iste 'molchilarning huquqlarini himoya qilib, murojaat etishga haqlidir;
qonun hujjatlariga asoslanib boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
§. Iste ’molchiga zararyetkazilgandagijavobgarlik
1996-yil 26-aprelda qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g'risida»gi Qonuni bilan iste’molchilarning sifatli va xavfsiz, bexatar tovarlar, xizmatlariga boMgan huquqi kafolatlangan boiib, tovarlarni iste’mol qilish bilan bogiiq boigan huquqiy masalalar tartibga solingan.
0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasida ko'rsatilgan jinoyat shaxsning xo'jalik faoliyati sohasidagi manfaatlari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga qarshi qaratilgan tajovuzlarda ifodalanadi.
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish jinoyati tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish, yoki uni sotish natijasida iste’molchining, bu badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishida ifodalanadi.
Mahsulot chiqarish deganda, biror-bir mahsulotni buyurtmachi yoki iste’molchiga topshirish yoki jo'natish tushuniladi. «Sotish» deganda, tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotish nazarda tutiladi.
Tahlil qilinayotgan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi bo'yicha javobgarlik sifatsiz mahsulotni tovar bozoriga chiqarish yoki sotish natijasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilgan hollardagina vujudga keladi.
Sifatsiz mahsulot deganda, davlat standarti talablariga, me’yoriy normalarga javob bermaydigan va sifat sertifikatiga ega bo'lmagan mahsulotlar tushuniladi. Mahsulotlar har qancha sifatsiz bo‘lsa-da, o'rtacha og'ir yoki og'ir tan jarohati yetkazish xususiyatiga ega bo'lmasa, Jinoyat Kodeksining 186-moddasidagi jinoyatning predmeti bo'la olmaydi. Unda ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslarga ma’muriy, intizomiy va boshqacha choralar ko'riladi.
Yana shuni ta’kidlab o'tish lozimki, ushbu jinoyatning predmeti deb har qanday oziq-ovqat mahsulotlari nazarda tutilgan. Lekin jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining sharti sifatida jinoiy oqibat ko'rsatilgan. Qilmishni bevosita ushbu modda bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoiy oqibat kelib chiqqan bo'lishi shart.
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulotni chiqarish yoki sotish natijasida fuqarolarning SOG'LIG'I uchun mazkur moddada ko'rsatilgan oqibatlar kelib chiqmasa, jinoiy javobgarlik ham bo'lmaydi. Biroq, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g'risida»gi qonunning 20-moddasiga muvofiq, tovar (ish, xizmat)ning tuzilishi, ishlab chiqarilishi tarkibidagi va boshqa nuqsonlari, shuningdek, iste’molchining hayoti, SOG'LIG'I yoki mol-mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo'llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, SOG'LIG'I yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan, kirishmaganligidan qat’i nazar, har qanday iste’molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Iste’molchining hayoti, SOG'LIG'I yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgi- lanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e’tiboran o'n yil mobaynida yuzaga kelgan bo'lsa qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bartaraf qilib bo'lmaydigan kuch yoki foydalanish, uni saqlash, yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste’molchi tomonidan buzilishi tufayli zarar yetka- zilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish qasddan sodir etiladi, kelib chiqqan oqibatlar (sog'liqqa zarar yetkazilishi, odamlar o'limi) borasida esa shaxsning aybi ehtiyotsizlikda ifodalanadi.
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqargan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 1- qismiga ko'ra, tovar bozoriga sifatsiz mahsulot sotish badanga og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud mol-mulkning musodara qilinib, yoki musodara qilinmay olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 2-qismida odamning o'limiga sabab bo'lgan sifatsiz mahsulotni chiqarganlik yoki sotganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Unga ko'ra shaxs mol-mulki musodara qilinib besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb ko'rsatilgan
Tahlil qilinayotgan moddaning 3-qismida sifatsiz mahsulot chiqarganlik yoki sotganlik natijasida:
odamlar o'limi;
boshqa og'ir oqibatlarning yuzaga kelganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Boshqacha og'ir oqibatlar deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishi sog'liqqa zarar yetkazish, odamlarning yalpi zaharlanishi va boshqalar tushuniladi. Unga ko'ra shaxs mol-mulki musodara qilinib o'n yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
MAVZU
MEHNAT HUQUQI ASOSLARI
§. Mehnat huquqi tushunchasi va predmeti
Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida yetakchi o'rin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil etish va uni qoilash jarayonida namoyon boiadi. Zotan, mehnat jismoniy va aqliy kuch- quvvatning sarflanishi emas, balki kishilarning ijtimoiy foydali faoliyatidir.
Ta’kidlash joizki, mehnat insonning tashqi dunyo predmetlariga ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida har bir kishining faoliyatida namoyon bo'ladi. Bu jarayon turli ijtimoiy munosabatlarni qamrab olsa-da, hammasi ham mehnat huquqiga taalluqli bo'lavermaydi. Bu hoi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
Birinchidan, mehnat huquqi normalari mehnatning texnologik jarayonini emas, faqat uni mehnat faoliyatida qo'llash shartlarini, ya’ni ijtimoiy mehnatni tartibga soladi. Shunga ko'ra, siyosiy- iqtisodiy kategoriya mehnatning o‘zi emas, balki uning ijtimoiy shakli, uni tashkil etilishi yoki aniqroq aytganda, ijtimoiy mehnatda ishtirok etish jarayonida kishilar o'rtasida vujudga keladigan munosabatlarda namoyon bo'ladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy mehnat kooperatsi- yasidan tashqarida bajarilgan har qanday ish mehnat huquqiga taalluqli bo'lmaydi, uning ta’sir doirasiga kirmaydi.
Ikkinchidan, mehnat unsurlari turli ijtimoiy munosabatlarda, jumladan, o'quv yurtlarida mutaxassis tayyorlash, yukni tashish va yetkazish, topshiriq va buyurtma bajarishga oid jarayonlarda ham namoyon bo'ladi. Bunday hollarda mehnat ijtimoiy munosabatlar bilan bilvosita bog'langani sababli o'zaro majburiyatlarni bajarish usuli sifatidagina xizmat qiladi. Shuning uchun u mehnat huquqining predmetiga kirmaydi.
Muhimi shundaki, mehnatga oid ijtimoiy munosabatlarda mehnat chetdan kirgan unsur emas, balki uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ani vaqtda, u ishchi kuchini bevosita ishlab chiqarish qurollari bilan uzviy bog'lovchi vosita hamdir. Mehnat huquqi ijtimoiy munosabatlami muayyan tarzda tartibga solishi bois, ular kishilarning mehnat qobiliyatini qo'llash jarayonida namoyon boiadi. Aniqroq aytganda, mehnatni huquqiy jihatdan boshqarish obyekti moddiylashtirilgan, ya’ni pul yoki tovar holatiga keltirilgan faoliyatida emas, jonli mehnatning o'zida. uning tashkil etilishi va shart-sharoitlarida aks etadi.
Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi:
mehnatga oid munosabatning subyekti — xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo'shiladi va o'z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. Xodimning mehnat jamoasi tarkibiga kirishi uni vaqtincha, mavsum davomida yoki doimiy muddatga ishga qabul qilinishida emas, korxonaning shtatiga yoki mehnat jamoasi ro'yxatiga kiritilishi bilan belgilanadi;
ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko'ra, muayyan mehnat funksiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shundaki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg'unlashgan holda, ya’ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi. Binobarin, u faqat individual-konkret topshiriq emas. Chunki xodimning mehnat funksiyasi muayyan mehnat faoliyatining turiga mos kelishi barobarida, u alohida-alohida ishlab chiqarish operatsiyalari bilan cheklanib qolmaydi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan yakunlanmaydi, qisqasi, mehnatga oid munosabatlami kishilarning mehnat faoliyati jarayonidagi uzviy va uzoq vaqt davomida namoyon bo'ladigan aloqalari deya ta'riflash mumkin. Shuning uchun zarur hollarda ishlab chiqarish manfaatlari yoki xodim talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda uning boshqa ishga o'tkazilishiga yo'l qo'yiladi;
xodimning va mehnat jamoasi har bir a'zosining ish faoliyati muayyan tuzum o'rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar subyekllarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida talablariga bo'ysunishi — mehnat munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri.
Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy xarakterga ega bo'lsa-da, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo'ladi va muayyan maqsadni ko'zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi.
Demak, mehnat munosabatlarini kishilar mehnatining ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish qurol va vositalariga nisbatan qo'llanilishi natijasida ro'yobga chiqadigan ijtimoiy munosabatlar deya tavsiflash mumkin. Ular xodimning korxona, muassasa, tashkilot tarkibiga qo'shilishi, ichki mehnat tartibiga bo'ysungan holda muayyan mehnat funksiyasini bajarishi jamoa oldida turgan xo'jalik, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa vazifalarni ado etishga ko'maklashuvida namoyon boiadi.
Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, ya’ni mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo'llanilishi tufayli paydo bo'ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi (o'zagi) hisoblanadi.
§. Mehnatga oid munosabatlar
Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog'langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga:
mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni;
ishga joylashtirishga oid munosabatlarni;
kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog'liq munosabatlarni;
mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni;
mehnat nizolarini (yakka va jamoalarga doir) hal etish bilan bog'liq munosabatlarni kiritish mumkin.
Yuqorida sanab o'tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda, odatda, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o'rtasida kelib chiqadigan munosabatlar aks etadi.
Amaldagi qonunchiligimizga binoan, mehnat jamoalari mehnatga oid ijtimoiy munosabatlarning subyekti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 19-moddasida ko'rsatilganidek, mehnat jamoasining huquq va burchlari, uning vakolatlari, ularni amalga oshirish tartibi va shakllari qonun hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Bu haqda darslikning tegishli bobida batafsil ma’lumot beriladi.
Keyingi yillarda 0‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun- chiligida «Xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi» deb nomlangan yangi institut tarkib topdi. Mehnat kodeksining III bobi shu masalaga bag‘ishlangan. Kodeksning 20-moddasiga muvofiq, xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlariga mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida qaraladi. Kodeksning 21- moddasiga ko‘ra, korxonadagi kasaba uyushmasi va uning saylab qo‘yilgan organi yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil boiishi va bu manfaatlarni himoya qilishi mumkin. Mazkur organni saylash tartibi, uning vakolatlari, muddati va tarkibini mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) belgilaydi. Ya’ni vakillik qilish hamda ularning manfaatlarini himoya etishni ishonib topshirishlari mumkin bo'lgan organni xodimlarning o‘zi belgilaydi.
Ish beruvchining vakillik organini tuzishi, uning faoliyati, maqsadlari va huquqlari Mehnat kodeksining 28-moddasida bayon etilgan.
Unda asosan, korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnatning shartlarini joriy etish, jamoa shartnomasi va kelishuvlariga oid masalalarni hal qilish, korxonani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mehnat nizolari yuzasidan xodimlar manfaatlarini himoyalash, korxona va uning mulkiy manfaatlarini ifoda etish orqali ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo'jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ish beruvchining huquqlarini himoya qilish ko'zda tutilgan.
Demak, tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlar mehnat huquqining asosiy predmeti — ijtimoiy mehnatga oid munosa- batlarga ko'makdosh sifatida xizmat qiladi.
Ishga joylashtirishga doir munosabatlar o‘rta umumta’lim, litsey, kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlarni, urush nogironlari va qatnashchilarini, harbiy xizmatni tugatib, iste’foga chiqqanlarni, shuningdek jazoni o'tab bo'lgan shaxslarni, mehnat va ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi, korxonalarning bankrot bo'lishi oqibatida ishdan bo'shatilgan kishilarni hamda aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi.
Ayni vaqtda voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'limlari va boshqa davlat idoralari ishga joylashtiruvchi organ hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda mazkur munosabatlar ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinishini ham eslatib o'tish lozim.
Umuman, aholini ish bilan ta'minlashga doir munosabatlar mehnat huquqi predmetining ajralmas qismi hisoblanadi. O'z-o'zidan ayonki, ular mehnatga oid ijtimoiy munosabatlardan ilgariroq namoyon bo'ladi.
Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir munosabatlar asosan, xodimlarning o'qishi, muayyan kasb yoki mutaxassislikka ega bo'lishi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'z malakasini oshirishi jarayonida shakllanadi.
Bu kabi ijtimoiy munosabatlarning mazmun-mohiyati mehnat faoliyatida emas, muayyan kasb yoki mutaxassislik bo'yicha o'qitishda mujassamlashgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — ishlab chiqarish jarayonida o'qitish tizimini joriy etish orqali yuqori samara bilan ishlash qobiliyatiga ega malakali xodimlarni tayyorlashdan iborat. Mazkur munosabatlar ham mehnat munosabatlari bilan uzviy bog'liqligi sababli, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Binobarin, ular mehnat huquqi predmetining tarkibiy qismi hamdir.
Ma’lumki, 1998-yilning l-mayida «Aholini ish bilan ta’minlash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining (yangi tahrirdagi) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish, fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi, kasb va mashg'ulot turini tanlashi va ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy tayyorgarligi hamda ma’lumotiga muvofiq, mehnat sohasidagi kafolatlangan huquqlarining ro'yobga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunda aholini ishga joylashtirish, qayta o'qitish va kasbga yo'naltirishning umumdavlat tizimini yaratish ko'zda tutilgan. Mazkur qonunga binoan, Respublika Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining viloyat, shahar va tumanlarda bo'linmalari tashkil etilgan. Mahalliy mehnat bo'linmalarining zimmasiga fuqarolarning kasb tayyorgarligi, ixtisosi va shaxsiy istaklariga muvofiq ish bilan ta’minlashga ko'maklashish, korxona, muassasa va tashkilotlarning kadrlarga bo'lgan ehtiyoji to'g'risida aholini xabardor qilish, ishchi kuchi va mehnat zaxirasidan oqilona foydalanishni nazorat etish kabi vazifalar yuklangan. Ish bilan band bo'lmagan kishilarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish kabi masalalar O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1999-yil 24-aprelda tasdiqlangan nizomda o'z ifodasini topgan.
Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlar.
Bu kabi munosabatlar amalda vakolatli davlat idoralarining korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilish jarayonida namoyon bo'ladi.
Mehnat kodeksining 223-moddasida belgilanganidek. mehnatni muhofaza qilish holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvi tegishli davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Unda, shuningdek. mehnatni muhofaza qilish norma va qoidalariga rioya qilish ustidan jamoat tekshiruvi kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik idoralari tomonidan amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, nazorat faoliyati maxsus idoralar, xususan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, kasaba uyushmalarning xuddi shunday inspeksiyasi, mehnat texnika inspeksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi. Qolaversa. bunday nazorat ixtisoslashtirilgan davlat idoralari, jumladan. Davlat sanitariya nazorati, Davlat energetika nazorati va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat qonunlariga rioya etilishiga doir umumiy nazorat esa prokuratura idoralari zimmasiga yuklanadi (O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g‘risida»gi 2001-yil 29-avgustdagi qonunining 4-moddasi).
Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya qilishni nazorat etish faoliyatiga oid munosabatlar ish beruvchilar. ayrim mansabdor shaxslar, mehnatni muhofaza qilish idoralari va korxona xodimlari hamda ularning vakillik organlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruriyati yuzasidan kelib chiqadi.
Aksariyat hollarda, bunday munosabatlar mehnatga oid ijtimoiy munosabatlar bilan bir vaqtda shakllanadi. Ayrim hollarda ular mehnatga oid ijtimoiy munosabatlardan ilgariroq namoyon bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi 1993-yil 6-maydagi qonuniga binoan mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, xodimlar salomatligi va hayotiga xavf tug'diradigan korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, mehnat xavfsizligi qoidalariga muvo- fiqlashtirilgun ga qadar, belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan to'xtatib qo'yilishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish borasidagi umumiy nazorat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiradi.
Mehnat nizolarini hal qilishga doir munosabatlar.
Bunday nizolar asosan, mehnatni tashkil qilish, shart-sharoitlarini belgilash va ishlab chiqarishga tatbiq etish jarayonida yuzaga chiqadi. Ko‘pincha mehnat nizolari ish beruvchi bilan xodim o'rtasida vujudga kelgan kelishmovchilik o'z vaqtida hal qilinmagan taqdirda ro'yobga chiqadi. Ammo mehnat nizolari jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan ham kelib chiqishi mumkin. Mehnatga oid munosabatning subyekti sifatida, bir tomondan, xodim, ish beruvchi, mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organlari bo'lsa, ikkinchi tomondan, mazkur nizolarni ko'rib hal etadigan organlar: mehnat nizolari komissiyalari, sud organlari, ayrim hollarda xo'jalik sudlari namoyon bo'ladi.
Odatda, bu kabi munosabatlar mehnat nizolarini hal qilish tartibi bilan bog'liq bo'lgani sababli protsessual xarakterga ega bo'ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim hollarda mehnat nizolari xo'jalik sudlarida ham ko'riladi. Chunki ko'pincha mehnat nizolari xo'jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslarining moddiy javobgarligi bilan bog'liq bo'lgani bois, ular xo'jalik nizolarini hal etish jarayonida yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytsak, mehnat huquqi predmetini asosan, ikki guruh munosabatlarga ajratish mumkin. Birinchisi — bevosita ishlab chiqarish jarayonida shakllanadigan mehnatga oid ijtimoiy munosabatlar bo'lib, mehnat huquqi predmetining o'zagini tashkil etadi. Ikkinchisi — mehnatga oid munosabatlarga muayyan tarzda bog'liq bo'lgan va yuqorida tilga olingan boshqa tusdagi munosabatlardan iborat.
§. Mehnat huquqi manbalari
Yuridik adabiyotda e’tirof etilishicha, huquq manbai deganda umumiy ma’noda huquqni ifoda etish shakli tushuniladi. Manba- laming umumiy shakli normativ-huquqiy hujjatdir. Shunday ekan, mehnat huquqining manbalari — mehnatga oid munosabatlar va ular bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lgan boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi turli normativ-huquqiy hujjatlardir.
Normativ-huquqiy hujjatlar muayyan turdagi va mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ma’lumki, 2000-yil 14- dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qo'yiladigan talablar belgilab berilgan. Qarorning 2-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi ta’rifi bayon etilgan. Unda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ- huquqiy hujjat deya ta’riflangan.
Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi (qonunning 4-moddasi).
Normativ-huquqiy hujjatlar davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar, ulami qabul qiladigan organlar mavqei, yuridik kuchi, amal qilish hududi, tatbiq etiladigan shaxslar doirasiga qarab quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |