WEB-saytlar yaratish.
Reja:
Web-saytlar qanday yaratiladi?
Masalaning qo'yilishi.
Texnik masala (TM)ni ishlab chiqish.
Strukturizatsiya.
Web-sayt dizaynini ishlab chiqish.
Web-saytni boshqarish tizimini ishlab chiqish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Web-saytlarni ishlab chiqish jarayoni aniq mantiqiy davom etadigan harakatlardan iborat bo’lib, ularni bajarish natijasida ishga yaroqli, qonun-qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan dastur mahsuloti yaratiladi. Dastur buyurtmachining texnik shartlariga javob berganda ishga yaroqli deb hisoblash mumkin. Uni Internet tarmog’iga ulangan kompyuterga joylashtirish va loyihani amalga oshirish mumkin.
Web-saytni ishlab chiqishni WEB-dizayner, WEB-studiya, dizayn-studiya yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin va ko’p boskichli kompleks ishni, ya`ni masalaning quyilishi va funktcional mukammal dastur mahsuloti ishlab chiqishdan to o’zining yuqori samaradorli serverlarida Internet tarmog’iga joylashtirishgacha bo’lgan ishlarni bajaradi.
Masalaning qo’yilishi.
Masalaning to’g’ri quyilishi buyurtmachiga vaqt va moliyaviy harajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Topshiriq buyurtmachining maslahati bilan quyiladi. Buyurtmachi o’z qiziqishlari va uylangan loyihaning qanday bo’lishidan kelib chiqib maslahat beradi. Ba`zan quyilgan topshiriqning oxirgi natijasi boshlang’ich xolatidan tubdan fark qiladi. Bu tabiiy holdir, chunki buyurtmachi bilan muloqot natijasida u uylangan loyihaning shaklini o’zgartiruvchi qo’shimcha , ba`zan unikal axborotlar berishi mumkin.
Topshiriqning quyilishi WEB saytini loyihalashni boshlashning birinchi va muhim kadamidir.
Topshiriqning quyilishi texnik masalaning ajralmas qismidir.
Topshiriqni qo’yish va muhokama qilishda, loyihaning muvafaqqiyatli xizmat ko’rsatishida qanday texnik vosita va resurslardan foydalanishni belgilash lozim. Chunki sizning WEB saytingiz faqatgina sizning shaxsiy servisingizda emas, provayder xizmatini ko’rsatuvchi serverlarda joylashtiriladi.
Texnik topshiriqni ishlab chiqish
Barcha zamonaviy injener – texnik inshootlar yoki ob`ektlarni texnik xujatlashtirishsiz yaratib bilmaydi, chunki unda hamma komponentlar, elementlar bazasi va ular orasidagi munosababtlar yoritilgan bo’ladi.
Texnik hujjatlashtirishga mos keladigan tizimli tashkil qilingan, element alokalarining yigindisini «oxirgi mahsulot» deb atash mumkin. Texnik topshiriqlarni qayta ishlash jarayonida tomonlar oxirgi mahsulot qanday xizmat ko’rsatishi va qanaqa hususiyatlarga ega bo’lishini aniqlaydilar va kelishib oladilar. Kelgusi loyihaning topshirigi quyilayotganda umumiy termin va tushunchalar bilan yoritilishi kerak.
Texnik topshiriqni ishlab chiqish jarayonida WEB-sayt tizimini tartibga solish kerak, ya`ni parallel ravishda loyihani tizimlash ruy beradi.
Texnik topshiriq o’zining oxirgi ko’rinishida birinchi navbatda buyurtmachiga tushunarli bo’lishi kerak.
Texnik topshiriqning tushunarliligi – loyihaning oxirgi boskichida uni tuzatish va o’zgartirishlar kiritishning oldini oladi. Buni oldindan hisobga olish zarur.
Tizimlashtirish (Strukturizatsiya).
Tizimlashtirish texnik topshiriqning ajralmas qismidir vaqt to’g’ri texnik topshiriqni WEB-sayt strukturasini asosli va mantiqiy tartiblashsiz tasavvur qilib bulmaydi.
Strukturani tartibga solish WEB-sayt komponentlarini bo’limlarga taqsimlash natijasida yuz beradi.
WEB-sayt bo’limlari nomlanadi va shunday joylashtiriladiki, foydalanuvchiga axborotni qabul qilish va harakatlanish engillashtiriladi. Strukturani tasdiklashda shunga asosiy e`tiborni karatish kerakki, birinchi darajali hisoblangan loyiha bo’limlari harakatlanuvchi tugmalar(panellar)da o’z aksini topsin.
WEB-sayt dizaynini ishlab chiqish.
WEB-sayt dizaynini yaratishda 2 ta asosiy karash mavjud.
«Industrial» - bunda WEB-sayt dizayni kompaniyaning shakllangan stilini qaytaradi.
«Original» - bunda dizayn har safar yangicha yaratiladi.
WEB-sayt dizayniga qiziqishlariga karab, kanaka boshlang’ich talablar quyilishiga qaramay, uning konkret bajarilishini kamida – funktcional, esda kolarli, kurish uchun qulay bo’lishi kerak.
Agar yuqoridagi shartlarga amal qilinsa, ishni mahoratli bajarilgan deyish mumkin.
WEB-saytni boshqarish tizimini ishlab chiqish.
WEB-sayt ekspluatatciyasiga berilib, Internet tarmog’ida ish boshlagandan keyin, saytdagi axborotni doimiy ravishda yangilash muammosi tugiladi.
har kungi va har xaftada yangilanishi kerak bo’lgan bo’limlar turlichadir. Bularga kompaniya yangiliklari bo’limi, bo’sh ish joylari bo’limi, analitik materiallar bo’limii yoki potentcial hamkor tomonidan sizning kompaniyangizga yuborilgan takliflar bo’limini kiritish mumkin.
WEB-interfeys va uning tarkibiy qismlari.
O’zining doimiy va jiddiy auditoriyasi bo’lishini hohlagan WEB-server, auditoriyani har doim yangi axborot bilan ta`minlashi shart. Shunga kura,WEB-server bo’limlarining yangilanishi imkoni boricha tez amalga oshirilishi kerak.
Zamonaviy korporativ serverning yangilangan bo’limlariga axborotlarni joylashtirish tartibi quyidagicha
WEB-saytga axborot joylashtirishning tezkor vaaniqligini ta`minlash uchun sistemaga adminstrativ WEB-interfeys (AVI) kiritiladi. AVI axborot kiritish protcedurasini engillashtiradi, chunki u operator (WEB-adminstrator)dan WEB-dasturlash soxasidagi bilimlarni talab kilmaydi.
AVI tashkilot WEB-saytini qulay, tushunarli interfeys bilan ta`minlash uchun qo’llaniladi. Bu interfeysni ishlatish uchun WEB-adminstratorga faqatgina birta instrument – WEB-brauzer (MICROSOFT INTERNET EXPLORER yoki analogi) kerakbo’ladi. WEB-adminstratordan serverdagi axborotlarni o’zgartirish uchun maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
WEB-saytni Internet tarmog’iga joylashtirish.
Qulay harakatlanuvchi va chiroyli WEB-sayt ishlab chiqilgandan keyin , uning tarmokda sifatli joylashtirish xakida o’ylash kerak.
Word 2000da WEB-sahifa yaratish usullari.
WEB-sahifa yaratishning 2 usuli mavjud.
- master yoki shablon yordamida
- HTML formatli Word dokumentini o’zgartirish
Master yordamida sahifa yaratishni engillashtirish maksadida namuna sahifasi taklif qilinadi – masalan , individual boshlang’ich sahifalar va registratciya kiluvchi formalari , grafik bezash uchun turli mavzular – masalan , bayram yoki jamiyat xoxishiga karab ishni bush WEB-sahifadan boshlash mumkin.
WEB-sahifani belgilangan va raqamlangan ruyxatlar, gorizontal chiziqlar, fon rangi, uzorlar, jadvallar, rasmlar, rasmlar, video yozuvlar, harakatlanuvchi katorlar va shakllar bilan qiziqarlirok qilish mumkin. Bu elementlarning ko’pchiligi sahifaga huddi Word dokumentidagi kabi chikariladi. Word da WEB-sahifa taxrirlashni engillashtirish uchun bir necha yangi maxsus funktciya va buyruqlar ko’rib chiqilgan.
Belgilangan va raqamlangan ruyxatlar yaratish.
Asosiy fark shundaki, ruyxatlarda markerlardan tashqari grafik ko’rinishlarni ham ishlatish mumkin. Bunday ko’rinishlarning ruyxatlar to’plami muloqot oynasida joylashgan. (format menyusi) Muloqot oynasi grafik ko’rinishlardan tashqari , WEB-sahifalar uchun matn markerlarini taklif qiladi. Grafik markerlari GIF formatida (gif kengaytmasi bilan) WEB-sahifa joylashgan katalogda saqlanadi.
Gorizontal chiziqlar.
Buni yaratish uchun Vstavka menyusida Gorizontal liniya buyrug’ini tanlash kerak.Vid ruyxatidan kerakli liniyani tanlang. WEB-sahifani saqlagan paytda liniya ham WEB-sahifa bilan birgalikda image, gif, image1, gif nomli grafik fayl kabi saqlanadi.
Fon kushish.
Word dokumentlarini va WEB-sahifani jozibador qilish uchun turli xildagi fonlar , shuningdek tekst zalivkasidan foydalaning. Faqatgina nashr qilingan hujjatda kurinadigan podlotkani ham yaratish mumkin.
Jadvallar bilan ishlash.
Jadval strukturasini yaratish va taxrirlash uchun Narisovat tablitcu buyrug’i ishlatiladi. Jadval turini matnga kushish uchun Dobavit tablitcu buyrug’idan foydalanish kerak. WEB-sahifada jadvallar ba`zan formatlashtirishning yopik vositasi sifatida foydalaniladi. (masalan, matn yoki rasm joylashtirish uchun) Matnga joylashtirilgan jadvallarning chegarasi yukdir. Jadvallarga chegara qo’yish uchun Tablitca menyusidan Granitca buyrug’idan foydalaning.
Rasmlar bilan ishlash.
WEB-sahifa birinchi marta HTML formatida saqlanganda, hamma rasmlar GIF yoki JPEG formatlariga o’zgartiriladi. Grafik ko’rinishlarning faqat shu 2 turi WEBda qo’llaniladi.
WEB-sahifaga rasm joylashtirish uchun Vstavka menyusidan Risunok buyrug’ini tanlab, keyin Iz fayla yoki Kartinki buyruqlarini tanlash kerak. Agar quyiladigan rasm JPG formatida yozilgan bulsa, u JPG formatida saqlanadi. Agar rasm boshqa formatda , masalan, TIF da yozilgan bulsa, u GIF formatiga o’zgartiriladi. Agar rasm fayldan olinsa, bayrokcha o’rnatilmagan bulsa, saqlash paytida WEB-sahifa joylashgan papkaga nusxalanadi.
Matn va rasmlarning joylashishini jadval yordamida qo’shimcha buyurish mumkin. Grafik ob`ektlarni – masalan , avtofiguralar , yozuvlar va figurali matnlarni – «Risunok Microsoft Word» ob`ektlari sifatida ishlatish mumkin. Bu elementlarni dokument yopilgandan keyin qaytadan taxrirlab bulmaydi, ular GIF formati ko’rinishiga o’zgartiriladi
Gipermurojaatlarni yaratish.
Gipermurojaatlar yordamida joriy dokumentning boshqa bo’limiga (yoki WEB-sahifaning) , Word ning boshqa dokumentiga yoki boshqa WEB-sahifaga yoki boshqa dasturda yaratilgan faylga o’tish mumkin. Shuningdek, g ipermurojaatlar orqali multimedia fayllari , ovoz yozuvlariga va videoyozuvlarga ham o’tish mumkin.
Gipermurojaatlarni joriy yoki boshqa dokumentda joylashgan zakladka da qo’yish mumkin. Bu kerakli bo’limga dokumentni varaklamasdan o’tish imkonini beradi.
Gipermurojaatlarning ishlatilish joyi , masalan WEB-sahifalar kompyuter kattik diskida yoki Internet tarmog’ida joylashishi mumkin.
WEB-sahifaga videoyozuvlarning o’rnatilishi.
WEB-sahifaga videoyozuvni joylashtirish mumkin. Bunda foydalanuvchi sahifani ochganda videoyozuv yuklanadi.
Videoyozuvni ishga tushirishning 2 variantini berish mumkin. Sahifa ochilishi bilan yoki sahifaga sichkoncha bilan bosilgandan keyin. WEB-sahifani kurish vositalarining hammasi ham o’rnatilgan videoyozuvni kurish imkoniyatiga ega emasligi tufayli uni urnini bosadigan matn vko’rinishlar bilan ta`minlash yoki muhim axborotlarga videoyozuvni aralashtirmaslik foydalidir.
ADABIYoTLAR .
1. A.Levin "Samouchitel rabotы na kompyutere", M. 1997.
2. N.V.Makarova "Informatika", Uchebnik 6-7 klass. S.Peterburg. 1998.
3.V.E.Figurnov "IBM PC dlya polzovatelya" 6-e izdanie,Moskva.1996
Do'stlaringiz bilan baham: |