Yopiq sport inshootlariga gigiyenik talablar. Sport inshootlari (zallar,
suzish xavzalari va h.z) maxsus yoki jamoa inshootlari (o’quv yurtlari, jamoalar
177
va h.z.) tarkibiga kiritilishi mumkin. Sport inshootlarining xizmat xonalari bir-
biri bilan shunday bog’lanishi kerakki, shug’ullanuvchilar quyidagi tartibda
harakat qilishi amalga oshirilsin: kiyimlar uchun vestyubl-garderob – erkak va
ayollarning kiyinish xonalari (dush va xojatxona bilan) – sport zali. Inshootning
ichki ishlovi muhim gigiyenik ahamiyat kasb etadi. Devorlari tekis, to’p
tegishlariga chidamli va nam yig’ishtirishga qulay bo’lishi kerak. Markaziy
isitish radiatorlari devor ichiga joylashtirilib, himoya panjaralari bilan
ta’mirlangan bo’lishi kerak. Eshik-romlari bo’rtib chiqqan joylarga ega
bo’lmasligi lozim. Tibbiy shahobcha sport zallarga yaqin joyda bo’lishi kerak.
Ko’rinadigan joylarda strelkali belgilar yordamida tibbiy shahobcha joylashgan
joy ko’rsatilishi lozim. Sport zallardagi inventarlar sozlangan, ishchi holatda va
shakli, vazni va material sifati bo’yicha ma’lum standartlarga mos kelishi lozim.
Ularga quyidagi gigiyenik talablar qo’yiladi: sport jarohatlarini oldini olishga
yo’naltirilgan,
havoni
chang
bilan
iflosga
qarshi
yo’naltirilgan,
shug’ullanuvchining yoshiga snaryadlarning mos kelishiga yo’naltirilgan
talablardir. Bularning hammasi o’quv-mashg’ulotlarini normal holatda o’tishiga
sharoit yaratib beradi. Sport zallarni har kuni nam holda yig’ishtirish, haftasida 1
marta pollar, devorlar va sport inventarlari general yig’ishtirilishi kerak. Yopiq
sport zallarida chekish, sport kiyimisiz shug’ullanish qatiyan man etiladi.
Devorlarni bo’yashda yorug’likni qaytarilish darajasi va ruhiy fiziologik
funktsiyalarga ta’siri inobatga olishini zarur: yashil rang tinchlantiradi va ko’rish
a’zosiga yaxshi ta’sir etadi; sariq va qizg’ish rang tetiklashtiradi va issiqlik
sezgisini chaqiradi; qizil rang qo’zg’atadi; havo va binafsha rang tormozlaydi.
Yog’li bo’yoqlar qo’llanilganda devor va shiplar to’liq bo’yalmaydi, chunki
inshootning tabiiy ventilyatsiyasiga qarshilik ko’rsatadi. Pollar tekis, silliq emas,
elastik, yengil yuviluvchi bo’lishi lozim. Inshootlarda optimal mikroiqlimni
hosil qilinishi o’ziga xos gigiyenik ahamiyatga ega: havo harorati +15˚C
darajasida ushlab turilishi kerak, nisbiy namlik 30-60%, havoning harakat tezligi
0.5 m/s bo’lishi lozim. Kurash va stol tennisi zallari uchun havo harakatining
178
tezligi 0.25 m/s dan, dushlarda, kiyinish va massaj qilish xonalarida 0.15 m/s
dan oshmasligi kerak. Zaruriy havo almashinuvini ta’minlash uchun markaziy
ventilyatsion moslamalardan foydalaniladi, tashqaridan ichkariga soatiga 80 m
3
bir shug’ullanuvchi uchun va 20 m
3
bir tomoshabin uchun havo yuboriladi. Agar
buning imkoniyati bo’lmasa, tabiiy yo’l bilan ventilyatsiya amalga oshiriladi
(oynalarni, fortochkalarni ochib). Buning uchun aeratsiya koeffitsiyenti
aniqlanadi va normada 1/50 nisbatda bo’ladi, ya’ni fortochkalarning umumiy
maydoni polning umumiy maydonidan 50 marta kichik bo’ladi. Sport zallarida
havoni almashtirish soatiga 3-4 marta bo’lishi kerak. Sport zallari imkon
darajasida tabiiy yoritilishi lozim; sun’iy yoritish yorug’likni tarqatuvchi
yoritkichlar bilan amalga oshiriladi. Yorug’lik bir me’yorda tarqalishi va
normalarga amal qilingan holda gorizontal va vertikal yoritishning zaruriy
darajalari ta’minlanishi kerak. Markaziy asab tizimining tonusini aniqlashda,
ko’rish analizatorlarining holatiga ta’sir etishda, jarohatlanishni aniqlashda
yoritishning gigiyenik ahamiyati kattadir. Yoritishga gigiyenik talablar
quyidagilardir: tabiiy yoritishga mos bo’lishi kerak; maydonning hamma
yuzasiga bir xil tarqalishi kerak; kunning hamma vaqtlarida doimiy bo’lishi
kerak; ko’zga yaqqol tushmasligi kerak; issiqlik effektini bermasligi kerak.
Tabiiy yoritishni baholash quyidagi mezonlar bo’yicha amalga oshiriladi:
mahalliy yorug’lik iqlimi, kun vaqti, yorug’lik tushushi bo’yicha inshootning
qurilishi, yorug’lik tushishi bo’yicha derazalarning qo’yilishi (yaxshisi janubiy-
sharqiy), derazalarga daraxtlarning yaqinligi (20 m dan yaqin emas), qo’shni
binolarning yaqinligi, derazalarning kattaligi va shakli (yaxshisi to’rtburchakli),
oynalarning tozaligi, derazalardagi oynalar soni va ularning himoyalanganligi,
poldan derazalarning joylashgan balandligi (2 m dan kam emas), devordagi
derazalar oralig’i (deraza kengligidan 1,5 marta kam bo’lmagan), inshoot
shipidan tutgan o’rni (0,5 m dan ko’p emas), inshootning ichki bo’yalishi
(ko’zga
tashlanuvchi
rang),
inshoot
kattaligi.
Shuningdek
yorug’lik
koeffitsiyenti aniqlanadi, ya’ni derazadagi oynalarning maydoniga pol
179
yuzasining nisbati – sport zallari uchun 1/6, ya’ni pol yuzasi oynalarning
umumiy yuzasidan 6 marta katta bo’lishi kerak; agar maydon bir tomonlama
yoritilsa, unda yorug’lik nurlarining maydonning ishchi yuzasiga tushish
burchagi aniqlanadi va u 270˚ bo’lishi kerak, shundagina yorug’lik ko’zga
yaqqol tushmaydi. Shu bilan bir qatorda sun’iy yoritishdan ham keng
foydalaniladi. Bu maqsadda lyuminestsent lampalaridan foydalaniladi. Ular
shipga (umumiy yoritish uchun), devorga (yon tomondan yoritish uchun) va
mahalliy (ishchi maydonni yoritish uchun) ko’rinishda qo’yiladi. Sport
turlarining o’tkazilishiga qarab, lampalar har xil balandlikka osiladi. Masalan:
stol tennisi zali uchun minimal, sport o’yinlari zali uchun 8-9 m balandlikda
joylashadi. Hamma lampalar himoyalangan bo’lishi bo’lishi kerak. Yoritishni
optimal holatga keltirishda yorug’lik yo’nalishining quvvati muhim ahamiyatga
ega, sport zallarida qo’llanilayotgan lyuminestsent lampalar uchun 13-16 Vt/m
2
va qizuvchi lampalar uchun 26-32 Vt/ m
2
bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |