1.Nьyuton sistemasi.2.Gregori sistemasi.3.Kassegren sistemasi.
Ob’yektivining fokusidan oldin bosh optik o`qqa burchak ostida qo`yilgan yassi ko`zgu yordamida fokusni trubadan yon tomonga, chiqarilgan teleskop Nьyuton fokusli yoki sistemali reflektor deyiladi (83 – rasm,1). Bunday teleskop fokusidan keyin o`rnatilgan botiq sferik ko`zgu yordamida teleskop bosh ko`zgusining (ob’yektivining) markaziy teshigi orqali fokusi tashqariga chiqarilgan sistema-Gregori sistemali reflektor deyiladi (83 – rasm, 2). Va nihoyat, bosh ko`zgu fokusidan oldin o`rnatilgan qavariq ko`zgu yordamida, sistema fokusi ob’yektiv markazi teshigidan tashqariga chiqarilgan sistema–Kossegren sistemali reflektor deyiladi(83 – rasm, 3). Garchi bunday sistemalarda nurning qo`shimcha ko`zgulardan qaytishi hisobiga anchayin nur yo`qolsada, teleskopning ba’zi predmetlarini (kattalashtirish, ajrata olish kuchi) maqsadga moslab o`zgartirilishi va qo`shimcha qayd qilgich asboblarni biriktirilishini qulaylashtirishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.
Astrofizik tadqiqotlarda yoritgichdan kelayotgan nurdan maksimal foydalanish juda muhim. Biroq refraktorlar linzasining shisha materiali, nurni kuchli yutib, (ayniqsa ulьtrabinafsha sohasida) ko`zgu, fotografik emulьsiya yoxud fotoelektrik qayd qilgichga tushayotgan nurni keskin chegaralaydi. Shuningdek, fotomateriallarning va fotoelektrik qayd qilgich asboblarning sezgirlik chegarasi, ko`znikiga nisbatan keng bo`lganidan ularda xromatik aberratsiyaning ta’siri ham katta bo`ladi. Shuning uchun ham astrofizik maqsaddagi kuzatishlarda refraktorlar o`rniga reflektor keng qo`llanadi.
Astrometriyada, hozirga qadar ham refraktorlar qulay instrument hisoblanadi. Buning sababi, reflektorlarning uning aylanish o`qlari atrofida kichik miqdorga bo`lsada, burilishlarga juda sezgirligidandir. Agar reflektor ko`zgusiga tushayotgan nur ma’lum burchakka og`sa, undan qaytayotgan nurning yo`nalishi burchakka og`adi va bu, fotoplastinkada ob’yekt tasvirining sezilarli siljishiga olib keladi. Refraktorda nurning bunday kattalikdagi burchakka () beixtiyor burilishi, fotoplastinkada tasvirni nisbatan juda kichik miqdorgagina siljishiga sabab bo`ladi. Bu esa, asosiy maqsadi, yoritgichlarning o`rnini aniq o`lchashdan iborat bo`lgan astrometriya uchun juda muhimdir. Shuning uchun ham refraktorlar astrometriyaning asosiy instrumentlaridan hisoblanadi.
Ko`zguli teleskoplarda tasvir, bosh ko`zguning optik o`qi yaqinidan qaytgan nurlarda juda tiniq chiqib, bosh optik o`qdan uzoqdan qaytgan nurlarda buzila boshlaydi (o`qdan tashqari aberratsiya tufayli). Shuning uchun ham reflektorlar yordamida osmonning taxminan dan katta maydonini rasmga olish maqsadga muvofiq bo`lmaydi. Buning uchun maxsus ko`zguli-linzali teleskoplardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |