Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Aktiv  evtanaziya
  -   o ‘limni  tezlashtirish  bilan  azob, 
qiynoqlami  engillashtirishni  anglatadi.  Bu  shuningdek,  bevosita 
evtanaziya  “to‘ldirilgan  shprits”  usuli  sifatida  ham  nomlanadi. 
Aktiv evtanaziyaning  ikki turi  farqlanadi:  ixtiyoriy va majburlash 
yo‘li bilan.
Ixtiyoriy  aktiv evtanaziya (euthanasia voluntary)  bemoming 
roziligini  ko‘zda  tutadi,  va  bemor  yoki  boshqa  shaxs,  aksariyat 
holatda vrach tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Birinchi 
holat  huquqiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  o‘ldirish  sifatida  baholanadi. 
Haqiqatdan ham  qator  holatlarda og‘ir,  umidsiz  bemorlar  hayotni 
o‘z-o‘zini  o ‘ldirish  bilan  yakunlaydigan  suitsid  holatini  aktiv 
evtanaziya sifatida baholash mumkin.  Shu sababli murdaning sud- 
tibbiy  ekspertizasida  odatda  hayotiy  kasalliklarining  mavjudligi 
masalasi ham hal etiladi.
Ta’kidlash  lozimki,  barcha  asosiy  diniy  konfessiyalar  o ‘z- 
o‘zini  o‘ldirishga  og‘ir  gunoh  sifatida  qaraydi.  Ayni  vaqtda 
tushunarli sabablarga ko‘ra dunyoning hech bir davlatida o‘z-o‘zini 
o‘ldirish qonuniy jazoga tortilmaydi.  Xuddi  shuningdek,  suitsidga 
yordam berish ham qonunchilikda ta’qib etilmaydi.
Ba’zi  hollarda  o ‘z-o‘zini  o‘ldirish  vrach yordamida  amalga 
oshiriladi. Bu kabi holatlaming keng tarqalishi maxsus atamaning -  
PAS  (physician assisted suiside -  vrach assistentlik qilgan  suitsid) 
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
AQSHning  Michigan  shtati  sobiq  patologoanatomi  Djek 
Kevorkyanning  faoliyati  RASga yaqqol  misol  bo‘ladi.  1990-1999 
yillar  oralig‘ida  uning  yordamida  131  ta  bemor  suitsidni  amalga 
oshirgan. Bir necha marta uni jinoiy javobgarlikka tortishga harakat 
qilingan, ammo samarasiz bo‘lgan. Faqat 1999 yilda u qotillik sodir 
etganda ayblanib, jazoga tortilgan.
1939 yil fevral oyida avstriyalik psixiatr va psixolog Zigmund


Freydga  ichak  raki  tashxisi  qo‘yilgan.  Kuchli,  azob  beruvchi 
og‘riqlaming kuchayishi munosabati bilan  1939 yil  21  sentyabrda 
vrach  va  o‘zining  do‘stidan  hayotini  to ‘xtatishni  so‘ragan.  Ikki 
kunlik  ikkilanishlardan  so‘ng  doktor  Shor  Freydga  ma’lum 
miqdordagi morfinni bergan.
Gollandiya  2000  yilda  aktiv  evtanaziyani  rasman tan  olgan 
dunyodagi  birinchi  mamlakat  bo‘ldi.  Qabul  qilingan  qonunga 
muvofiq  faqat  bir  qator  shartlar  bajarilgandagina  evtanaziyani 
qo‘llashga imkon beriladi. Masalan, hayotdan o ‘z ixtiyori bilan voz 
kechishni istagan bemor o‘z qarorini sog‘lom aqlda bo‘lgan holda 
ma’lum  qilishi  shart.  Uning  qarori  bilan yaqin  qarindoshlari  rozi 
bo‘lishi  lozim.  В undan  tashqari,  nafaqat  davolovchi  vrach,  balki 
boshqa  mustaqil  shifokor  ham  bemor  haqiqatdan  ham  davosiz 
kasallik bilan og‘riganligini va kuchli azobda ekanligini tasdiqlashi 
talab  etiladi.  Va  eng  muhimi,  evtanaziya  faqat  huquq-tartibot 
idoralari xodimlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Majburiy  aktiv  evtanaziya  (euthanasia  compulsory),  ya’ni 
bemorning roziligisiz o ‘limni  tezlashtirish huquq nuqtai-nazardan 
qotillik sifatida baholanadi. Bunga misol tariqasida Manchesterdan 
(Angliya)  uncha  uzoq  bo‘lmagan Xayd  shaharchasining  uchastka 
vrachi  Garold  Shipman  tarixini  keltirish  mumkin.  2000  yilda 
maxsus komissiyaning ishi natijasida u 20 yillik faoliyati davomida 
analiz  uchun  qon  olish  bahonasida  tomir  ichiga  kuchli  miqdorda 
giyohvand-moddalami yuborish bilan 300 ga yaqin odamni, asosan 
nafaqa yoshidagi  ayollami  o‘limiga sabab bo‘lganligi aniqlangan. 
G. Shipmanni shaharchaning sobiqmeri Ketlin Grandi o‘ldirganidan 
so‘ng  uning  vasiyatnomasini  o‘z  foydasiga  soxtalashtirishi 
munosabati bilan fosh qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Evtanaziyani “nuqsonli” insonlarni yo‘q qilish deb ta’riflashni 
taklif  etgan  huquqshunos  Binding  va  psixiatr  Goxening  izdoshi 
bo‘lgan  Gitler  1939  yil  1  sentyabrda maxfiy  buyruqni  imzolagan 
bo‘lib,  unga  muvofiq  barcha  “hayotning  nomaqbul  shakllari”ni 
evtanaziyaga  solish  ko‘zda  tutilgan.  Keyinroq  negativ  evgenika


kontseptsiyasini amalga oshirilishi “hayotiy nuqsonli”lardan “irqiy 
nuqsonli”larga ko‘chirilgan. Dunyo hamjamiyatining bosimi ostida 
1941 yil avgust oyida ushbu dastumi to ‘xtatishga majbur boiishgan. 
N o to iiq   ikki yil  ichida “oliy  ariy  irqini”  tozalash maqsadida turli 
ma’lumotlar  bo‘yicha  100  000  dan  275  000  gacha,  asosan  ruhiy 
kasallar,  tug‘ma  nuqsonli  insonlar  yo‘q  qilingan.  Xalqaro  harbiy 
tribunal  tomonidan  ushbu  harakatlar  insoniyatga qarshi jinoyatlar 
sifatida baholangan.
Qarindoshlarining  iltimosiga  ko‘ra  amalga  oshirilgan 
aktiv  evtanaziyani,  hattoki  bemor  o ‘z  irodasini  bildira  olmagan 
holatlardar  ham,  majburiy  evtanaziya  sifatida  baholash  to‘g‘riroq 
boiadi.  Ushbu  holat  nuqtai-nazaridan  ayrimlar  tibbiy  abortni 
majburiy evtanaziyaga taalluqli deb hisoblaydilar.
Mohir jarroh S.  S.  Yudin,  o ‘zining hamkasbi -  professor M. 
M.  Diterixsni  operatsiya  qilish jarayonida  oshqozonning  muolaja 
qilib boim aydigan va metastaz bergan rakini aniqlagan.  0 ‘zi ham 
shifokor  boigan  bemoming  turmush  o‘rtog‘i  Z.  Yu.  Rolening 
iltimosiga  ko‘ra  aktiv  evtanaziyani  amalga  oshirgan  -   narkoz 
dozasini oshirishga ko‘rsatma bergan.
Frantsiyaning  sobiq  sog‘liqni  saqlash  vaziri,  “Chegarasiz 
vrachlar” halqaro tashkilotining asoschilaridan biri Bemar Kushner 
Livan va Vetnamdagi urushlar vaqtida og‘ir jarohatlangan, umidsiz 
yaradorlarga evtanaziyani qoilaganini tan olgan.
2006 yilda Amerikaning Nyu-Djersi shtati sudi sobiq feldsher 
Charlz  Kallenni  29  bemomi  oidirganlikda  aybdor  deb  topgan. 
Jinoyatchi o‘z aybiga iqror b o iish  bilan birga, umidsiz bemorlami 
ularga rahmi kelib achinganidan o ‘ldirganini ma’lum qilgan.
Shuningdek,  bilvosita evtanaziya ham mavjud  boiib,  bunda 
bemoming  azob,  qiynoq,  uqubatlarini  engillatishga mo‘ljallangan 
harakatlar  o‘limga  sabab  boiadi.  Odatda,  bu  kabi  holatlar  dori- 
darmonlar, asosan analgetiklami  ortiqcha dozada berish bilan sodir 
etiladi.  Huquq  nuqtai-nazaridan  ushbu  harakatlar  “ehtiyotsizlik 
orqasidan  odam  oidirish”  ( 0 ‘zR  JK  102-modda)  yoki  “baxtsiz


hodisa” sifatida baholanishi mumkin.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish