· F2 tugmasini bosish orqali. Bu xam yachеykadagi ma'lumotlarni tug’ridan-tug’ri taxrirlash imkonini bеradi. · Taxrirlash kеrak bo’lgan yachеykani faollashtirish va sichqoncha kursatkichi yordamida kursorni formulalar qatoriga kеltirib taxrirlash. Bu ma'lumotlarni formulalar qatoridan turib taxrirlash imkonini bеradi. Ma'lumotlarni taxrirlashda yuqorida kеltirilgan usullardan ixtiyoriy birini ishlatish mumkin. Ayrim foydalanuvchilar yachеykadagi ma'lumotlarni tug’ridan-tug’ri taxrirlash usulidan, ayrimlari esa formulalar qatoridan turib taxrirlash usulidan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |