1. «Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyatining shakllanish tarixi
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishning bosh vazifalaridan biri ishlab chiqarishni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish evaziga uni barqarorlashtirish hisoblanadi. Ushbu masalani muvaffakiyatli hal etishda tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri hisoblangan korxona va firmalar muhim o’rin tutadi.
«Wincler» MCHJ ham iqtisodiyotimizda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan korxonalar sarasiga kiradi. «Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyati mustaqil korxona, jamiyatning Nizomi tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyasini tomonidan 2002 yil 05 yanvarda 4586-07-reestr raqami bilan yuridik shaxs – mustaqil korxona sifatida Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
«Wincler» MCHJ korxonasining asosiy maqsadi - xo’jalik hisobidagi ishlab chikarish faoliyatidan sof foyda olish va o’zini-o’zi moddiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirilishini ko’zlagan holda, korxona mehnat jamoasi va jamiyat aktsiyadorlarining moddiy va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan.
«Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi oziq-ovqat sanoatining hozirgi davrda eng dolzarb sohalaridan biri hisoblangan non ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi.
Bundan tashqari ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’p tarmoqli bo’lib Nizomida o’ziga qo’yiladigan maqsadga erishishda O’zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida quyidagi faoliyat turlarini bajarishi belgilangan:
Barcha turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qadoqlash, qayta ishlash va sotish;
Parrandachilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish;
Barcha turdagi xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va sotish;
Mahsulotlar qadoqlash (fasovka, upakovka) xizmatlarini ko’rsatish;
Eksport-import faoliyati bilan shug’ullanish;
Tikuvchilik, trikotaj va to’qimachilik, poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;
Jamiyat tasarrufida savdo do’konlari, supermarketlar, savdo uylari, ishlab chiqarish tsexlari tashkil qilish va ularni ijaraga berish;
CHakana va ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanish, tijorat hamda vositachilik ishlarini olib borish;
Barcha turdagi maishiy va orgtexnikalar savdosini tashkil qilish, chet davlatlardan olib kelish va sotish, ta’mirlash va o’rnatib berish xizmatlari ko’rsatish;
Aholiga madaniy-maishiy va pullik xizmatlar turlarini ko’rsatish;
Barcha turdagi qishloq xo’jalik texnikalarini va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va sotish, servis xizmatlari ko’rsatish;
Barcha turdagi kompleks qurilish, qurilish-montaj, yevroqurilish, yevroremont ishlarini amalga oshirish;
Barcha turdagi qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;
Alyumin profillardan eshik, romlar ishlab chiqarish va sotish hamda o’rnatib berish xizmatlarini ko’rsatish;
Aholiga va tashkilotlarga yo’lovchi hamda yuk tashish transport xizmatlari ko’rsatish;
Milliy, yevropa va parxez taomlar oshxonalari tashkil qilish va xizmat ko’rsatish;
Neftь va neftь mahsulotlari bilan savdo qiluvchi shahobchalar tashkil qilish;
Barcha turdagi avtomobillarga gaz bilan yuruvchi moslamalar o’rnatish va servis xizmatlari ko’rsatish;
Aholi va tashkilotlarning barcha turdagi avtomobillarini ta’mirlash, texnik-servis xizmatlari ko’rsatish, avtomobillar yuvish joylarini tashkil etish;
Avtomobilь ishlab chiqaruvchi korxonalariga shartnoma va buyurtma asosida avtomobilь ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va yetkazib berish;
Barcha turdagi avtomobilь va ularning ehtiyot qismlari savdosi bilan shug’ullanish, chet davlatlardan olib kelish va sotish;
Barcha turdagi oziq-ovqat va qandolat, makaron va non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;
bug’doy yetishtirish, qayta ishlash va sotish;
Dorixonalar ochish, dori-darmonlar ishlab chiqarish, qadoqlash va sotish (maxsus litsenziyaga asosan);
Aholiga va tashkilotlar mehnat jamoalariga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko’rsatish, stomatologiya xonalari, mikroklinikalar tashkil qilish;
Barcha turdagi kompьyuter xizmatlari ko’rsatish, internet-kafelar tashkil qilish;
CHet mamlakatlaridan va Respublikamiz boshqa viloyatlaridan kompьyuter texnikasi, sanoat, qurilish, oziq-ovqat tovarlarini, xom ashyo va boshqa zarur mahsulotlarni keng ko’lamda olib kelish, naqd pul yoki pul o’tkazish yo’li bilan sotish ishlarini olib borish;
Marketing, konsalting, dilerlik, brokerlik, subdilerlik xizmatlari ko’rsatish;
Uyali aloqalar bo’yicha agentlik xizmatlari ko’rsatish;
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarga chiqish, horijiy firma va tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish;
Yuqoridagilardan tashqari yana qo’shimcha ravishda, O’zbekiston Respublikasining belgilangan qonun-qoidalari asosida barcha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Korxonaning umumiy maydoni 1.6ga, bundan 0,8 ga yer maydoni ishlab chiqarishda band. Ustav fondi 120.500.000 (bir yuz yigirma million ikki yuz ming) so’m, umumiy ishchilari soni 30 nafar, boshqaruv va noishlab chiqarish xodimlari esa 6 ta. Tarmoq faoliyati – non mahsulotlari ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |