Ro'yxatga olish raqami 274-317
UDK 539.12-13
BBK 22.383
Taqrizchilar: O'zRFA akademigi, O'zMU fizika fakulteti "Yadro fizikasi’’ kafcdrasi
protessori, fizika - matematika fanlari doktori
T.M. Muminov
O'zMU fizika fakultcti “Yadro lizikasi" kafedrasi professori, fizika - matematika fanlari doktori
I. Xolbacv
O'zRFA akad O.S Sodiqov noimdagi Bioorganik kunyo insti-tuti. biologiya fanlari doktori
Sh.S. Xushmalov
O'zRFA Yadro fizikasi instituti “Yadroviy tibbiyot" laboratoriyasi mudiri, fizika - matematika fanlari nomzodi, katta tlmiy xodim
G‘.A. Oulahdullacv.
©
ISBN 978-9943-4887-5-5
VNESHINVESTPROM, 2019klRISH
Yadro fizikasi fani atom yadrosining tuzilishi. xususiyati va unda yuz beradigan jarayonlar haqidagi fandir. Yadro fizikasi sohasida qo'yilgan birinchi qadam 1896 yilda A. Bckkerel tomo-nidan radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bo'ldi. Ushbu kashfiyotdan keyin radioaktivlik hodisasi bo'yicha ketma-ket kashfiyotlar qilindi, yangi radioaktiv izotoplar kashf etildi.
Atom yadrosi to'g'risida birinchi ma'lumot 1911 yilda
E. Rezerford tomonidan taklif etilgan atomning yadro modelida berildi. Bu modelga asosan atom markazida juda kichik o'lchamli (-10" 12 sm) musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida nisbatan katta masofada (-10"* sm) joylashgan elektronlardan iboratdir. Elektron-ning massasi juda ham kichik bo'lgani sababli, atomning deyarlik butun massasi yadroda to'plangan bo'ladi. Shunday qilib, “Yadro fizikasi” fani dunyoga kelgan sana 1911 yil deb aytish mumkin.
Yadro fizikasining keyingi rivojlanishi va uning yutuqlarini turli sohalarga qo'llash natijasida yangi fan - amaliy yadro fizikasi paydo bo'ldi.
Ainaliy yadro fizikasi fani yadro fizikasining muhim yutuq-larini amalda, ya'ni: fan va texnikada, tibbiyotda, sanoatning turli sohalarida qo'llashdan iborat. Amaliy yadro fizikaning asosiy mo-hiyati shundan iboratki. bunda yadro fizikasining yutuqlari asosida modda, atrof-muhit ob'ektlari, texnologik jarayonlarning turli xususiyatlarini nazorat va tadqiq qilish uchun yadro-fizikaviy metodlar, asbob va uskunalar ishlab chiqish. yaratish va qo'llashdan iborat.
Hozirgi kunda ushbu fan jadal rivojlanib borayotgan amaliy fanlardan biridir. Ushbu fan bir necha yo'nalishlarga bo'linib ketadi. Shulaming ichida eng muhimlari aktivatsion tahlil, dozimetriya, nurlanishlarning moddalar bilan o'zaro ta'siri, yadro energetikasi, yadro tibbiyoti va yadro ekologiyalari hisoblanadi. Bu yo'nalishlardan tashqari mazkur fan asosida yangi yo'nalish - yadro texnologiyalari deb nomlangan yo'nalish ham vujudga keldi. Mazkur kitobda aktivatsion tahlil, dozimetriya va nurlanishlaming modda-lar bilan o'zaro ta'siri yo'nalishlariga asosiy e'tibor berilgan. Qisman yadro tibbiyoti haqida ham muhim ma'lumotlar beradigan mavzular va tushunchalar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |