«Windows»da «Win+R» kombinatsiyasi. Uning yordamida bajariladigan foydali buyruqlar ro‘yxati «Windows» operatsion tizimidagi aksariyat masalalarni yechishda, ko‘p holatlarda «Выполнить»
«Windows»da «Win+R» kombinatsiyasi. Uning yordamida bajariladigan foydali buyruqlar ro‘yxati
«Windows» operatsion tizimidagi aksariyat masalalarni yechishda, ko‘p holatlarda «Выполнить» menyusi orqali buyruqlarni amalga oshirish mumkin (bundan tashqari ushbu menyu yordamida ko‘zimizdan berkitilgan dasturlarni ham ishga tushirish mumkin).
Ba’zi buyruqlarni «Windows»ning «Панель управления»si yordamida ishga tushirish mumkin, lekin odatda bunga biroz ko‘proq vaqt talab etiladi. Haqiqatdan ham biz uchun qaysi biri osonroq, bir buyruqni kiritib — «Enter» klavishini bosishmi yoki sichqoncha yordamida ketma-ket oynadan-oynaga o‘tishmi?
«Win+R» klavishlari birikmasini bosgan holda quyidagi buyruqlarni qo‘llash mumkin:
Brauzerlar: Internet Explorer: iexplore
Lokal xavfsizlik siyosati | Локальная политика безопасности: secpol.msc
Program Files papkasi | Папка Program Files: %programfiles%
Ножницы vositasi | Инструмент Ножницы: snippingtool
С diskini ochish | Открыть диск С: С: | \
Har qanday diskni ochish | Открыть любой диск: Disk harfi | Буква диска:
Joriy foydalanuvchining uy papkasini ochish | Открыть домашнюю папку текущего пользователя: .(nuqta)
Пользователи papkasini ochish | Открыть папку Пользователи: ..(probelsiz ikkita nuqta)
«Windows»dagi «Выполнить» vositasi va uning tarkibiga kiruvchi buyruqlar bu «Windows»da topishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan buyruqlardan tashqari operatsion tizimning turli panel va utilitlariga murojaat etishni ta’minlaydigan yana yuzlab boshqa buyruqlar ham mavjud.