A vitamini manbalari
Uning ozuqaviy manbalari bu baliq va jonivorlarning jigari, sariyog, qaymoq, pishloq, tuxum sarigi, baliq yogidir. Osimlik mahsulotlarida uning provitamin korinishi, yani karotin korinishida mavjuddir. A provitamini (beta-karotin) mavjud mahsulotlar odatda sabzi rang bolib, qizil yoki sariq ham bolishi mumkin. Demak bular, sabzi, pomidor, qovoq, orik, ryabina, oblepixa, namatakdir. Bu mahsulotlar organizmning A vitaminiga bolgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa osimlik yoglar tarkibida boladi. Bundan tashqari sabzi, pomidor, kokat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar va reza mevalarda ham mavjud. Karotin yogda yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog, qaymoq yoki smetana bilan istemol qilgan maqul.
Do'stlaringiz bilan baham: |