Chaqqonlik - turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tug’ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha bo’lib, o‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin - asta murakkab mashqlarga o’tish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy o’yinlar juda qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |