1-ma’ruza: Web texnologiyalar faniga kirish Dots., t.f.f.d. Xujayarov I.Sh. - Fanga kirish
- Web ilovalarni ishlab chiqish uchun zamonaviy freymworklar
- “Web texnologiyalar” fanining maqsadi talabalarga turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, web dasturlash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat.
- Fanning vazifasi esa talabalarni zamonaviy web texnologiyalar asosida talabalarga turli qiyinchilikdagi web saytlar, ilovalarni yaratish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o’rgatishdan iboratdir.
- Ushbu kurs Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining KI(AT-servis) ta’lim yo’nalishlari uchun mutaxassislik fani hisoblanadi. Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma‘lumotlarni qayta ishlash, web saytlar ishlab chiqish va webda dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi.
Web texnologiyalar faniga kirish - Ushbu kurs quyidagi 2 bo’limdan iborat:
- Python dasturlash tilida asosiy tushunchalar, o’zgaruvchilar, shart oparatorlari, takrorlanuvchi jarayonlar, ro’yxatlar, lug’atlar, funksiyalar va ob’ektga yonaltirilgan dasturlash.
- • Python django freyworki asosida loyihalar bilan ishlash.
- Talabalar fanni o‘zlashtirishlari uchun algoritm, ma‘lumot, axborot tushunchalari hamda birorta dasturlash tilida amaliy ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabada quyidagi qobiliyatlar rivojlantiriladi:
- • Web sayt, server, web saytni serverga joylashtirish;
- • Tinglovchi tomonidan yuqori darajali dasturlash tilida shablonlarning standart kutubxonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda mustaqil tarzda web sayt yarata olish;
Web ilovalarni ishlab chiqish uchun zamonaviy freymworklar - Zamonaviy dunyoda yirik kompaniya va tashkilotni o'z veb-ilovasi yoki veb-saytisiz tasavvur qilish qiyin. Tashkilotlarning qiziqishi bilan bir qatorda yuqori sifatli veb-ilovalarni ishlab chiqishni osonlashtirishga qaratilgan kutubxonalar va freymworklar soni ortib bormoqda. Freymworklar dasturlash dunyosini tubdan o'zgartirib yubordi va veb ilovalarni ishlab chiqishning ajralmas qismiga aylandi, chunki dastur standartlari doimiy ravishda o'zgartirilib boriladi va natijada texnologiyaning murakkabligi ortib bormoqda.
- Dunyo bo'ylab minglab ishlab chiquvchilar tomonidan belgilangan tayyor vositalar va kutubxonalardan foydalanish boy va interaktiv veb-ilovalarni yaratish uchun oqilona yondashuvni taqdim etadi. Freymworkni tanlash qiyin ish emas, lekin tanlashda ularning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |