Viruslar va ularning tuzilishi, tarqalishi, ko’payishi


Ko’k yashil suv o’tlari (Cyanophyta) bo’limi



Download 5,81 Mb.
bet4/4
Sana06.02.2023
Hajmi5,81 Mb.
#908332
1   2   3   4
Bog'liq
Viruslar va Bakteriyalarning tuzilishi, tarqalishi va ko’k–yashil suv o’tlar

Ko’k yashil suv o’tlari (Cyanophyta) bo’limi.

Ko’k-yashil suv o’tlari o’simliklar dunyosining eng qadimiy vakillaridan hisoblanadi. Ular rangining ko’k-yashil bo’lganligi sababli shunday nom olgan. Lekin mazkur suv o’tlarining rangi ko’pincha qoramtir, to’q ko’kimtir, zaytun ko’k rangda ham bo’ladi. Hujayrasi odatda mayda, silindrik, yumaloq, bochkasimon va boshqa shakllarda. Uning ayrim hujayralari yoki trixomlar deb ataluvchi tuplami odatda shilimliklashgan jild bilan uralgan. Bunday jild goxo aniq kurinishli bulsa, goxida aniq kurinmaydi. Jildning massasi asosan pektin moddasidan iborat bo’lib, hujayra kobigini shilimshiklanishi yoki protoplazmaning ingichka poralari orqali hujayra tashqarisiga ajratib chikariladigan chikindidan vujudga keladi. Ko’pchilik turlarda trixomalar bittadan yoki bir nechtadan bo’lib ancha kattik gemitsellyuloza yoki sellyulozadan iborat kin urab turadi. Hujayra kobigi ancha murakkab tuzilgan. U pektin moddalaridan tashkil topgan tashki va ichki tomondan membrana bilan ta’minlangan. Bu esa hujayra pustining uch kabatli ekanligi tug‘risida fikr yuritishni takozo qiladi. Tashki membrana tulkinsimon harakterda bo’lib pustning alohida nuktalari bilan birlashadi va poralar yordamida ichki membrana bilan boglik turadi.


Ko’k-yashil suv o’tlar protoplazmasida optik ravishda ustki rangli xromotoplazma bilan ichki rangsiz sentroplazma (markaziy tana) yakkol ajralib turadi. Xromotoplazma murakkab submikroskop tO’zilmaga ega va uning asosiy elementlari pigment tashuvchi buqilgan plastidlar va ularni ajratuvchi katlam sitoplazmadan iborat. Bu lyamellyar tO’zilma ancha murakkab bo’lgan o’simliklarning xromotoforiga uxshash, ammo ulardan pigmentlarning tuzilishini individuallashganligi bilan fark qiladi. Ko’k -yashil suv o’tlarda rangli hosilalarni cheklaydigan maxsus membrana yo’q bulishi bilan birga xromotoplazma asta -sekin rangsiz sentroplazmaga almashinadi. Ko’k - yashil suv o’tlarning pigmentatsiyasiga xlorofil «A» asosiy rol uynaydi. Yashil pigment karotinoidlardan iborat bo’lib, ular orasida ksantinlar bor. Oqsil maxsuli xisoblangan fikobilin pigmenti ayniqsa ko’k yashil suv o’tlari uchun juda xarakterlidir.
Sentroplazma tarkibida nuklein kislotalari (DNK va RNK) borligi aniqlangan va ular donachalar yoki tayoqchalardan iborat bo’lgan tudalar shaklida joylashgan.
Bu tanachalar tuplami hujayraning xromidial apparatini tashkil etadi. Ayrim ma’lumotlarga karaganda bo’linish paytida ipsimon strukturalar soni xromosomalar singari ikki marta ortadi. Sentroplazmani yadroning fiziologik ekvivalenti sifatida karash mumkin. Faqat uning haqiqiy yadrodan farki shundaki, sentroplazma plazmaning boshqa bo’linishidan ajratib turuvchi membrana ham, yadrocha ham yo’q. Ko’k -yashil suv o’tlari protoplastining bunday tuzilishi organoidlarga differensiyalashgan hujayraga ega bulmagan qadimiy organizmlarning tuzilishiga uxshash bo’lib, reliktlar sifatida karaladi.
Ko’k - yashil suv o’tlarning hujayrasida markaziy vakuola bo’lmaydi, faqat karib, ulayotgan hujayralarda vakuolizatsiya boshlanadi. Plazmaning O’zi kuyuk va kuruk muxit sharoitida tarkibidagi suvni yo’qotish va yogingarchilik paytida kayta tiklash kobilyatiga ega.
Xromotoplazmada zapas oziq modda sifatida yod ta’sirida qo’ngir tusga kiruvchi polisaharid va metill spirti ta’sirida xavorang tusga kiruvchi fosforga hamda shakarga boy volyutin modda tuplanadi.
Ko’k -yashil suv o’tlarning hujayrasi ko’pincha koloniyalar va iplar shaklida ayrim xollarda yakka ravishda uchraydi. Koloniyada aftidan har bir hujayra fiziologik jihatdan mustakil organizm hisoblanadi.
Ko’k- yashil suv o’tlarda jinsiy jarayon ko’zatilmaydi. Ko’payishi aksariyat suv o’tlarda vegetativ yul bilan boradi. Bir hujayrali ko’k-yashil suv o’tlarda bu jarayon oddiy bo’linish yuli bilan, koloniyali vakillarida koloniyaning parchalanishi, ipsimon vakillarida esa, iplarning bir necha bulakka bo’linishi yuli bilan sodir bo’ladi. Koloniyaning vegetativ ko’payish xizmatini bajaradigan qismi- gormogoniya deb yuritiladi. Ipsimon ko’k- yashil suv o’tlarning usishi hujayralarning bo’linishi xisobida sodir bo’ladi. Jinssiz ko’payganda oddiy hujayralardan kalin pust bilan uralgan sporalar vujudga keladi. Ular zapas oziqa moddalarga boy bo’lib, sporalarni tinim davrini utuvchi hujayralar sifatida karash mumkin. Xuddi shunday holda ko’k- yashil suv o’tlarning tabiatda 1400ga yakin turi tarqalgan.
Ko’k - yashil suv o’tlarning xarakterli vakillaridan biri ossillyatoriya (Oscillatoria) hisoblanadi. Uning vegetitativ tanasi shoxlanmaydigan ip shaklida bo’lib, sporalar hosil qilmaydi. Iplar siljish yuli bilan harakatlanish kobilyatiga ega. Mazkur o’tlarning shilimshik moddaga boyigan holda yashaydigan plastinka yoki yostik shaklidagi vakillaridan yana biri nostoq (Nostoc) dir. Uning ipsimon koloniyasi yumaloq shar shaklidagi hujayralarning bir nechtasining birlashishidan tashkil topgan. Ko’k- yashil suv o’tlarning har xil turlari plankton va bentos holda har xil chuchuk suv xavzalarida, kullarda va dengizlarda uchraydi. Ular ko’pchilik organik chikindilar bilan ifloslangan joylarda keng tarqalgan tayyor organik moddalardan oziqa sifatida foydalanadi. Plankton holda uchraydigan ko’k- yashil suv o’tlarning ko’pchiligi suv gullashiga sabab bo’ladi. Qizil dengizda ham Vaqti -Vaqti bilan ko’k- yashil suv o’tlarni dengiz suvining ayrim uchastkalarida yoppasiga tarkalib, qizil doglar hosil qilganligi sababli shu nomni olgan. Ko’k- yashil suv o’tlarning nostoq va boshqa bir qancha vakillari zamburug’lar bilan simbioz holda yashab lishayniklarni hosil qiladi. Ular ayrim sodda tuzilgan hayvonlarda ham topilgan. Ko’k- yashil suv o’tlarning koldiklari proterozoy, balki arxey erasidan, ya’ni 1, 5 - 2, 5 mlrd. Yildan beri ma’lum. Shunga ko’ra bu organizm yer yuzining eng qadimiy o’simliklari hisoblanadi.




    1. nostoq; 2- tolipotriks; 3- anabena



Har bir xlamidomonada alohida yashil rangli plastinkadan iborat hujayradir. Ularning harakati xlamidomonada uchidan chiqib turuvchi ikkita sitoplazmatik xivchinlar yordamida sodir bo‘ladi. Hujayra oval shaklda, oxirida oq rangli ikkita xivchin chiqib turuvchi tumshuqchasi mavjud.


Uning plastidasi (xromotofor) likopcha shaklida, perinoidli. Protoplazma, yadro, qizil ko‘z va ikkita vakuolasi ko‘rinib turadi. Xlami-domonadaning jinssiz ko‘payishi oddiy bo‘li-nish yo‘li bilan sodir bo‘lib, xlamidomonasi ichida ko‘p sonli zoosporalar shakllanadi. Bu zoosporalar koloniya shaklida shilimshiq massada to‘planadi. Shundan so‘ng zoospo-ralar koloniyadan chiqib, xarakat holatiga o‘tadi .
Yashash muhiti o‘zgarishi, suvning kamayishi bilan xivchinini yo‘qotib qalin po‘st bilan qoplanadi, ya’ni palmelloid holatga o‘tadi. Jinsiy jarayon izo-, getero- va oogamiya yo‘llari orqali sodir bo‘ladi. Kopulyatsiya qiladigan gametalarni tayyor preparatda kuzatish mumkin .



Tashqi ko`rinishi jihatidan sodda tuzilgan ko`k-yashil suvo`tlar tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ancha moslashuvchandir. Shuning uchun ham ularni chuchuk va sho`r suvlarda, tuproqlarda va uning yuzasida, qoyalarda, qorlarda hamda qaynar buloqlarda uchratish mumkin.


Markaziy Osiyo cho`llarida ko`k-yashil suvo`tlar tuproq hosil bo`lishi jarayonlarida qatnashadi. Ular atmosferadagi erkin azotni o`zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yaponiya va Xitoyda nostoqning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi.
Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish