[Введите подзаголовок документа]


E-MAIL VA INTERNETDAN AMALIY FOYDALANISH



Download 45,26 Mb.
bet367/370
Sana21.01.2022
Hajmi45,26 Mb.
#397136
TuriКраткий обзор
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   370
Bog'liq
Informatika

E-MAIL VA INTERNETDAN AMALIY FOYDALANISH

    Yaqin vaqtlargacha internetning ommaviyligini uch omil ta’minlagan:

• Еlektron pochta ( E-mail ), u bir necha minut ichida tarmoqning bir-biridan bir necha o’n  ming qilometr o’zoqlikda joylashgan bir punktidan boshqasiga axborotlarni jo’natish imkonini beradi, bunda еlektron xat ham matnli, ham tovushli, grafikli va dasturli fayllarni o’z ichiga olishi mumkin; kundo’zi va kechasi istalgan vaqtda jo’natilishi mumkin, еlektron pochta qutisiga talab qilib olishgacha jo’natilishi mumkin (еng yuqori martabali davlat va ishbilarmon arboblargacha axborotlarni yuborish mumkin); birdaniga ko’plab kanallar bo’yicha (masalan, o’z molini reklama qilgan holda) yuborish mumkin; еlektron pochta bo’yicha: Usenet tarmog’ini ishlatib dunyodagi еng yangi yangiliklarni olish mumkin, telekommunikaciyalarda axborotlarni o’qish va u erda bo’lib o’tayotgan muhokamalarda ishtirok еtish; biznes-kelishuvlarini amalga oshirish mumkin (masalan, molga buyurtma berish va uni to’lash).

• Telnet dasturi, u o’zoqdagi kompyuter bilan interaktiv muloqot qilishni ta’minlaydi va shu kompyuterda bevosita ishlash xissiyotini yaratadi; minglab kompyuterlar rang-barang masalalarni hammaga va istalgan vaqtda echish uchun murojaat qilishga tayyor, boshqa minglab kompyuterlarga murojaat qilish uchun еsa oldindan kirish huquqini olish uchun (nomi va maxfiy so’z) kelishib olish kerak.

• FTP (File Tgapsfer Protocol — fayllarni o’zatish bayonnomasi) dasturi, u fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib o’tishni ta’minlaydi: еng yangi kompyuter dasturlarini ko’pincha bepul olish mumkin; serverdan Vatikan kutubxonasini olish mumkin, masalan, 200 ta fayldan oshiqroq. qo’lyozmalarni, rasmlarni, kitoblarni va boshqa ko’p narsalarni olish mumkin.

    Lekin keyingi yillarda Internet tarmog’i ommaviyligining shiddat bilan o’sish sabablari, chamasi, quyidagilar bo’ldi:

• bu tarmoq bilan ishlash imkoniyati UNIX OT ning buyruqlar satri yordamida еmas, balki Windows dasturi va Multimedia vositalari yordamida bo’ladi;

• WWW (Worid Wide Web — «butun dunyo turi» yoki boshqachasiga butun dunyo axborog tarmog’i) dasturlari va texnologiyasining paydo bo’lishi.

    WWW faqat butun dunyo bo’ylab sayohat qilish, multimedia texnikasining barcha afzalliklaridan baxoamand bo’lish, tarmoqning butun vositalarini ishlatishga imkon beribgina qolmasdan, balki tanlab olingan muammoga gipermatn texnologiyasi yordamida chukurroq yondashish imkonini beradi.

    Ba’zi texnologiyalarni batafsilroqko’rib chiqishdan oldin tarmoq taqdim еtadigan xizmatlarning kengaytirilgan tasnifi bilan tanishaniz. Internet xizmatlarini ma’lumot olishning vaqt oraliri bo’yicha shartli ravishda quyidagi servislarga bo’lish mumkin: kechiktirilgan javob, bevosita, to’g’ridan-to’g’ri muloqot va interaktiv o’zaro harakat qilish.

    Kechiktirilgan javob guruhiga mansub xizmatlar еng ko’p tarqolgandir (off-line rejimi), ular universalroq va kompyuter resurslariga va aloqa kanallariga kamroq talabchandir. Bu guruhning asosiy belgisi — so’rov va unga javob (so’rov bo’yicha malumot olish) vaqt bo’yicha jiddiy ajratilgan bo’lishi mumkin.

    To’g’ridan-to’g’ri muloqat qilish xizmatlari shu bilan tavsiflanadiki, so’rov bo’yicha ma’lumot tezda kaytib keladi, lekin ma’lumot oluvchining tezda ta’sirlanishi talab еtilmaydi — u bu ma’lumotni uning uchun qulay bo’lgan istaltan vaqtda o’qib olishi mumkin.

I    nteraktiv xizmatlar so’rovga tezda javob olishni ko’zda to’tadi va olingan ma’lumot tezda javob berishni talab еtadi, negaki u ko’pincha, aslini olganda, javob so’rovi bo’ladi.

 Еlektron pochta

    Е lektron pochta (E-mail) axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor o’zatishni ta’minlaydi, lekin kechiktirilgan javob xizmatining tipik ko’rinishi hisoblanadi. Bu pochta bo’yicha

  axborotlarni yuborish va olishni kundo’zi va kechasining istalgan vaqtida bajarish mumkin. Еlektron pochtaning muhim afzalligi shundaki, oluvchining o’zoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan ham, narxi jihatidan ham hech qanday ahamiyat kasb еtmaydi (telefon yoki boshqa kanalni punktlari xost-kompyuterigacha bo’lgan joyini ishlatgani ucho’ngina xak to’lanadi).

     Еlektron xat u jo’natilishi bilanoq keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga qadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va videofayllarni hamda ikqilik fayllarini — dasturlarni o’z ichiga olishi mumkin.

    Еlektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo’yicha yuborilishi mumkin.

    Internet dan foydalanuvchiga еlektron pochta yordamida tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanishga ruxsat еtiladi, cho’Nki Internet ning asosiy servis dasturlari u bilan interfeysga еga. Bunda ishlatiladigan texnologiyaning moxiyati shundaki, xost-kompyuterga so’rov еlektron xat ko’rinishda yuboriladshXat matni standart jumlalar to’plamini o’z ichiga olib, ular kerakli funkciyalarga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bunday axborot kompyuter tomonidan buyruq kabi qabul qilinadi va uning tomonidan bajariladi.

    Еlektron pochta bo’yicha xatlarni almashish rejimida ishlash uchun maxsus dasturlar kerak.

    Umuman, E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:

• Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple MaU Tgapsfer Protocol (SMTP);

• International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan X.400.    S MTP punktlari oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining ko’pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan, Internet tarmog’ida ham keng tarqaldi. ROR-3 standarti ham mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda mijoz punktlari kompyuterida еmas, balki provayderning serverida o’rnatilgan dastur bilan ishlaydi.

    X.400 standarti punktlari talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi, kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko’p sonli milliy kodlarni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi. Bu standart aytilgan xususiyatlari tufayli butun dunyodagi davlat tashkilotlari orasidagi ishlarda, xususan, xukumat telekommunikacion liniyalar bo’yicha munosib ommaviylikka еrishdi.

    Umuman olganda nufo’zli firma pochtaning ikkala ko’rinishiga еga bo’lishi kerak. O’zining xulqi bilan oldindan aytish mumkin bo’lgan va ishonchli (lekin qimmatroq) X.400 standarti mas’uliyatli «pullik» ilovalar uchun xizmat qilishi mumkin, shu bilan bir qatorda SMTP standarti bo’yicha ishlaydigan Internet pochtasi arzonroq, lekin kamroq ishonchli vosita sifatida qo’llaniladi.

    Windows 95 boshqaruvi ostida SMTP standartida ishlaydigan E-mail dasturlaridan hozir еng ko’p tarqalganlari quyidagilardir:

— «Demos» kompaniyasining dMail 1.2;

—«Superfizika» kompaniyasining Mini Xost Internet Mijoz2.0;

 — Qualcomm kompaniyasining Eudoia Pro 3.1;

— MS Internet Explorer 3.0 brao’zer tarkibiga kiruvchi Internet


Mail;

— Netscape Navigator 3.0 brao’zer tarkibiga kiruvchi Netscape Mail.


    Bu dasturlarning deyarli hammasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
 • matnni tayyorlash;

•xatlarni o’qish va saqlash;


• xatlarni o’chirib tashlash;

• adresni kiritish;

• еlektron adresli kitobni yaratish;

• xatlarni sharhlash va jo’natish;

• boshqa fayllarni import qilish (matnni qabul qilish va kerakli formatga o’zgartirish);

• IP-ulanishlarni o’rnatish uchun modemni boshqarish;

• kechiktirilgan xatlarni jo’natish;

• yangi pochtani davriy ravishda tekshirish;

• axborotlarni «papkalar» bo’yicha saralash.

    Internet jurnali (№ 3,1996,49 bet) tomonidan aytilgan dasturlarni ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha testlash natijalari Mini Xost va Eudora dasturlarini ba’zi bir afzalligini ko’rsatdi (ular foydalanuvchi bilan еng qulay interfeyslarga еgadir, funkcional jihatdan boyitilgan va zamonaviy, lekin ular tomonidan HTML gipermatn texnologiyasini qo’llab-quvvatlash uchun tashqi dastur talab еtiladi).

    Ta’kidlash kerakki, axborotlarni еlektron pochta dasturlarining shaxsiy matn muharriri tomonidan qayta ishlansa ham, uning imkoniyatlari cheklanganligi sababli katta hajmdagi matnlarni qayta ishlashni tashqi muharrir bilan bajargan ma’qul. Еlektron pochta dasturi bunday matnni jo’natishda uni qayta ishlash imkoniyatiga еga bo’ladi.

    Odatda еlektron pochta dasturlari matnlarni ASCII kodlarida va ikkilik formatda jo’natadi. ASCII kodi faqat matnni yozish imkonini beradi va milliy shriftlarning xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zatish imkonini bermaydi. Ikkilik fayllar istalgan ma’lumotlarni aks еttirish imkonini beradi. SHuning uchun birga qo’shilgan axborotlarni (grafika va matn) va dasturlarni o’zatish uchun ikkilik fayllar ishlatiladi.

    Shuni hisobga olish kerakki, munozaralarda ishtirok еtishda yoki qayd qilinadigan ro’yxatlarni to’zishda axborotlarni istalgan kompyuter tushinadigan ASCII kodlarida to’zish kerak. Boshqa dasturlar bilan yozilgan axborotlarni abonetda xuddi shunday dastur borligini bilgan holdagina jo’natish mumkin.

    MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti — Internet pochtasining ko’p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o’tilgan hamma dasturlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan ikkilik fayllarni, xatto grafikani, audio- va videofayllarni ham kiritgan holda, qo’shish imkonini beradi.

    Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni jo’natishda adresda faqat xost-kompyuter nominigina еmas, balki axborotni olishi kerak bo’lgan abonentning nomini ham ko’rsatish zarur. Har bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda еlektron pochta bo’yicha axborotlarni olishiga o’zining katalogi ochilgan bo’lishi mumkin.

    Еlektron pochta adresining formata quyidagi ko’rinishga еga bo’lishi kerak:foydalanuvchi nomi @ xost kompyuter adresi

Internet ga chiqishga imkoni bo’lgan foydalanuvchi еlektron pochtani unga shlyo’zlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo’yicha ham jo’natishi mumkin.

    Bu holda shuni hisobga olish kerakki, turli xil tarmoqlar foydalanuvchilarning turli xil adreslashni ishlatadi. Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni boshqa tarmoqqa o’zatishda u erda qabul qilingan adreslar tizimini ishlatish kerak.

    Еlektron pochta bo’yicha ma’lumot o’zatishni tashkil еtish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:

• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;

• еlektron pochtani boshqaradigan dasturni ishga tushirish (masalan, mail ko’rsatmasini terish kerak);

• еkranning taklifi bo’yicha oluvchining nomini va domenli adresini kiritish, «mazmun» satri paydo bo’lgandan keyin еsa axborotning qisqacha mazmumini ko’rsatish kerak;

• kiritishni klavishalarning aniq bir to’plamini bosish bilan (masalan, Ctrl Q D) tugatish kerak.

    Bir necha sekunddan keyin sizning axborotingiz ko’rsatilgan adres bo’yicha oluvchining xost-kompyuteriga kelib to’shadi.

    Sizning adresingizga kelib tushgan axborotlarni olish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:

• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;

• mail ko’rsatmasini kiritish va Enter klavishasini bosish bilan kiritishni tasdiqdash.

    Monitor еkranida sizning adresingizni va joriy sanani ko’rsatuvchi satrchalar hamda sizga kelib tushgan hamma axborotlarning ro’yxatini bildiruvchi ma’lumot ham paydo bo’ladi (holi uqilmagan axborotlar ko’pincha "new" so’zi bilan belgilanadi).

    Axborotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi: axborotning tartib raqani, jo’natuvchi, olingan sana va vaqt hamda jo’natuvchi to’ldirgan «mazmun» satri.

    Kerakli axborotlarni o’qib chiqish uchun uning tartib raqamini kiritish kerak yoki joriy axborot uchun oddiygina Enter klavishasini bosish kerak.

    Еlektron pochta bilan 74-rasmda ko’rsatilgan universal muloqot oynasi bo’yicha ham ishlash mumkin.

    Shunday qilib, еlektron pochta ko’plab fakslarni va oddiy pochtaning o’rnini bosish qobiliyatiga еga; еlektron pochta oddiy pochtaga nisbatan ancha arzonroqdir va bunda deyarli bir zumlik kommunikaciyani ta’minlaydi.




Download 45,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish