Giperstenik tana tuzilishiga ega bo’lgan organizmda quyidagi kasalliklar ko’p uchraydi: - gipertoniya kasalligi;
- ateroskleroz;
- qandli diabet;
- semizlik;
- qo’l va oyoq tomirlari trombozi;
- o’t toshi kasalligi.
Asteniklarda ekstremal ta’sirotlarga chidamliligi past va ko’p uchrab turadi: - gipotenziya;
- nafas organlari kasalliklari (tuberkulyoz);
- qalqonsimon bez;
- nevroz;
- oshqozon ichak trakti kasaliklari.
Sport tibbiyotining maqsad va vazifalari, shakli va jismoniy dispanserlarida shifokorlik ishlari usullari va SHT xonalari ST ning asosiy maqsadi – jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi
insonlarni va sportchilar sog’lig’ini saqlash, mustahkamlash, kasallik va
patologik holatlarni davolash va profilaktikasi, sport va JT usul va omillarini
24
ratsional qo’llashga yondashish, ish qobiliyatini va zo’riqishdan keyingi
jarayonni tiklash, faollikni uzaytirish hisoblanadi.