Tovar haqidagi ma'lumotlarda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
tovar majburiy talahlarga nutvofiq kelishi shart bo 'Igan normativ hujjatning nomi:
tovarning asosiy iste mot xususivatlari;
tovarning o'ziga xos xususivatlari ro'yxati:
bahosi va sotib olish shartlari;
avrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;
tovarning yaroqlilik muddati va ushbu muddat о 'tishi oqibatlari;
ishlab chiqaruvchining nomi, mulkchilik shakli, ro 'v.xatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;
ishlab chiqaruvchining hamda ular iste ’molchidan da ’vo qabul qilishga vakolat bergan shuningdek. la 'mirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ко 'rsatadigan korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
Agar tovar sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lsa, sertifikatga doir ma’lumotlar. Tovar haqida noto'g'ri ma’lumot berilgan taqdirda yoki bu ma’lumotlar yetarli darajada to’liq bo‘lmasa va buning oqibatida iste’molchi zarur iste’mol xossalariga ega bo'lmagan tovar sotib olishga sabab bo'lsa, iste'molchi shartnomani bekor qilishga va o'ziga yetkazilgan zararning talab qilishga haqli. Sotib olingan tovar undan ko'zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo'lsa, iste’molchi bunday ma’lumotlarning ko'pi bilan uch kun ichida berilishini talab qilishga haqli. Agar bu shart bajarilmasa. iste'molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqli. Iste’molchining tovar haqidagi noto'g'ri yoki yetarli darajada to'liq bo'lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash haqidagi talablari sotib olingan tovarning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan qoidaga asoslanib qarab chiqiladi. Fuqarolik Kodeksining 433-moddasiga asosan, sotib oluvchiga nafaqat sifatli tovar olish, shu bilan birga, tovarni xuddi shunday, lekin boshqa o'lcham, boshqa shakl va boshqa rangdagi tovarlar bilan almashlirish huquqi ham beriladi. Agar almashtirilayotgan tovarlarning narxlari mos kelmasa, qayta hisob-kitob qilinadi. Almashtirish tovar sotib olingan joyda yoki sotuvchi ma’lum qilgan boshqa joylarda, tovarning aynan shu sotuvchidan olinganligini tasdiqlovchi kassa cheki yoki tovar cheki taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Qonunda almashtirish muddati tovar sotib olingandan key in 10 kun qilib belgilangan. Bu muddat sotuvchi bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin. Almashtirish faqat tovar ishlatilmagan, ko‘rinishini yo'qotmagan va o‘z xususiyatlarini saqlab qolgan holdagina amalga oshiriladi. Almashtirish asosan, nooziq- ovqat tovarlariga taalluqli. Chakana savdo majmuasida sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari qayta qabul qilinmaydi va almashtirilmaydi, ularda ko‘rinmas nuqson yoki toifasiga mos kelmaydigan xususiyat aniqlangan hollar bundan mustasno. Bu holda tovar almashtirilib beriladi yoki sotib oluvchiga uning toiagan puli qaytariladi.
Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo'lmagan tovar sotilganda, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, sotib oluvchi o'z xohishiga ko'ra quyidagilarni talab qilish huquqiga ega bo'ladi: