3. Vodorod peroksidining olinishi
a) Probirkaga 5 ml distillangan suv quying va shisha tayoqcha yordamida 4-5 dona natriy peroksiddan qo‘shing. Probirkani krandan oqayotgan suv bilan soviting va ustiga suyul. sulfat kislotasidan kuchsiz kislotali muhitgacha (lakmusda sinang) quying. Eritmani ikki qismga bo‘ling.
Birinchi probirkaga efir ishtirokida K2Cr2O7 eritmasidan qo‘shib, ikkinchisiga esa kraxmal kleysteri ishtirokida kaliy yodid eritmasidan qo‘shib, ularda vodorod peroksid borligini isbotlang.
b) 1 g bariy peroksid poroshogidan oling va shisha tayoqcha bilan aralashtirgan holda muz bilan sovitilgan 5 ml suyul. sulfat kislota bo‘lgan probirkaga oz-ozdan qo‘shing. Bariy sulfat cho‘kmasini filtrlab, ajratib oling. Filtratda vodorod peroksid borligini isbotlang. H2O2 hosil bo‘lish reaksiya tenglamasini yozing.
Metall peroksidlaridan H2O2 olishda sulfat kislotasi qanday vazifani bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |