1. Sport yo’nalishi – sport bilan shug’ullanishning asosiy maqsadi o’z
ustida ishlab sportda erishgan natijalarini yaxshilab borishdir, ya’ni bunda
salomatlik holati doimo yaxshilanib boriladi. Sport bilan faqat sog’lom odamlar
shug’ullanadi, shuning uchun sport bilan shug’ullanish o’z oldiga davolash
vazifasini qo’ymaydi, ya’ni sport bilan davolash ishlari olib borilmaydi.
Shifokorning vazifasi ma’lum sport turi uchun zarur bo’lgan shug’ullanish
yuklamasini individuallashtirish, sportchining salomatligiga yuklamaning salbiy
ta’sirida uni mashg’ulotlardan chetlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |