Vzu davlat va huquq asoslari


muayyan huquqdan mahrum qilish



Download 395,4 Kb.
bet76/88
Sana30.06.2022
Hajmi395,4 Kb.
#720513
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Bog'liq
Vzu davlat va huquq asoslari

muayyan huquqdan mahrum qilish;

  • axloq tuzatish ishlari;

  • xizmat bo'yicha cheklash;

  • qamoq;

  • intizomiy qismga jo'natish;

  • ozodlikdan mahrum qilish;

  • о'lim jazosi.

    Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo'shimcha jazo ham qoilanilishi mumkin:
    Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llaniladi.
    Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo'shimcha jazo tariqasida ham qoilanilishi mumkin.
    Sud jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatangina jazo tayinlashi mumkin.
    Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasini, qilmishning motivlarini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga oladi.
    Jazo Jinoyat kodeksining Umumiy qismida ko'rsatilgan jinoyatlarning turlari va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan qoilanilishi lozim bo'lgan jazo chorasi haqidagi moddalarning qoidalari asosida Maxsus qism tegishli moddalari sanksiyalari doirasida tayinlanadi.
    Jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish asoslari. Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifasi, maqsadi jinoyat sodir qilgan shaxslarni jazolash emas, balki jinoyat sodir qilgan shaxslarni axloqan tuzatish, jinoyat sodir etilishining oldini olishdir. Shu sababli ham jinoyat qonunchiligida jinoyat sodir qilgan shaxs aybiga iqror bo'lgan, keltirilgan zararni bartaraf qilgan hollarda, shuningdek, birinchi marta jinoyat sodir qilingan hollarda va qonunda belgilangan boshqa hollarda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni ko'zda tutadi.
    O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining o'n ikkinchi bobida (64-68-moddalari) javobgarlikdan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan:
    -javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi;

    • qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi;

    • aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymonligi;

    • jabrlanuvchi bilan aybdor yarashuvga kelishganligi;

    -jinoyat sodir qilgan shaxsning kasalligi;

    • amnistiya akti asosida.

    O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining o'n uchinchi bobida (69-76-moddalari) jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan:
    -jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi;

    • shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi;

    • aybdorni chin ko'ngildan pushaymonligi;

    • shartli hukm qilish;

    -jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;

    • jazoni yengilrog'i bilan almashtirish;

    • kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganligi oqibatida jazodan ozod qilish;

    • amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish.

    Voyaga yetmaganlar javobgarligini xususiyatlari. Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligi voyaga yetmagan shaxslarning yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda ular tomonidan sodir qilingan jinoyatlar uchun alohida javobgarlik qoidalarini belgilagan.
    Jinoyat kodeksining Umumiy qismi oltinchi boiimi aynan voyaga yetmaganlar javobgarligi xususiyatlariga bag'ishlangan boiib, o‘n sakkiz yoshga toimasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga quyidagi jazolar qoilanishi mumkin:

    • jarima;

    • axloq tuzatish ishlari;

    • qamoq;

    • ozodlikdan mahrum qilish.

    O'n sakkiz yoshga to'lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
    Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda jinoyat kodeksida belgilangan jazolarning malum bir qismi olinadi. Masalan, jarima jazosida jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha bo'lsa, voyaga yetmaganlarda jarima jazosining miqdori eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
    Bundan tashqari sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda uning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti, tarbiyasi, sogiigi, jinoyat sodir qilishda kattalarning ishtiroki masalasiga jiddiy etibor qaratadi.
    Voyaga yetmaganlar javobgarligining yana bir oziga xos xususiyati voyaga yetmagan shaxs birinchi marta jinoyat sodir qilganida uni jazo qollamasdan tuzatish mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjud bolganida, javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatining yaratilganidir. Bunda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya ular bilan shug‘ulanadi.
    Agar voyaga yetmagan shaxs ri vojlanishida o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la anglay olmagan bo'lsa sud jazo o'rniga quyidagi majburlov choralarini qo'llashi mumkin:

    • sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so'rash;

    • o'n olti yoshga to'lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o'z mablag'i hisobidan yoki mehnati bilan to'lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash;

    • voyaga yetmaganni maxsus o'quv-tarbiya muassasaga joylashtirish.


    1. MA VZU

    XALQARO HUQUQ ASOSLARI
    1-§. Xalqaro huquqning paydo bo'lishi


    Xalqaro huquqhuquqning boshqa sohalari kabi o'z-o'zidan paydo boigan emas. U muayyan ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qadimiy ilk jamoalar va qabilalar bir-biridan alohida ajralgan holda emas, balki qabilalarning yozilmagan qonunlari bilan birlashgan edi. Birinchi odat meyorlari davlatchilikning vujudga kelishidan oldin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq paydo boigan.
    Agar, «xalqaro huquq» tushunchasini davlatlararo huquq sifatida tushunilsa, u holda, davlatchilik paydo boiib, rivojlanishi bilan vujudga kelganini etirof etish lozim.
    Xalqaro huquq tarixiy, ijtimoiy-huquqiy amaliyot rivojlanishi natijasidir. Insonlarning (guruhlar, tabaqalarning) o'z milliy manfaatlarini anglash vositasi sifatida paydo boiishi, ayniqsa, xalqaro munosabatlarning doimiy o'zgarib turishiga aloqadorligi bilan xalqaro huquq milliy davlatlar va xalqlarning taraqqiyotiga muhim tasir ko'rsatib kelmoqda. Kishilik tarixi davomida xalqaro huquq nafaqat xalqaro munosabatlarning taraqqiyoti bilan birga rivojlanib kelgan, balki ularga maium darajada tasir ham ko'rsatgan.
    Xalqaro huquqning kelib chiqishi tabiiy-obyektiv jarayondir.
    Xalqaro huquqning paydo boiishi bevosita davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog'liq. Davlatlar taraq­qiyotining obyektiv shart-sharoiti ular o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy munosabatlami o'rnatish zaruratini keltirib chiqaradi. Buning natijasi o'laroq huquqning mustaqil tizimi sifatida xalqaro huquqning paydo bo'lishi va rivojlanishidir.
    Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi turli xil munosabatlami tartibga solishga qaratilgan.


    1. Download 395,4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish