Vizual til bu biz vizual belgilar orqali aloqa qilish g'oyasi



Download 45,12 Kb.
bet5/9
Sana22.01.2022
Hajmi45,12 Kb.
#401450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dizayn

DIZAYN SAN’ATI.

Dizayn san’ati - bu buyumlarni yaratish jarayoni bo‘lib, u juda kata tarixga ega. San’atning turli tarixning borishi mobaynida buyumlarning qiyofasi va to‘zilishi o‘zgarib boradi, holbuki anashu buyumlarni tayrlovchilar, xunarmandlar hamisha an’nalarga bo‘ysunar edilar. Mahorat avloddan-avlodga ^oTadan o‘g‘ilga o‘gildan naveraga o‘tib keladi. Buyumlarni tayyorlash usuli bilan birga ularning formalari ham meros bo‘lib o‘tardi. Ular qadim zamonlarda konuniylashtirilgan edi. Shunga qaramasdan ayni bir xil buyumlar vaqt o‘tishi bilan butunlay boshqacha ko‘rinishga boshqacha to‘zilishga ega bo‘lib borardi. Shu sababdan ham bizni qurshab olgan buyumlarning ko‘pchiligi o‘zining kadimiy tarixiga ega edi. Biz o‘zimiz uchun odatdagi buyumlar bo‘lgan bir qator ro‘zg‘or buyumlarini qadimgi Misr yodgorliklari bo‘yicha bilamiz. Bizdan g‘oyat o‘zoq davrlardagi bu ajoyib svilizatsiya buyumlar tarixida alohida o‘rin tutadi.

Qadimgi Misrda kishilarning jasadi bilan birga buyumlarning ham ko‘mish odati biz o‘zoq avlodlarga yordam berdi. Mazkur buyumlar vafot etgan kishilarning narigi dunyodagi hayoti uchun mo‘ljallangan edi. Misrning qumli to‘prog‘i va quruq iqlimi

buyumlarning yaxshi saqlanib qolishiga imkon bergan*

G R Ye S I Ya.

Eramizdan oldingi 5 asrga kelib o‘tmishning Yana bir boshqa buyuk tsivilizatsiyasi-antik davr Gretsiyaning gullab yashnashi boshlandi. Oq suyak Afinaliklarning uy-joyini oddiygina tarashlangan toshdan qilingan devorlari oxak Bilan oqlanardi. Kichik-kichik xonalarda ustiga choyshab yopilgan o‘rin-to‘shak, stul kursilar, sandiqlar bo‘lardi. Bir nechta chiroyli ko‘zachalar bo‘lar, devorlarga qurol osib qo‘yilar, oddiy moychiroq va manqal uyning bezagi boru-yo‘g‘i manna shundan iborat edi. Lekin jamoat binolarining qurilishiga kelganda xech kanday chiqimlar Bilan xisoblashishmadi. Afinaning markazidagi tepalikda mashhur Parfedon qad ko‘tardi, uning ustiga Afina shahrining homiysi Palladaning ulkan haykali bunyod etildi. Bu to‘qqiz metrli haykal qimmatbaho toshlar, fil suyagi, oltin bilan bezatildi. Kichik shaharcha o‘z teatri, stadioni, qasr va yig‘ilishlar hamdasavdo qilinadigan joyi-ag*ra bor edi.

Asosan misrliklardan o‘zlashtirib olingan buyumlar faqat eng oldingi namunalardagina o‘z ajdodlariga o‘xshashlik saqlab qolingan edi. Arxaik relefdagi kreslolar misr hukumdorlarining taxtlarini eslatib turadi. Faqat buyumlarning o‘zi o‘zgarib qolmay, ularning vazifasi, roli,ularga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi.

O’sha davrdagi Grek arxitektura inshootlari kabi kundalik ro‘zgor buyumini ham greklar konsruktiv tafakko‘rining o‘ziga xos modeli deb qarash mumkin.

Mebel va idishlar, pardoz ashyolari vam musiqa asboblarining har biri o‘z negizida Amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ma’lum maksadga xizmat kilgan. Dongi ketgan rassomlar mayda plastika bilan shug‘ullanganlar, ro‘zgor keramikasini esa ko‘lda mohir gul soluvchilar bezaganlar. Greklar uchun barcha ko‘zga ko‘rinib turgan narsalar muhim va zarur bo‘lgan, chunki buyumlar olami yaxlit va uzviy tarzda idrok etilgan. Bu hol faqat ornamentikaga asoslanib qolmay, shu Bilan birga logika va konstruktivlikka, plastika va buyumning uzviyligiga bo‘lgan umumiy munosabatga asoslangan edi.

R I M.


Rim davlati o‘z hayotini taxminan eramizdan oldingi 6-asrda boshlagan. Rimliklarning Markaziy Yevropani, Shimoliy Afrikani, yaqin Sharkni zabt qilishi o‘zi bilan birga turli halklar ta’sirini ular turmushi, dinlari, san’ati ta’sirini olib keldi. Lekin Rimning madaniy hayotida greklar albatta alohida o‘rin tutadi. Qadimgi Rimning ijtimoiy turmushini tashkil etishda biz hozirgi kunda «muhitni funktsional hal kilish» deb ataydigan narsalar Bilan birinchi bor duch kelamiz.

Rimliklarning uy-joy jixozlari ancha soda edi. Manqallar kizdirilgan kumir bilan isitilar, yoritish moyli yoritgichlarni ayamay yoqishga asoslangan edi. Lekin shunga karamay bularning hammasida ko‘pgina texnik yangiliklar bor edi. Oshxona idishlari yaxshi o‘ylab qurilgan edi. Ular o‘zining shakli va barcha detallari bilan juda maqsadga muvofik edi. Ana shunday oshxona idishlaridan hozir ham foydalanish mumkin.

..Shunisi xarakterliki, buyumlarning xillari ozroq bulmasa ham ayni bir xil va xammasiga ma’lum bo‘lgan buyumlarning sxemalariga turli badiiy liboslar kiydirishardi. Rimliklar o‘z buyumlari-mebel, anjomlarni (xuddi arxitektor kabi) ochik bezatishardi. Buyumning ustki qoplamasi, tashki qobigi ba’zan juda oddiy asosni yopib turardi. Yogoch asosning yuzasi brvnza listlari bilan, kumush nakladka, fil suyagi Bilan, brvnza rama esa sirtdan qimmatbaho metal Bilan bezatilardi. Buyumning chinakkam materiali ko‘rinmasdi, xar holda rimliklar bunga befarq qarar edilar. Lekin ular tugallagag‘g foydali funktsional hajmga burtrma skulpturalar yoki arxitektura fragmentini dadillik Bilan o‘rnatib quyishardi. Ba’zan zo‘r skulpturali hashamlarga qiziqish nazarimizda nixoyatda beqiyos edi. Stolning marmardan o‘yib ishlangan tayanchi hayvon oyog‘ining shakliga ega bo‘lishi mumkin edi.

Bir naqsh to‘rining boshqasiga, o‘simlikning odam qiyofasiga, odam kiyofasining arxitektura detaliga o‘tish devorga naqsh solishda ham qabul qilingan. Buyum tiplarning o‘zi va ular sxemalarining barqarorligi ajoyib edi.

Buyumlarning belgili vazifasi harbiy texnika buyumlariga maneoziy obrazli munosabatni hamvujudga keltirgan.

Rim quldorlik davlati Antik tsivilizatsiyasining so‘ngi bo‘g‘ini edi. Bu yerda buyumlar, olamiga va hozirgi zamonning moddiy muhitni tashkil etishda asosiy negiz yaratilgan edi. Bu ayniqsa maishiy soxada-shahar va ayrim uy-joylar miqyosida ko‘zga tashlanardi. Shundan keyingi asrslar mobaynida uylar va ularning anjomlari, mebel va asboblar qdnchalik o‘zgarib ketgan bo‘lmasin, ularning ko‘plari o‘zining uzoq ajdodlari-antik hunarmandlar tomonidan ishlangan buyumlarning avlodlari bo‘lib keldi va shunday bo‘lib kfshoqtsa.




Download 45,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish