15-asrning 60-yillari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-asrgacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham bor edi. 4—6-asrlarda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi. - 15-asrning 60-yillari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-asrgacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham bor edi. 4—6-asrlarda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi.
- Sharqiy Rim imperiyasi (395—1453) — 395-yilda Theodosius Ining oʻlimidan Rim imperiyasining gʻrbiy va sharqiy qismlarga boʻlinib ketishidan yuzaga kelgan davlat. Boʻlinishdan sakson yil oʻtgach G'arbiy Rim imperiyasi yoʻq boʻlib ketib, Vizantiyani Qadimgi Rimning tarixiy, madaniy va tamadduniy davomchisi sifatida qoldirdi.
- „Rim“ va „Vizantiya“ni ajratish zamonaviy rasm sanalsada, boʻlinish muddatini aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi. Shunga qaramasdan bir nechta muhim sanalar mavjud. 285-yilda imperator Diocletian Rim imperiyasi boshqaruvini gʻarbiy va sharqiy boʻlaklarga ajratdi. 324-330-yillar orasida imperator Constantine I asosiy poytaxtni RimdanKonstantinopolga koʻchirdi. Shahar „Konstantinopol“ („Constantine shahri“) yoki „Nova Roma“ („Yangi Rim“)ga aylandi.{{#tag:ref|The first instance of the designation "New Rome" in an official document is found in the canons of the First Council of Constantinople (381), where it is used to justify the claim that the patriarchal seat of Constantinople is second only to that of Rome. Imperator Theodosius I davrida nasroniylik imperiyaning davlat diniga aylandi. Boʻlinishning ohirgi davri imperator Heraclius hukmronligida yangi imperiyada yangi harbiy va boshqaruv tuzilishlarini joriy etib, lotin tili oʻrniga yunon tilini davlat tiliga oʻzgartirgach boshlandi.Andoza:Sfnm Bu oʻzgarishlarning sababi Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikadagi koʻplab yunon tilida soʻzlashmaydigan hududlar kuchayib borayotgan Arab xalifaligi tomonidan bosib olinib, imperiya faqat yunon hudularidan iborat boʻlib qolayotganligi edi. Shunday qilib Vizantiya qadimgi Rimdan lotin madaniyati oʻrniga yunon madaniyatiga va Rim butparastligidan pravoslaviega oʻtganligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |