Vobkent tuman 9-umumta`lim maktab tasviriy san`at va chizmachilik fani o`qituvchisi Farmonova Ranoning



Download 88 Kb.
bet3/3
Sana04.06.2022
Hajmi88 Kb.
#637191
1   2   3
Bog'liq
7-sinflar-uchun-tasviriy-sanat-fanidan-bir-soatlik-dars-ishlanmasi

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

11 daqiqa

4

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni:

  1. G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa

4 daqiqa

Darsning shiori:
“To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,
Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, navbatchini aniqlash, davomat, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e`lon qilish
d) O`rganiladigan BKM larni e`lon qilish:
e) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish
3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik 5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
Yangi mavzu bayoni: O’zbekiston kitob grafikasi san’ati haqida suhbat hamda namunalarini o’rganish

XIX asr oxiridan boshlab, O‘zbekiston me'morlik san'atida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Pishiq gisht keng qo‘llaniladigan bo‘ldi. Qurilishida milliy bezak san'ati Yevropa me'morligi bilan uyg‘unlashtirish harakati boshlandi. Bu jihatdan Buxoro amirining yozgi qarorgohi Sitorai Moxi-Xosa e'tiborga loyiq. Qurilishi Abdulahadxon davrida boshlangan eski saroy va keyingi davrda qurilgan yangi saroy ushbu majmua asosini tashkil etadi. Mahalliy va Yevropa an'anlariga asoslangan bu saroyni qurishga rahbarlik qilgan usta Xo‘ja Hofiz ish boshlashdan avval, rus qurilish san'ati bilan chuqur tanishgan. U qator rus shaharlarida, jumladan, poytaxt Peterburg va Yalta shaharlarida bo‘lgan. Bino qurilishida turli uslublar, jumladan, mumtoz san'at, uyg‘onish davri uslublari ishlatilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Said Olimxon davrida qurilgan yangi saroyda milliy qurilish uslubi va bezagini Yevropa me'morligi an'analariga uyg‘unlashtirishga intilish seziladi. Saroyga kirish darvozaxonasida milliy bezakning koshin uslubidan keng foydalanilgan. Ark va metallar ishlatilishi binoning eklektik jihatini orttirgan. Saroyning mehmonxonasi ham o‘ziga xos. Billur qandillar, kafelli o‘choq (pechka) yog‘och pollar, bagetlar, eshik va romlar xonaga fayz bergan. Ular Markaziy Osiyo me'morlik bezak san'atida yangi jarayonlar shakllana boshlaganligini bildiradi. Saroyning "Oq zali" bezaklari xalq ustasi Usta Shirin Murodov rahbarligida bajarilgan. Bu zal o‘zining yorqin va nafisligi bilan ajralib turadi. Billur va oltindan foydalanib ishlangan qandilli bezak zalga alohida go‘zallik baxsh etgan. Saroyning oshxona qismi deyarli Yevropa uslubida ishlangan. Tunuka, cherepitsa bilan yopilgan xona o‘z ko‘rinishi bilan Yevropa interyerlaridan qolishmaydi. Yotoqxona ham o‘z ko‘rinishi jihatidan Rossiyaning boy xonadonlarini eslatadi. Saroyning bog‘i, u yerdagi hovuz esa Markaziy Osiyo hayotiga xos yaratilgan. O`z davri uchun katta va Markaziy Osiyodagi yagona bu hovuz davr muhiti, estetik qarashlarini namoyish etadi. Hovuz, uning yaqinidagi shiypon, narvon, zina va boshqa bezaklar, me'morlik hajmlari yangi qarashlarni akslantiradi.
Markaziy Osiyo me'morligidagi o‘zgarishlar Xiva xonligida ham ko‘rinadi. Shaharsozlik san'ati Muhammad Rahimxon davrida boshlanib, uning o‘g‘li davrida ravnaq topdi. Binolarni bezash uchun koshinlar tayyorlandi, rassomlar naqqoshlik va bezak ishlarini amalga oshirdilar. Xiva xonligida yog‘och, ganch o‘ymakorligi ham nafislashib bordi.
Shu davrda Xivaning ko‘plab mashhur yodgorliklari qurilishi tugallandi. Qurilgan me'morlik obidalari shahar ko‘rkini ochdi. Darvozalar, karvonsaroylar va madrasalar shahar siluetini belgiladi. Bu yerdagi Pahlavon Mahmud maqbarasi (1810), Tosh hovli (1838) kabi yodgorliklar o‘z bezakdorligi bilan bugun ham kishilarga quvonch baxsh etadi. Ich'an qal'adagi xon qarorgohi va boshqa ma'muriy binolar alohida ajralib turadi. Qal'aning bosh maydonida savdo ishlari olib borilgan, turli yig‘inlar o‘tkazilgan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon (1863-1910), uning o‘g‘li Asfandiyorxon (1910-1918) davrida qurilish ishlari olib borildi, shahar qiyofasida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Xiva bozorlarida Rossiyada ishlangan buyumlarning ko‘payishi, mol ayirboshlash ishlarining keng quloch yoyishi Xiva xonligida yangi hayot boshlayotganligidan dalolat berar edi. Shu davrda qurilgan Islom Xo‘ja minorasi shaharning eng ko‘rkam obidalaridan biridir. Shaharning eng baland va go‘zal bu yodgorligi 1908 yili xon vaziri Islom Xo‘ja tomonidan qurdirilgan. Ustalar Xudoybergan Xo‘ja, Bolta Voisov va Madaminovlar qurilish ishlarini olib borishgan. Bu yillarda shoirlar o‘z asarlarida ozodlik, birodarlik g‘oyalarini kuyladilar, xalqni ma'rifatli bo‘lishiga chaqirdilar. Shunday ma'rifatparvarlar orasida, ayniqsa, Berdaq, va Avaz O‘tar (1884-1919) ijodi diqqatga sazovordir. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk kino san'ati ham Xivada paydo bo‘ldi. Birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov (1877-1940) lentaga tushirgan kichik hajmdagi filmlar bugun ham qiziqish uyg‘otadi. Uning "O‘rta Osiyo me'moriy boyliklari" (1913), "Turkiston ko‘rinishlari" (1916), "Xiva va xivaliklar" (1916) filmlari va 1000 dan ortiq fotosuratlari davrning bebaho hujjati sifatida qimmatlidir.
Qo‘qon xonligi Farg‘ona vodiysidan tashqari, Qozog‘istonning janubiy tomonlari, hozirgi Qirg‘iziston, Tojikiston hududlari, Toshkent vohasini o‘z ichiga olgan edi.
Xonlardan Olimxon (1800-1810). Umarxon (1810-1822), Muhammadali Ma'dalixon (1822-1842) hukmronligi yillarida xonlik chegaralari mustahkamlandi. Toshkent, Chimkent, Sayram yerlari hisobiga xonlik chegaralari kengaydi. Shu davrda ilm-fan rivojlandi. Adabiyot va san'at namoyondalar yetishib chiqdi. Oq masjid (hozirgi Qizil O‘rda), Avliyo ota (Jambul), Peshpek (Bishkek) kabi qator harbiy istehkomlar bunyod qilindi. Ayniqsa xonlik poytaxti Qo‘qon shahrida katta qurilish ishlari amalga oshirildi, masjid madrasalar qad ko‘tardi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Saqlanib qolgan ajoyib koshinlar, sirli sopol buyumlar, o‘ymakor eshiklar shu davr ko‘tarinki ruhini o‘zida aks ettiradi. 1876 yil o‘rtasida Farg‘ona viloyati tashkil etilgandan keyin Qo‘qon shahri viloyat markaziga aylantirildi. Bu markazda shu davr shaharsozligi asosida qurila boshlandi. To‘g‘ri va tekis ko‘chalar, ma'muriy, jamoat binolari bunyod etildi. Bu binolar qurilishida shu davr uslublari qo‘llanildi. Namangan, Andijonda ham yangi davr bilan bog‘liq binolar qad ko‘tardi.
Tasviriy sanat. O‘zbekiston madaniy hayoti rivojida XIX asr o‘rtalaridan boshlab birin-ketin tashkil etila boshlagan bosmaxonalar muhim o‘rin egalladi. Shu davrdan boshlab, turli gazeta, jurnal va kitoblar nashr etildi. Bosmaxonalarning yuzaga kelishi bilan kitobat san'atiga, eng avvalo, grafika san'atiga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu omillar o‘z navbatida, mahalliy ijodkorlarni maydonga keltirdi. Grafika san'ati yangi yo‘nalish va mazmun kasb eta bordi. Mahalliy tillarda kitob, gazeta, ilmiy to‘plam va kalendarlar nashr etilishi bu san'at rivojiga ta'sir ko‘rsatdi. Ilk grafika asarlari o‘ziga xos, sodda va ko‘pincha ular harf va geometrik shakllar kombinatsiyasi, milliy naqshlarning yangi davrga moslab ishlangan variantlari tarzida edi. Nashr qilinayotgan kitoblarga illyustratsiyalar kiritish shakllana bordi. Bu ishlarga mahalliy rassomlar ham ishtirok eta boshladilar.
1908 yili Toshkentda nashr qilingan "Shohnoma", "Farhod va Shirin" kabi kitoblar illyustratsiyalarini Faqir al-haqir Rahmatulla va Rahmatulla ben Mulla Abdushukur, Sa'diyning "Guliston" hamda Go‘ro‘g‘li" dostoniga Sirojiddin Maxsum Siddiqiy illyustratsiyalar ishlangan. Bu illyustratsiyalarda rassomlar mahalliy miniatyura san'ati an'analaridan ham foydalanishga intilishgan. Jumladan, “Go‘ro‘g‘li” dostoniga ishlangan miniatyuralarda Siddiqiy o‘z qahramonlari kayfiyatini realistik talqin etishga harakat qilganligi ko‘rinadi. Rassomlar ba'zi kitoblar uchun esa xorijiy mamlakatlarda chiqqan kitob illyustratsiyalaridan nusxa olib, illyustratsiya ishlashgani shu davrda nashr qilingan "Ming bir kecha" "Ajoyib-g‘aroyiblar”, "Farhod va Shirin" uchun ishlangan illyustratsiyalarda ko‘rinadi. Rus va Yevropa kitob san'ati an'analari ham Markaziy Osiyo san'atiga keng kirib kela boshladi. Jumladan, rus yozuvchisi G.A.Pankratevning rus tilida nashr etilgan "Istoricheskiye pamyatniki g.Samarkanda" (1910) kitobi muqovasiga peshtoqning old ko‘rinishini eslatuvchi shakl ishlanib, uning ichiga kitob nomi va muallif ismi kiritilgan. Bu muqovada rus kitob ishlash grafikasi milliy o‘zbek ornamenti bilan uyg‘unlashgan. Bundan yangi asar namunasi paydo bo‘lgan. Bu davrda nashr etilgan ilmiy kitoblarning ayrimlari ham illyustratsiyalar bilan bezatilgan. Rasmlarning katta qismi realistik xarakterdagi gravyura uslubida bajarilgan. Bu suratlarda Turkiston o‘lkasidagi qushlar, hayvonlar, jonivorlar tasviri, odamlar ko‘rinishi aks ettirilgan. Machit, madrasa, tabiat ko‘rinishlari ham nashr etilgan kitoblarda uchraydi. I.I.Goyerning "Putevoditel po Turkestanu" (1901) kitobida O‘rta Osiyo tabiati, manzara, me'morlik obidalari, hayotiy voqyealarni aks ettiruvchi tasvirlarni uchratamiz.
XIX asr oxiri va XX asr boshlari O‘zbekiston kitob grafikasi avvalo o‘zining uslub rang-barangligi bilan diqqatni jalb qiladi. Ayrim kitob bezaklari va illyus-tratsiyalarida faqat milliy san'at an'analari qo‘llanganligi sezilsa, boshqa birlarida milliy an'ana bilan Yevropa kitob bezak va illyustratsiya ishlash san'atining an'-analari uygunlashganligi ko‘rinadi. Bazilarida esa Yevropa realistik kitob bezagi va illyustratsiyalari o‘zining sof ko‘rinishini namoyon etadi. Bu bejiz emas. Bu Rossiyaning badiiy hayoti bilan munosabatlari mavjudligi, mahalliy ziyolilarning boshqa ilg‘or madaniyatlardan orqada qolmaslikka intilishlari va zamon ruhiga mos asarlar yaratishga xarakat qilish natijasi edi.
XX asr boshlarida rus badiiy madaniyatidagi mavjud ijodiy izlanishlar O‘zbekiston kitob grafikasida ham namoyon bo‘ldi. Buni "Modern" uslubi paydo bo‘lganligida ham ko‘rish mumkin. “O‘rta Osiyo" al'manaxi (1895) shunday nashrlardandir. Geometrik shakl va chiziqlar kombinatsiyasi, murakkab unsurlar hamda buyum va predmetlarni soddalashtirib, geometrik shakllar asosida kompozitsiya yaratishga intilish shu davrda nashr etilgan kitoblar umumiy beza-tilishiga xos xususiyat sanaladi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida grafika san'ati rang-baranglashganligi kitobat san'ati rivojida ham ko‘rinadi. Bu bosqich kitob chiqarish texnologiyasida ham sodir bo‘ldi. Miniatyura ishlash va ko‘chirish, uni ko‘p nusxada nashr etish, shu maqsadda bosma harf va rasm shakllari (kleshe)dan foydalanish texnikasining hayotga kirib kelishi kitobat san'atini rivojlantirdi.
Haykaltaroshlik. Knyaz Romanov saroyi (Toshkent) oldiga o‘rnatilgan hayvonlar haykali (it, kiyik), Mohi-Xosa (Buxoro) eshigi oldidagi sherlar haykali O‘rta Osiyodagi dastlabki haykaltaroshlik yodgorliklardandir. Chunki arab bosqinidan so‘ng (VIII asr) bu yerlarda, umuman, musulmon sharqida haykaltaroshlikning deyarli hamma turlari to‘xtatilgan edi. XIX asr oxirlaridan esa shu sohada ijod qilishga intilish paydo bo‘la boshladi. Masalan, 1886 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada usta To‘xta Sodiq Xo‘jayev alebasterdan yasagan ot va kiyik haykalchasini namoyish etganligi ma'lum.
Rangtasvir. Tasviriy san'atning rangtasvir turi, ayniqsa, uning moybo‘yoq texnikasida asarlar yaratgan mahalliy rassomlar haqida ma'lumotlar kam. Bu san'atning dastlabki namunalarining birinchi mualliflari XIX asr o‘rtalaridan Markaziy Osiyoga kela boshlagan xorijlik rassomlar bo‘ldi. Kelgan rassom va haykaltaroshlar 40 dan ortiq bo‘lib, ularning ayrimlar keyinchalik Markaziy Osiyo hududida ,jumladan, O‘zbekistonda butunlay qolib, uni o‘zlarining ikkinchi vatanlariga aylantirdilar, shu yerda murabbiylik qilib, yevropacha san'at asoslarini mahalliy yoshlarga o‘rgatadilar. XIX asrning o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonda bo‘lgan rassomlar ichida rus rassomlari V.V.Vereshchagin, N.N.Karazin, D.Velejev, Dmitriy Kavkazskiy, R.Zommer, O.Fedchenko, haykaltarosh O.Mikeshin, ukrainalik rassom S.Svetoslavskiy, gruziyalik rassom G.Gabashvili va boshqalar bor. Ular qalam, tush, akvarel va guashda, moybo‘yoq va temperada mavzuli surat , manzara, portretlar yaratdilar. Samarqand, Buxoro, Toshkent kabi qadimiy shaharlar, ularning obidalariga atab, rasmlar ishladilar. Bu rassomlarning ko‘pgina asarlari Yevropa ko‘rgazma zallarida namoyish qilindi, gazeta va jurnallarda, ilmiy kitob va risolalarda chop etildi. Bu rasmlarning katta qismi etnografik xarakterda bo‘lib, ularda tasvirni real ishlashga intilish yetakchi o‘rinni egallaydi. Kelgan rassomlarni yangi o‘lka odamlarining ko‘rinishi, kiyinishi, yashash sharoiti, atrof-muhit, me'morchilik obidalari, xalq san'ati va hunarmandchilik namunalari qiziqtirgan. Rassomlar ularni iloji boricha dokumental aniqlikda, har bir buyumni butun borlig‘i bilan tasvirlashga harakat qilishgan. Ular uchun naturadan rasm ishlash asosiy uslub bo‘lgan.
V.V.Vereshchagin (1842-1904). Markaziy Osiyoga rus harbiy qo‘shinlari bilan birga kelib, harbiy janglarda qatnashgan. Bo‘sh vaqtlarida moybo‘yoq va qalamda rasmlar ishlagan. Bu rasmlar asosida Vereshchaginning "Turkiston" turkum asarlari yaratilgan. Undagi 345 tadan ortiq turli chizgi.etyud va yirik asarlar (kartinalar)larni to‘rt guruhga ajratish mumkin: O‘rta Osiyolik odamlar, me'moriy obidalar va xalq amaliy san'ati, san'ati ko‘rinishlzri, xalq hayoti va turmush tarzi hamda urf odatlari va nihoyat, jang voqyealari bilan bog‘liq yirik kompozitsiyalar. Rassom o‘rta osiyolik odamlarga bag‘ishlagan asarlarida mahalliy aholining kiyinishi, ko‘rinishini ko‘rsatish bilan chegaralanmay, ularning ruhiy kechinmalarini ham haqqoniy tasvirlashga harakat qilgan (“Tojik yigiti", "Qashqarli yigit" kabi). ."Ko‘knorixo‘rlar", "Zindonda", "Qul savdosi" va boshqa asarlarida mavjud tuzumdagi illatlarni aks ettiradi. "Amir Temur maqbarasi eshigi oldida", "Shohi Zinda" kabi asarlarida Sharqning boy amaliy san'ati va me'morlik yodgorliklarini mahorat bilan tasvirlagan. Rassomning "Jang tantanasi" kompozitsiyasi ham mashhur. Unda cho‘ldagi jangdan yodgorlik bo‘lib qolgan odam kalla suyagidan tashkil topgan do‘nglik va uning atrofida yurgan qora qarg`ayu quzg`unlar parvozi aks ettirilgan. Rasmning hoshiyalangan yog‘och ramkasi yuzasiga muallif "O‘tgan, o‘tayotgan va keladigan bosqinchi jangarilarga" deb yozib qo‘ygan.
O‘rta Osiyo tabiati, me'morlik obidalari, odamlarining turmush tarzi va xatti-harakatini rassom D.V.Velejev (1841-1897) o‘ziga xos grafik asarlarida aks ettirdi. Ekspeditsiya bilan kelgan bu rassomning chizgan rasmlari asosan kitob illyustratsiyalar uchun xizmat qilgan. Rassomning qator rasmlari, qalamsuratlari Toshkentga bag‘ishlangan. Ularda Toshkentdagi ko‘cha va hovlilar, machit va madrasalar, qo‘rg‘on, shahar chekkasi bevosita naturaning o‘zidan ishlangan. Rassomning asarlari o‘zining kompozitsion yechimi, nozik tovlanishi hamda hayotiy lavhalarning kompozisiyaga o‘rinli kiritilishi bilan esda qoladi ("Beklar begi madrasasi", "Baland machit", "Eski shahar ko‘chasi", "Eski Toshkent ko‘chasi", "Eski Toshkentdagi hovli" va boshqalar, hammasi 1860 yillarda ishlangan)). O‘zbekistonga kelgan yozuvchi, rassom, sayyoh N.N.Karazin (1842-1908) sermahsul ijod qilgan.
U 1868 yili Xivaga qilgan safari paytida rus qo‘shinlarining yurishiga bag‘ishlab, qalamchizgilar ishladi. Ocherklar yozib, ularga illyustratsiyalar chizdi. 1874 yili esa Amudaryo ekspeditsiyasida bo‘lib, Termezdan Orolgacha safar taassurotlari rasmini yaratdi. Amudaryo sohili ko‘rinishlarining 34 ta tasvirini akvarelda bajardi. "Amudaryodagi qayiqcha" shunday asarlaridandir. Bulardan tashqari, rassom moybo‘yoqda rus bosqiniga atab, bir qator yirik polotnolar ishladi. O‘rta Osiyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ("Sahroni o‘zlashtirish", "Sahroni o‘zlashtirgandan keyin", "Poyezd bilan musobaqa" kabi) ni asarlarida aks ettirdi. Moybo‘yoqda rus jangchilarining O‘rta Osiyodagi "jangovor" yurishlariga bag‘ishlab kompozitsiyalar, polotnolar yaratdi. O‘rta Osiyo tabiati, me'morligi haqida gravyura asarlari qoldirdi. Uning asarlari akademik yo`nalishida ishlangan. Markaziy Osiyoga rassomlardan tashqari, haykaltaroshlar ham tashrif buyurishgan. Shunday haykaltaroshlardan biri Mikeshin Mixail Osipovich (1835-1898) edi. U rus badiiy akademiyasida ta'lim olgan. Novgoroddagi "Rossiyaning ming yilligi" (1862), Peterburgdagi "Yekatirina II" (1873), Kiyevdagi "Bogdan Xmelnitskiy" (1870-88) yodgorliklarning muallifidir. Uning ijodi XIX asr ikkinchi yarmidagi akademiyasiga yaqin. XIX asr oxirlarida O‘zbekistonda bo‘lgan kezlarida qalam va akvarelda suratlar ishladi. Shulardan ayrimlari O‘zbekiston san'at muzeyida saqlanadi. Bu asarlarda me'moriy yodgorliklar, ularning vayronalarini aks ettirilgan ("Buxoro yaqinidagi yodgorlik",1887). Mikeshin O‘zbekistonda (Turkistonda) bo‘lganida rus bosqinchilari xotirasiga atab, yodgorlik yasagan.
XX asr boshlarida O‘zbekistonga kelgan rassomlar safi yanada ko‘paygan. Bular orasida N.Kuznetsov, K.S.Petrov-Vodkin, A.V.Isupov, S.Yudin, I.Kazakov va boshqalar bo‘lgan. Badiiy hayot, ayniqsa, gubernatorlik markazi Toshkentda jonlangan. Bu yerda yashagan ijodkorlar Peterburg va Moskva badiiy hayotidagi yangiliklarni o‘z faoliyatlariga tadbiq etishga harakat qilishi rang-barang oqim va yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu tufayli demokratik san'at an'analariga sodiq san'atkorlar bilan g‘arb usullari asosida ijod qilish ishtiyoqidagi ijodkorlar o‘rtasida musobaqa avj oldi. Ko‘rgazmalar uyushtirildi, rassomlik to‘garaklari tashkil etildi, dastlabki muzeylar ochiddi. Albatga, O‘rta Osiyodagi bu badiiy hayot rus madaniyatining bir qismi sifatida mavjud edi.
Lekin toma-toma ko‘l bo‘lur deganlaridek, rassomlarning mahalliy xalq oldida borliq tasvirini, ayniqsa, jonli narsalarni, do‘zax jazosidan qo‘rqmay ishlashlari mutaassib dindorlar obro‘si pasaytirdi, soxta diniy ko‘rsatmalarga ishonchsizlik tug‘dirdi. An'anaviy xalq san'ati mumtoz meros bilan birga, yangi jahon san'ati va madaniyati turlari rivojlana bordi. Ayniqsa Yevropa san'ati ta'siri bunda salmoqli bo‘ldi. Bu paytga kelib, XIX asr ikkinchi yarmi va oxirlarida shu yerda tug‘ilganlar ham rassom sifatida san'at maydonida ko‘rina boshladilar. Jumladan, farg‘onalik rassom Aleksandr Nikolayevich Volkov va Petr Maksimovich Nikiforov samarqandlik rassom Lev Leonardovich Bure va boshqalar badiiy hayotda ishtirok eta boshladilar. Mahalliy rassomlar ichida buxorolik Ahmad Donish, qo‘qonlik musavvir Xoji Nosir Muhammad Shokirboyni e'tirof etish lozim. Ayniqsa,yozuvchi, shoir, rassom, xattot sifatida tanilgan Ahmad Donish (1827-1887) ijodini alohida qayd etish mumkin. U Rossiya shaharlarida bo‘lib, yangicha hayotni ko‘rdi. Shuning uchun voqyelikka yan-gicha qarash tuyg‘usi bilan yashadi va ijod qildi. Uning bu qarashlari ilmiy risolalarida, mo‘'jaz rasmlarida o‘z ifo-dasini topdi. Donishning mo‘'jaz rasmlarida voqyelikni o‘ziga aynan o‘xshatishga intilish yaqin va uzoqdagi buyumlarning katta va kichik tasvirlanishida bilinadi. Donish Yevropa san'atini qiziqib o‘rgangan. Uning "Majnun sahroda", "Rassom va shoir" kabi qator miniatyuralarida Yevropa realistik san'ati an'analari ta'siri sezildi. Bu uning ishlanish uslubida, mavzu yechimida ko‘rinadi. Qo‘qonlik Shokirboy miniatyuralarini shu san'atning tushkunlik davri namunasi sifatida e'tirof etish mumkin.

Ko`rildi:


O`quv ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari F.Maqsudova















Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish