190 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
191
manipulyatsiya texnikasi turiga qarab tasniflangan; quyidagi guruhlar ajratildi: pretsedent matn (11%),
xorijiy so‘zlarning qo‘llanilishi (12%), murojaat (5%), jargon (11%), ikkinchi darajali brendlar (13%), tabiiylik
belgisi (11%), psevdo –to‘g‘ridan-to‘g‘ri nominatsiya (11%), ijobiy ma’noli so‘zlardan foydalanish (11%), yuqori
maqom ko‘rsatkichi (9%), past narx ko‘rsatkichi (6%) [11].
A. Tsuladze: “Hukumat odamlarni manipulyatsiya qiladi – bunda hech qanday sir yo‘q. U buni ommaviy
aloqa kanallari orqali, ya’ni manipulyatsiya jarayonining o‘zi orqali amalga oshiradi.”[12] deb hisoblaydi.
Bugungi kun ingliz va o‘zbek gazeta matnlarida tijoriy manipulyatsiya belgilarini kuzatishimiz mumkin. Gazeta
matnlaridagi tijoriy manipulyatsiya gazetxon ongiga yashirin ta’sir o‘tkazadi, ya’ni tovar, xizmat, mahsulot
reklamasini ko‘rishimiz mumkin. Fikrimizning isboti sifatida quyidagilarni ko‘rib chiqamiz: “ Eshitmadim
demanglar! Endilikda ko‘p qavatli uylar oldidagi bo‘sh turgan yerlar obodonlashtirish sharti bilan aholiga
beriladi”. (“Toshkent haqiqati”. 2022-yil, 8-yanvar); “Qurutning daromadini qurutdek sanayotganlar”(“ Toshkent
haqiqati” 2022-yil, 26-yanvar); “Yurak urishini eshituvchi lampochka ishlab chiqildi”(“Xabar” 2022-yil,
7-yanvar);”IPHONE uchun telegramming beshta yashirin imkoniyati” (“Xabar” 2022-yil, 14-yanvar). Bundan
ko‘rinib turibdiki, gazeta maqolalariga qo‘yiladigan sarlavhalar ham tijoriy manipulyatsiya belgilarini
namoyon qiladi. Sarlavhalar orqali manipulyatsiya qilish ingliz gazetalarida ham kuzatiladi: “It’s time for
the CDC to come clean with American public… ” (“USA TODAY” April 10, 2006 ); “Unbeatable offer! PC world”
(“The Times”. Tuesday, November 22, 2005). Ingliz gazetalarida alohida “Business and Trade” sahifasi mavjud
va bu sahifada asosan reklamalarni (tijoriy manipulyatsiya) belgilari kuzatiladi.
Ta’sirchanlikka erishish va uning kuchini oshirishda sarlavhalar muhim rol o‘ynaydi. Ular shuningdek,
reklamaboplik vazifasini ham o‘taydi. Aynan ularning qiziqarli, diqqatni o‘ziga tortuvchi bo‘lishi ushbu nashr
muxlislarining ko‘payishiga xizmat qiladi.
1
Xulosa qilib aytish mumkinki, tilning rivojlanishida, manipulyatsiya qilishda OAV vositalarining
(gazetalarning) ahamiyati juda katta. OAVning (gazeta) o‘ziga xos tilining mavjudligi jamiyatning yapli
axborotlashuvi davrining umumiy qonuniyatlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |