Qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik deganda
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va
jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g ‘ayrihuquqiy,
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan) sodir etilgan harakat
yoki harakatsizlik tushuniladi. Ushbu huquqbuzarlik jamiyat uchun
xavf alomatlarini tutmaydi, va mos tarzda jinoiy javobgarlikni
yuzaga keltirmaydi. Ta’kidlash lozimki, m a’muriy huquqbuzarlikr
jinoyat uchun xos bo‘lgan qator umumiy belgilarga ega.
Ahamiyati,
oqibatining og‘irligi, sodir etilish sonini inobatga olganda ayrim
huquqbuzarliklar jinoiy qonunchilik nuqtai-nazaridan baholanib,
jinoyat sifatida tasniflanishi mumkin. Ya’ni, masalan. sanitariya
qonunchiligini, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini, radiatsion va
yong‘in xavfsizligi talablarini, davlat hisobotlarini rasmiylashtirish
tartibini buzilishi, yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ijtimoiy
xavf alomatlarini yuzaga keltirishi va mos tarzda jinoyat sifatida
qayd etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati
yoki harakatsizligi g ‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘Isa, uning
zararli oqibatlariga ko‘zi etgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki
bu oqibatlaming kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan
bo‘lsa, bunday m a’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb
hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o ‘z harakati
yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
oldindan ko‘ra bila bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin engiltaklik bilan
ulaming oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yohud bunday
oqibatlaming kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim
va mumkin bo‘lgan holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday
m a’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb
hisoblanadi.
Qonun bilan himoya etiladigan huquq va manfaatlarga
oxirgi zarurat holatida zarar etkazilishiga sabab boMgan harakatlar
93
m a’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi. Bunda shaxsga
yoki shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga
tahdid etayotgan xavfni o ‘sha holatda boshqacha choralar bilan
bartaraf etib bo‘lmasa hamda etkazilgan zarar oldi olingan zararga
qaragandan kamroq bo‘lsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan
harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
Qonunchilikka muvofiq m a’muriy huquqbuzarlik sodir
etilgan paytda o‘n olti yoshga to'lmagan shaxslar ma’muriy
javobgarlikka tortilmaydi.
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli
bo‘lgan taqdirda, shu ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan
organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan
ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin ( 0 ‘zR.
MJhK 21-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: