Volume: 02 Issue: 03


Volume: 02 Issue: 03 | 2022



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.10.2022
Hajmi0,98 Mb.
#852604
1   2   3   4   5
 
Volume: 02 Issue: 03 | 2022 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
Analytical Journal of 
Education and Development
O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish asosida milliy iqtisodiyot 
xavfsizligini taʼminlashni samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yashirin iqtisodiyot”ni baholashning 
xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan usullari o‘rganildi va ikki toifaga bo‘linib 
olindi: bevosita va bilvosita. Bevosita usullar to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatuvlar asosida va soliq tekshiruvlari 
orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bilvosita usullar esa tranzaksion metod, valyutaga bo‘lgan 
talab metodi, energiya sarfi isteʼmoli metodi, xarajatlar va daromad statistikalari o‘rtasidagi farq, 
rasmiy va haqiqiy ishchi kuchi o‘rtasidagi farq va MIMIC modelidan iborat. Bundan tashqari Jaxon 
banki ekspertlari bilan hamkorlikda “2021-2025 yillarda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish 
bo‘yicha Strategiya” va “Yashirin iqtisodiyot ulushini baholash metodikasi” (MIMIC modeli asosida) 
kabi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, halqaro tashkilotlar hamkorligida uzoq muddatli 
konsepsiyasini va baholash metodikasini ishlab chiqish, statistik hisobotlarni qayta ko‘rib chiqish va 
makro ko‘rsatkichlarda yashirin iqtisodiyot ulushini qamrab olish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda 2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni 
tashkil etib, YaIM 60 mlrd. dollarga yetdi. Tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 mlrd. dollardan 
2020 yilda 36 mlrd. dollarga ko‘paydi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 369 trln. so‘mni 
tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining YaIMdagi ulushi 
19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi[11]. 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat budjeti yuzasidan berilgan xulosasida 2022 
yilda YaIM o‘sish surʼati 5,9 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. Qayd etilishicha, 2022 yilda YaIM 
hajmi qariyb 840 trln so‘mni (74,2 mlrd dollar) tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Aholi jon boshiga 
YaIM 23,8 mln so‘m (2,1 ming dollar) miqdorida shakllanishi rejalashtirilgan. 2020 yilda YaIM hajmi 
580,2 trln so‘mni tashkil qilgan edi. 2021 yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM joriy 
narxlarda 
519,8 
trln 
so‘mni 
tashkil 
etdi.
2022 yilda YaIM o‘sish surʼatini 5,9 foizga yetkazish va 2023 yilda 6,2 foiz, 2024 yilda 6,6 foiz 
o‘sishga erishish rejalashtirilgan. 2021 yil yakuni bo‘yicha esa mamlakat YaIM o‘sishi 6,5−7 foiz 
atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda asosiy tarmoqlar kesimida YaIM tarkibi sanoat — 
217,7 trln so‘m, qishloq xo‘jaligi — 207,6 trln so‘m, qurilish — 52,5 trln so‘m, xizmatlar sohasi — 
300,3 trln so‘m miqdorida shakllanishi prognoz qilingan. Asosiy tarmoqlarda kutilayotgan real o‘sish 
miqdori, qurilish — 8,1 foiz, sanoat — 7,0 foiz, xizmatlar sohasi — 6,5 foiz, qishloq xo‘jaligi — 3,1 
foiz bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, mahsulotlar va eksport-import operatsiyalari hisobidan olingan 
sof soliqlar tushumi o‘sishi 7,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda tashqi savdo aylanmasi 46,3 
mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, eksport — 20,2 mlrd dollar, import — 26,1 
mlrd dollar tashkil etadi[12]. 
Rivojlangan davlatlar tajribasiga qo‘shimcha ravishda Bryunney va qisqa muddat ichida 
Singapur iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, 2000-yillardan boshlab, 
Bryunneyda iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyati shtat va sanoatning tadbirkorlik faoliyatini 
faollashtirish edi. Masalan, Bryunney Iqtisodiy Taraqqiyot Maʼmuriyati 2001 yilda isloh qilingan, 
ishlab chiqilgan va qabul qilingan “Vavasan Bruney 2035” ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, 
bir nechta aniqlangan davlat investitsiyalari ishtirokidagi yirik loyiihalar, sanoatni rivojlantirish 
markazlari yaratildi. Bundan tashqari besh yillik rejada, biznesning ustuvor turlarini va eng avvalo 
axborot –kommunakatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari taqqoslash 
uchun barcha ajratmalarning 12,1% shu maqsadlarga yo‘naltirilganligini taʼkidlash kerak. 



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish