Vzu. Shaxs sug’urtasining mohiyati, ro’li va vazifalari. Shaxs sug’urtasi shartnomalarining o’ziga xosligi


Hayot sug‘urtasi shartnomasining ishtirokchilari



Download 160,5 Kb.
bet3/5
Sana16.01.2022
Hajmi160,5 Kb.
#377862
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliy

Hayot sug‘urtasi shartnomasining ishtirokchilari.

Hayot sug‘urtasi shartnomasining ishtirokchilari uchinchi shaxs – manfaatdor (benefitsiar) va sug‘rtaga olingan (sug‘urtalangan) shaxslar bo‘lishi mumkin.



Manfaatdor (benefitsiar) – sug‘urta qiziqishiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lib, sug‘urtalanuvchi tomonidan uning foydasiga hayot sug‘urtasi shartnomasi tuzilgan, yani sug‘urtalanuvchi vafotidan keyin mablag‘ oluvchi shaxs. Sug‘urtalanuvchi manfaatdor tanlagan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.

Sug‘rtaga olingan (sug‘urtalangan) shaxs sug‘urtalanuvchining nomaterial manfaatlari (hayoti, sog‘lig‘i) bilan bog‘liq mulkiy qiziqishlari bo‘lgan jismoniy shaxsdir.

O‘rganilayotgan sug‘urta turlarining mohiyatini, tushunchalarini bilmasdan turib ularning aktuar hisoblarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Ta’rif stavkalarini hisoblash sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish shartlarini, shartnomalarining aniq tasnifini bilishni talab etadi.

Hayot sug‘urtasida ham uning mohiyatini tushuntirish uchun kerak bo‘ladigan sug‘urta munosabatlari va unda ishtirok etuvchilar haqida qisqacha ma’lumot beramiz. Hayot sug‘urtasi – bu inson hayoti, ya’ni uning umr davomiyligi (yashash) va o‘lim holatlari bilan bog‘liq hodisalardan sug‘urta himoyasini taqdim etuvchi sug‘urta turlarining sistemasi (majmuasi).

Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari farqlanishining asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:


  • sug‘urta ob’ekti;

  • sug‘urtalsh predmeti;

  • sug‘urta badallarini to‘lanish tartibi;

  • sug‘urta qoplamasining amal qilish davri;

  • sug‘urta qoplamasini formasi;

  • sug‘urta to‘lovi turi;

  • sug‘urta shartnomasini tuzish formasi.

Sug‘urta ob’ektining turi bo‘yicha quyidagicha farqlanadi:

  • shaxs hayotiga nisbatan shartnoma, ya’ni sug‘urtalanuvchi va sug‘urtaga olingan bitta shaxs;

  • boshqa shaxs hayotiga nisbatan shartnoma, ya’ni sug‘urtalanuvchi va sug‘urtaga olingan shaxslar boshqa-boshqa (har xil shaxslar);

  • hayot sug‘urtasining birgalikdagi shartnomasi, masalan er-xotin juftligi.

Hayot sug‘urtasida sug‘urtalash predmetiga (riskiga) nisbatan quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • o‘lim hodisasi;

  • yashab qolish;

  • aralash sug‘urta.

Sug‘urta badallarini to‘lash tartibi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari quyidagi turlarga ajratiladi:

  • bir martali badal, ya’ni bir yo‘la to‘liq to‘lash;

  • davriy badallar to‘lash.

Davriy badallar to‘lashda, badallar shartnoma muddati davomida, muddatdan kam chegaralangan davrda, umr davomida to‘lanishi mumkin. Bunda davriy badallar har oyda, har chorakda va har yilda bir marta to‘lanishi mumkin.

Sug‘urta muddati bo‘yicha shartnomalar quyidagicha farqlanadi:



  • umrbod hayot sug‘urtasi;

  • ma’lum davrga hayot sug‘urta.

Sug‘urta qoplamasining turi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari quyidagicha farqlanadi:

  • qat’iy ornatilgan sug‘urta summali shartnoma;

  • kamayib boruvchi sug‘urta summali shartnoma;

  • oshib boruvchi sug‘urta summali shartnoma.

Sug‘urta to‘lovining turi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari quyidagicha farqlanadi:

  • sug‘urta summasini bir yo‘la to‘lanadigan shartnoma;

  • sug‘urta summasini renta (annuitet) shaklida to‘lanadigan shartnoma;

  • nafaqa to‘lovli shartnoma.

Nafaqa to‘lovli shartnomada to‘lovlar sug‘urtalangan shaxs nafaqa yoshiga yetganidan boshlab har oyda yoki har chorakda yoki har yilda nafaqa sifatida to‘lanadi.

Shartnoma tuzish usuli bo‘yicha sug‘urta shartnomalari quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • individual shartnoma;

  • kollektiv (jamoaviy) shartnoma.

Birinchi turda shartnoma jismoniy shaxs bilan individual tuziladi. Ikkinchi tur shartnomada shartnoma yuridik shaxs nomidan tuzilib, unda ish beruvchi xodimlarining hayotini sug‘urtalashi mumkin. Ko‘p hollarda kollektiv shartnomalar nafaqat o‘lim riskini, qo‘shimcha ravishda baxtsiz hodisalar va kasallanish risklarini ham o‘z ichiga oladi.


Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish