Vzu davlat va huquq asoslari



Download 395,4 Kb.
bet33/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Yuridik shaxslarga tegishli boigan huquqiy layoqat va muomala layoqati bir vaqtda vujudga keladi hamda ushbu shaxslar o‘z faoliyatini boshlagan paytdan boshlab paydo boiadi.
Jismoniy shaxslarning huquqiy layoqati inson tugilganda boshlanib, uning vafotidan so‘ng to‘xtaydi. Muomala layoqati esa yosh va ruhiy salomatlik bilan bogiiq. 0‘zbekiston qonunlariga binoan, toiiq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga toiganidan so‘ng boshlanadi. Lekin ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol: oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga toimasdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab toiiq muomala layoqatiga ega boiadi.
Har bir inson huquqiy munosabatlarga o‘zining qandaydir siyosiy, moddiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy manfaatlari va ehtiyojlarini amalda qondirish uchun kirishadi. Ushbu maqsadga subyektiv huquq va majburiyatlar hamda ularni amalga oshirishga qaratilgan yuridik harakatlar yordamida erishiladi. Bularning hammasi jismoniy yoki yuridik shaxs kutgan muayyan natijalarga olib keladi.
Yuridik faktlar — o'ziga xos hayotiy holatlar boiib, qonun va huquqiy normalar ularni yuridik oqibatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bogiaydi.
Har bir yurist amaliy faoliyatining bosh vazifalaridan biri yuridik faktlarni aniqlash yoki tasdiqlashdir. Busiz qonunlarni to‘g‘ri qoilash, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish, nizolarni hal etish, qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni javob­garlikka tortish mumkin emas.
Yuridik faktlarni, insonlarning xohish-irodasiga ko'ra, hodisalar va harakatlarga bolish mumkin.
Hodisalar insonning xohish-irodasiga bogiiq bo'lmagan holda vujudga keladi. Masalan, tabiiy ofatlar, bolaning tug'ilishi, uning muayyan yoshga yetishi, insonning vafot etishi, muddatning o'tishi va hk. Aytaylik, insonning vafot etishi merosning ochilishini vujudga keltiradi hamda huquqiy layoqatni tugatadi. Mol-mulkning nobud bo'lishiga olib keladigan, yong'in, suv toshqini — mol-mulk sug'urta qilingan bo'lsa — sug'urta pulini to'lash uchun asos bo'ladi. Harakatlar insonning xohish-irodasi asosida vujudga keladigan yuridik hujjatlardir. Ular huquqiy normalarga amal qilish munosabatiga ko'ra, huquqiy va huquqqa zid harakatlarga bo'linadi.
Amaldagi qonunchilik normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqiy, huquqqa muvofiq harakatlar deb ataladi.
Huquqqa zid harakatlar — qonun yoki huquqiy normaga zid bo'lgan harakatdir. Ular huquqqa xilof xatti-harakat deb ham ataladi. Ba’zi hollarda qonun harakatsizlikni ham huquqqa zid xatti- harakat sifatida e’tirof etadi. Masalan, bir kema kapitanining halokatga uchragan boshqa kemaga yordam bermasligi yoki yordamga muhtoj odamni uning hayotiga real xavf tug'ilgan paytda yordamsiz qoldirish kabi harakatsizlik hollari huquq normasiga zid bo'lgan qilmishlar hisoblanadi.


  1. Download 395,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish