Web-dizayn - Web-texnologiyalarning asosiy tushunchalari
- Mualliflar:
- Tangirov Xurram;
- Raxmonkulov Feruz
1. Web-dizayn tushunchasi - Dizayn (ingliz tilidan design – injener-konstruktor, lotinchadan designare – oʻlchab koʻrmoq, oichab bermoq) – bu ijodiy faoliyat boʻlib, uning asosiy maqsadi sanoat buyumlarining formal sifatini belgilaydi. Bu sifat, shuningdek buyumning tashqi qirralarini oʻz ichiga olish bilan birga, asosan, shu tuzilmaviy va funksional aloqadorlikni xaridor hamda ishlab chiqamvchi koʻzi bilan qaraganda uni yagona holatga keltiradi. Dizayn sanoat ishlab chiqarishi bilan bogʻlangan, insonni oʻrab turgan atrof-muhitning barcha jabhalarini qurshab oladi.
- Dizaynning turlari dizaynerlik faoliyati loyihalash predmetining farqlanishi, loyiha ishining maqsadlari va usullari hamda uning yakuniy natijasi bilan farqlanadi. Dizaynning quyidagi turlari mavjud:
- grafik dizayn;
- sanoat dizayn;
- web-dizayn.
Grafik dizayn - Grafik dizaynda - informatsion grafika, reklama va boshqalar bilan ishlanadi. Web-dizayn va grafik dizayn nomining oʻxshashligiga qaramasdan, dizaynning turli yoʻnalishlari boʻlib hisoblanadi. Web-dizayn ma’lumotni saytda tasvirlash uchun ishlatiladi. Ammo grafik dizayn bilan web-dizayn oʻzaro bogʻlangan. Grafik dizaynda tayyorlangan illustratsiyalar saytlarni bezashda keng ishlatiladi. Grafik dizayn aslida foydalanuvchiga uzatiladigan ma’lumotning qabul qilinishini loyihalashi kerak.
- Grafik dizaynning yoʻnalishlari:
- Firma stili.
- Shriftlar.
- Plakat.
- Grafik reklama.
- Kitobiy grafika.
- Gazeta grafikasi.
- Jurnal grafikasi
Sanoat dizayni - Sanoat dizayni – maishiy buyumlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqishda, mashinasozlik obyektlarida, transport vositalarida va boshqalarda ishlatiladi.
- Bulardan tashqari dizaynning bir qancha koʻrinishlari mayjud. Bular: arxitektura dizayni, kiyim va aksessuarlar dizayni, art-dizayn, reklama dizayni.
Web-dizayn - Web-dizayn (ingliz tilidan olingan boʻlib, web-design – web-sahifani loyihalash ma’nosini bildiradi) – bu web-sahifaning jihozlanishidir. Web-dizayn sayt uchun xuddi poligrafiya dizayni va qogʻozli nashrlar dastgohlari singari muhim rol oʻynaydi. Web-dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni yaratish, balki uning strukturasini loyihalash, unda harakatlanish vositalari, ya’ni butun savini yaratish tushuniladi. Shu sababli ham biz ushbu darslikda nafaqat web-muharfirlarni, balki grafik muharrirlar, animator dasturlami ham gapirib oʻtishni ma’qul koʻrdik.
- Agar sayt juda ajoyib bezatilgan boʻlib, ammo unda qulay va tushunarli harakatlanish chizmasi hammabop kerakli matnlar boimasa, sayt yaxshi dasturchilar tomonidan tayyorlangan samarali dasturiy vositalarga ega boʻlmasa – bunday sayt tezda oʻz foydalanuvchilarini yoʻqotadi va undagi noqulaylik (hattoki u professional va munosib stilda tayyorlangan boʻlsa ham) muvaffaqiyatsizlikka mahkum boʻladi. Yaxshi web-dizayn saytning sahifalarini hamohanglik bilan birlashtiradi. Boshqacha aytganda, web-dizayn saytning joylashish oʻrnini belgilaydi
Web-dizaynni oʻrganishda quyidagi uchta tushuncha muhim ahamiyat kasb etadi: - Web-dizaynni oʻrganishda quyidagi uchta tushuncha muhim ahamiyat kasb etadi:
- Web-sahifa,
- Web-sayt
- Web-server
Web-sahifa - Web-sahifa – oʻzining unikal adresiga ega boʻlgan va maxsus koʻrish dasturi yordamida (brauzer) koʻriluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi – multimediali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin
Web-sayt - Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Inglizcha «site» (tarjimasi «joy») soʻzining oʻzbekcha talaffuzi.
- Umumjahon oʻrgimchak toʻri ma’lum axborot topish mumkin boʻlgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL web-saytning bosh sahifasi manzilini koʻrsatadi. Oʻz navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar boʻladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin
Web-server - Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter va undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediali ma’lumotlarni bir-biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Web-server – Internet yoki Internetga ulangan umumfoydalanishdagi axborot serveri. Unda hujjatlar va fayllar – audio, video, grafik va matn fayllari saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalar orqali taqdim etiladi. Web-server nomi u umumjahon tarmogʻining qismi boʻlgani uchun kelib chiqqan. Maxsus dasturiy ta’minotga ega boʻlgan, bir yoki bir necha web-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berish mumkin. Bir necha web-sayt bitta kompyuterda ishlasa, Web-server deganda web-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy ta’minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi. Shunga koʻra koʻpchilik uchun «web-server» deganda «web-sayt» tushuniladi. Koʻp axborotni saqlovchi web-saytlar bir paytning oʻzida bir necha kompyuterda saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin. Web-server mijozlarning web-saytga soʻroviga javob beradi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |