Vitaminlar va ma’danli moddalar



Download 36,26 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi36,26 Kb.
#592445
  1   2
Bog'liq
Vitaminlar va ma’danli moddalar

Vitaminlar va ma’danli moddalar




Reja:



  1. Vitaminlarning nomlanishi, tabiiy manbalari

  2. Vitaminlarning nomlanishi

Vitaminlarning ilmiy tarifi ilk bor Angliyada ishlab yurgan polyak olimi K.Funk tomonidan 1911 yilda e'lon qilinsada, ularning mavjudligini tajriba yo‘li bilan ancha oldin, aniqrog‘i 1880 yili rus tadqiqotchisi N.Lunin aniqlagan. Uning tajribalarida bir guruh sichqonlar tabiiy sut bilan, ikkinchi gurux esa toza oqsil, yog’, uglevod va mineral moddalardan iborat “sun'iy” sut bilan boqilganda, ma'lum vaqt o‘tishi bilan ikkinchi guruh hayvonlari ozib-to’zib birin-ketin o’lib ketishgan. Birinchi guruh sichqonlari esa qo‘shimcha ovqat berilmasa ham bemalol yashayverishgan. U o’zining “Hayvonlar ovqatlanishida noorganik tuzlarning ahamiyati” nomli doktorlik dissertatsiyasida hayvon hayotini faqat oqsil, yog‘, uglevod hamda mineral moddalar bilan saqlab qolib bo‘lmasligi buning uchun ovqat tarkibida yana qandaydir tiriklik uchun muhim bo‘lgan moddalar bo‘lishi zarur degan haqli xulosaga keladi. Lekin peterburglik yosh vrachning ushbu fikriga o‘z vaqtida tegishli e'tibor berilmadi. Faqat 1897 yili gollandiyalik X.Eykman po‘sti tozalangan guruch bilan ovqatlanib ksal bo‘lgan tovuqlar hamda odamlar tozalanmagan guruch iste'mol qilganida shifo topganini aniqladi. Bu tajribalardan u guruch kepagida beriberi (falaj) kasalligini davolaydigan omil bor degan xulosaga keladi.


1907 yili Norvegiya olimlari Xoleyst va Fryolik hamda ingliz kimyogari F.Gopkinslar N.Lunin va X.Eykman tajribalarini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazishdi. K.Funkning xizmati shundan iborat bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib guruch kepagida beri-beri kasalligini davolaydigan maxsus modda kristalini ajratib oldi va uni “vitamin” deb atashni taklif qildi. “Vitamin” deganda dastlab hayot aminlari, ya'ni lotincha “vita”–hayot, “amin”–tarkibida azot moddasi bor kimyoviy guruh tushunilgan hamda bu atama fanga va xalq orasiga keng ma'noga singib ketgan. Keyinchalik topilgan bar qator vitaminlar tarkibida azot bo‘lmasa ham, baribir vitaminlar deb atalgan.
1929 yili F. Gopkins va K.Funklarga vitaminlar borasida olib borgan ishlari uchun halqaro Nobel mukofoti berildi.
Tirik vujudlarning hamma turlari ham vitaminlarga muhtoj emas, masalan o’simliklar va ko’pgina bakteriyalar vitaminsiz hayot kechiraveradi. Ayrim vitaminlar hayvon tanasida sintezlash xususiyatiga ega, masalan S vitamini kalamushlarda hosil bo‘ladi va shuning uchun ular singa kasalligi bilan og‘rimaydi. Odam va maymunlarda esa u sintezlanmagani uchun, ovqat bilan tegishli miqdorda doimiy ravishda qabul qilib turilmasa ular bu kasalikka chalinadi. U yoki bu vitaminlar bo‘lmasligidan yuzaga keladigan kasalliklar “avitaminozlar” deb yuritiladi. Barcha vitaminlarga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlardan biri shuki, ular quvvat manbai va hujayra hamda to‘qimalar hosil bo‘lishi uchun plastik material bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Vitaminlarni o‘rganishda ularning fiziologik xususiyati yoki kimyoviy tarkibiga ko‘ra guruhlarga ajratish qiyin. Shuning uchun ularni eruvchanlik xususiyatiga qarab yog‘da (A, D, E, K vitaminlar) va suvda eruvchi (B vitaminlar kompleksi, C va P vitaminlar) vitaminlarga bo‘ladilar. Hozirgi paytda hayvonlarda va odamlarda vitamin tabiatiga ega, lekin ayrim xususiyatlari bilan ulardan farq qiladigan (masalan, ularning avitaminozlari noma'lum) biologik faol moddalar ham topilgan, ular vitaminsimon moddalar deyiladi (xolin, lipoat kislota, inozit, karnitin, linolat, linolenat kislotalar, ubixinon, pangamat kislota va boshqalar). ko‘pgina vitaminlar fermentlarning faol qismi tarkibiga kiradi va ular kofermentlar (vitamin hosilalari) deb yuritiladi.
Jadvallarda vitaminlarning nomlanishi va tabiiy manbalari hamda ularga bo‘lgan o‘rtacha sutkalik talab me'yorlarini keltirilgan. Vitaminlarni tasniflashda ta'kidlaganimizdek, ularning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham vitaminlarni biridan ikkinchisini ajratishda tegishli nomenklaturaga asoslaniladi. Vitaminlar nomenklaturasi (nomlanishi) uch xil, ya'ni lotin harflari asosida, kimyoviy (halqaro) nomlanishi va ularning fiziologik ta'sir etish xususiyatiga ko‘ra berilgan.

Download 36,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish