Vzu davlat va huquq asoslari



Download 395,4 Kb.
bet84/88
Sana30.06.2022
Hajmi395,4 Kb.
#720513
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
Vzu davlat va huquq asoslari

davlatni tan olish;

  • hukumatni tan olish;

  • qo ‘zg ‘olon ко ‘targan tarafni tan olish;

  • milliy ozodlik organlarini tan olish;

  • qarshilik ко 'rsatish organlari va boshqalarni tan olish.

    Shunday tan olishning hozirgi diplomatik amaliyotda eng ko‘p
    tarqalgan shakli u yoki bu davlat hukumatlari tomonidan mavjud davlatning yangi hukumati bilan yoki yangi paydo bo'lgan davlatning hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish yoki unga rozilik berishi hisoblanadi.
    Xalqaro-huquqiy tan olishning de-yure va de-fakto shakllari an’anaviy hisoblanadi.
    Hech qanday shartsiz rasmiy tan olish to‘g‘risidagi, de-yure va de-fakto tan olish to‘g‘risidagi, diplomatik aloqalar o‘rnatish yoki shunga rozi boiish haqidagi bayonotlar rasmiy tan olish hisoblanadi.
    Norasmiy tan olish u yoki bu davlatning hukumati rasmiy ravishda tan olinmagan mamlakat hukumati bilan aloqaga kirishi, ba’zan ad hoc xalqaro-huquqiy tan olish deb ataladigan, bir-birini tan olmaydigan davlatlar tomonidan xalqaro konferensiyalarda yoki xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishi hisoblanadi.
    Tan olayotgan taraf tomonidan tan olingan taraf bilan zarurat boMganda bevosita xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirgan niyatini tasdiqlovchi guvohnoma — xalqaro-huquqiy tan olishni rasmiy-
    lashtiruvchi hujjatdir. Shu bilan birga bu yangi davlat va hukumatni tuzish vositasi hisoblanmaydi.
    Hukumatni tan olish — davlatlar tomonidan biron-bir mamla- katning g‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan hokimiyatga kelgan hukumatini tan olishdir. Rasmiy tan olishning ikki shakli — de-fakto (de-facto) va de-yure (de-jure) mavjud.
    De-fakto tan olish — mavjud davlat va hukumatlar tomonidan u yoki bu mamlakatda yangi paydo boigan davlat yoki hukumatni tan olishning an’anaviy shakllaridan biri hisoblanadi. De-fakto tan olishda diplomatik aloqalar o‘rnatish shart emas. De-fakto tan olish ayrim hollarda konsullik munosabatlarini o‘rnatishga olib kelishi mumkin, lekin bu majburiy qoida emas. Bu tan olayotgan davlat mazkur hukumatning mavjudligi bilan hisoblashadi va u bilan biron- bir masala bo‘yicha aloqa qilishi mumkinligini anglatadi. De-fakto tan olingan davlat bilan hamkorlik turli sohalarda boiishi mumkin, chunki bunday tan olish natijasida xalqaro munosabatlarda suveren davlat sifatida qatnashadi.
    De-yure tan olish — mamlakatda vujudga kelgan yangi davlat yoki hukumatni xalqaro maydondagi mavjud davlatlar hamda hukumatlar tomonidan rasmiy tan olishning an’anaviy shakllaridan biridir. Tan olishning bu turi tan oluvchi davlatning mazkur davlat bilan to‘liq diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga tayyor ekanligini ifodalaydi.
    De-yure tan olish oqibatida davlatlar oliy toifadagi diplomatik vakillar bilan almashadilar, tan olinuvchi davlatning xorijda ma’lum mulk va boshqa qimmatbaho buyumlami tasarruf qilish huquqi hamda uni tan oluvchi davlat yurisdiksiyasidan immuniteti tan olinadi va hk.
    XALQARO HUQUQ TAMOYILLARI TUSHUNCHASI VA 0‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
    Xalqaro huquq tamoyillari — ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo‘lib, subyektlari xatti-harakatining ustuvor qoidalari hisoblanadi.
    Xalqaro huquq tamoyili — avvalambor, xalqaro huquq me’yoridir.
    Xalqaro huquq tamoyillarining o‘ziga xosligi ularning univer- salligidir. Ya’ni xalqaro huquqning barcha subyektlari tamoyillarga qat’iyan rioya qilishlari lozim, chunki mazkur tamoyillarni har qanday tarzda buzish muqarrar ravishda xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilishga olib keladi. Xalqaro huquq tamoyillari butun xalqaro-huquqiy me’yorlar tizimining qonuniylik mezoni hisoblanadi.
    Xalqaro huquqning asosiy tamoyillari BMT Ustavida mustah- kamlangan. BMT Ustavi tamoyillari jus cogens xarakterini kasb etish keng tan olingan, ya’ni ular davlatlar tomonidan bekor qilinishi mumkin boimagan oliy darajadagi majburiyatlar sanaladi.
    Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining 2- moddasida qisqa va lo‘nda qilib bayon etilgan. Ushbu tamoyillar BMT Ustaviga muvofiq davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli 1970-yil xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyada hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengash (YEXHK)ining Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan.
    Agar BMT Ustavida besh tamoyilning nomi keltirilgan bo'lsa, Xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyada ularning yettitasi ifodalab berilgan. Bular quydagilardir:


    1. Download 395,4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish