Virtual qabulxonasi haqida Har bir tuman va shaharda Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi


Har bir tuman va shaharda Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi



Download 0,55 Mb.
bet4/4
Sana24.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#698817
1   2   3   4
Bog'liq
Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida 10 list

Har bir tuman va shaharda Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi

Shavkat Mirziyoyev har bir tuman va shaharda Prezidentning Xalq qabulxonasini ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Hujjat O‘zA tomonidan e’lon qilindi.
Farmonda qayd etilishicha, sentyabr so‘ngida ochilgan bosh vazir virtual qabulxonasiqisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo‘lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yo‘l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda.
Ayni paytda, farmonda keltirilishicha, virtual qabulxona faoliyati “davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi”.
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etish ko‘zda tutilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) esa O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko‘rsatadi.
Quyidagilar Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon — murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;

  • fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;

  • Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

  • Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;

  • jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;

  • Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.

Farmonga ko‘ra, Prezident devoni tarkibiy tuzilmasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tuziladi. Xizmat zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:

  • murojaatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

  • Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek ularning faoliyatini me’yoriy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;

  • davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini, shu jumladan joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish orqali nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

  • Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan, shuningdek tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;

  • mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

  • murojaatlarga asos bo‘lgan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o‘tkazish;

  • murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Xalq qabulxonalari kadrlar tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek ma’naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan shakllantirish, to‘ldirish va mustahkamlab borish;

  • davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam axborot berib borish;

  • murojaatlar bilan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etish.

Barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O‘zbekiston Prezidenti devonining xodimlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda tuzilayotgan Xalq qabulxonalari faoliyatini tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Farmonda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlarga:

  • jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etiladigan qabullarini muntazam o‘tkazib borish;

  • har oyda Xizmatga murojaatlar bilan ishlashga oid, shu jumladan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonadan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlashga oid o‘z hisobotini taqdim etib borish vazifasi yuklatildi.

Davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan javobgarlik xususida qat’iy ogohlantiriladi.
Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripovga bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta’minlash topshirildi. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri va Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev zimmasiga yuklatildi


Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini


Unda jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlar taqdim etilmoqda
Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish yuzasidan barcha imkoniyatlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi bo‘lgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi. Prezident virtual qabulxonasiga o‘tgan qisqa davrda 1 million 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.
Bu, bir tomondan, xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchi tobora oshib borayotganidan dalolat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalanish darajasi yuksalib borayotgani, odamlar yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan o‘z kundalik hayotida to‘g‘ri va maqsadli foydalana olayotganini ko‘rsatmoqda.
Albatta, hayot bir joyda to‘xtab turmaydi. Ayniqsa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi shiddatli davrda ko‘zlangan maqsadlarga erishish yo‘lida ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanish aholiga yangi va qo‘shimcha qulayliklarni yaratish imkonini beradi. Shu ma’noda, o‘tgan davrda murojaatlar bilan ishlash tizimida to‘plangan katta tajriba va o‘tkazilgan chuqur tahlillar, fuqarolarimizning bu boradagi fikr-mulohazalari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda virtual qabulxona dasturiy tizimini yanada takomillashtirish ustida ish olib borildi. Binobarin, 2017-yil 11-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunida ham murojaatchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan edi.
Shular asosida Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqildi va 1- fevral kuni test rejimida ishga tushiriladi. Sayt manzili o‘zgarmagan – pm.gov.uz.
Bunda «pm» qisqartmasi – «Prezidentga murojaat» tarzida talqin qilinadi.
Murojaat yuborish shakli ham o‘zgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish, pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to‘ldirish orqali yoxud Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yuborish mumkin. Virtual qabulxonaning takomillashtirilgan talqinida joriy qilingan asosiy yangiliklar esa quyidagilardan iborat:
Fuqaro virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin
Prezident virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi o‘z xohishiga ko‘ra, shaxsiy kabinet ochishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqarolik pasportida ko‘rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak. Bu – murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash (elektron guvohnoma) imkoniyati bo‘lib, katta qulaylik yaratadi.
«Fuqarolarning shaxsiy kabineti» modulidan ko‘zlangan maqsad – fuqarolarga virtual qabulxona tizimida ishlashda maksimal qulaylik yaratish, muayyan shaxsning murojaati bilan bog‘liq barcha yozishmalarni bir joyda jamlashdan iborat.
Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan ma’lumotlarda (ism-familiya, tug‘ilgan yili, yashash manzili va hokazo) turli xatoliklar uchrab turardi. Natijada, deylik, ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelinardi. Murojaatchi bilib-bilmay o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ysa, tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi. Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami, murojaatchining to‘liq ism-sharifi, manzili, mobil telefon raqamini bazaga kiritib, izlash kerak edi. Shaxsning barcha yozishmasini bir joyda ko‘rishning iloji yo‘q edi. Murojaatchilar esa bir masaladagi turli murojaatlari va ularga yo‘llangan javoblarni, odatda, qog‘ozga chop etilgan holatda saqlaydi. Bularning barchasi murojaatchilar uchun ham, murojaatlar bilan ishlashda ham noqulaylik, ortiqcha vaqt va kuch sarflashni taqozo qilib kelayotgan edi.
Shu paytgacha murojaatchilar yangi murojaat yuborishda personal ma’lumotlarni takroran kiritishi lozim edi. Endi murojaatchi o‘z shaxsiy kabinetiga kirib, personal ma’lumotlarni bir marta kiritsa, bo‘ldi – keyingi barcha amallarni bajarishda shu ma’lumotlar tizimga avtomatik yuklanib boraveradi. Murojaat yuborish uchun har safar personal ma’lumotlarni yangidan kiritishga zarurat qolmaydi. O‘z navbatida, ariza, shikoyat va takliflarning fuqarolar shaxsiy pasport ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi murojaatchilar shaxsini aniqlash ishonchliligini ta’minlaydi. Shaxsiy kabinet orqali shaxsning davlat organlari bilan bo‘lib o‘tgan barcha yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) bir joyda, qulay tartibda jamlanadi va kerakli murojaat javobini izlab topish osonlashadi.
Ko‘p beriladigan savollarga batafsil javoblar
Virtual qabulxonada «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limi tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad murojaatchiga o‘zini qiziqtirgan savolga rasmiy murojaat qilmasdan ham javob olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Tahlillar fuqarolarimiz tomonidan muayyan soha yoki mavzu yuzasidan umumiy xarakterdagi huquqiy axborot va maslahat olish uchun ham murojaat yuborish holatlari ko‘p ekanini ko‘rsatmoqda. Ular kerakli ma’lumotni olish uchun ma’lum muddat kutishiga to‘g‘ri kelgan, davlat organlari esa ayni bir mazmundagi javob talab qiluvchi ko‘p sonli murojaatlarga alohida javob yuborishga majbur bo‘layotgan edi. Shu munosabat bilan fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish natijasida ko‘p berilgan savollar aniqlab olinib, ularning javoblari oddiy va tushunarli tilda ifodalanib, maxsus bo‘limda jamlandi. Bunda uy-joy, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va bank faoliyati, ishlab chiqarish, sertifikatlash va litsenziyalash, veterinariya xizmatlari, soliqlar va jarimalar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, transportga oid va huquqiy masalalar, ta’lim, fan va madaniyat, mehnat va aholi bandligi, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa turli masalalariga oid savollarga javoblar mavjud. Kerakli savolga javobni kalit so‘zlar yordamida izlab topish imkoniyati ham yaratilgan. Maxsus statistika moduli orqali qaysi savollarning javobi eng ko‘p o‘qilganini tahlil qilish mumkin. Eng ko‘p tanishib chiqilgan mavzu avtomatik ravishda yuqori pog‘onaga ko‘tarilib boraveradi. Yangi bo‘lim murojaatchini qiziqtirgan savol ko‘p beriladigan savollar sirasiga kirsa va uning javobi ma’lum bo‘lsa, uni murojaat yo‘llamasdan ham topish imkonini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish mumkin
Virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo‘lgan shaklda turli muammo va masalalar bo‘yicha malakali yuridik yordam berilishini ta’minlovchi «Onlayn maslahatchi» moduli yaratildi. Bu modul «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limi bilan hamohanglikda ishlaydi. Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borishi va mazkur xizmat shu yil 15-fevraldan boshlab test rejimida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etadi. Fuqarolar hayotda uchraydigan turli-tuman masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat ko‘rib chiqilib, javobi murojaatchiga etib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi.
«Onlayn maslahatchi» xizmati virtual qabulxona orqali savol yuborib, onlayn rejimda yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Endilikda u yoki bu masala bo‘yicha huquqiy axborot olish uchun bir necha kun javob xati kelishini kutish zarurati qolmaydi. Bu o‘z navbatida, portalda ro‘yxatga olinayotgan, faqat huquqiy ma’lumot olish nazarda tutilgan murojaatlar soni qisqarishiga, davlat organlarida boshqa turdagi murojaatlar bilan ishlash sifati oshishiga xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy ma’lumot olishga bo‘lgan ehtiyojlari tezkor ravishda ta’minlanishiga erishiladi. “Onlayn maslahatchi” moduli orqali ko‘p beriladigan savollar muntazam tahlil qilinib, shu asosda “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limi to‘ldirib boriladi.
Davlat organlari rahbarlariga Prezident virtual qabulxonasi orqali ham murojaat yo‘llash mumkin
«Vazirlik va idoralar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari va ularga murojaat yuborish» moduli joriy qilindi. Bu bilan pm.gov.uz manzilida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari yagona bazada joylashtirildi, ya’ni, davlat organlari rahbarlarining fuqarolar qabuliga doir ma’lumotlar – qabul kunlari, vaqti, tegishli telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, davlat organining manzili haqidagi ma’lumot bir joyda jamlandi. Ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan masala uchun qaysi davlat organi mas’ul ekani borasida yetarli bilimga ega bo‘lmaydi. Shu bois, mazkur modulda alohida «Funksiya va vazifalar» bo‘limi tashkil etilib, davlat organlarining qonun hujjatlariga muvofiq funksiya va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Hozir turli bo‘g‘indagi rahbarlarning virtual qabulxonalariga murojaat yo‘llash shakllari turlicha bo‘lib, ularning rasmiy veb-saytlarida bu haqda e’lon qilingan, biroq ularni izlab topishda noqulayliklar mavjud. Shundan kelib chiqib, fuqarolarga portal bazasida o‘z murojaatlarini bevosita tegishli davlat organlariga yuborish imkoniyatini taqdim etish maqsadida davlat organlari rahbarlarining shaxsiy virtual qabulxonasiga murojaat yo‘llash shakllari bir joyga jamlandi. E’tiborli jihati shundaki, bunday yo‘sinda yo‘llangan murojaatlar bilan ishlash jarayoni ham doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin
«Xalq qabulxonalari manzillari» bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishlari mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo‘ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko‘rsatilgan.
Mahallangizni ko‘rsating va muammolar yechimiga hissa qo‘shing
Virtual qabulxonaning yangi talqinida fuqaro murojaat yuborish jarayonida o‘zi istiqomat qilayotgan mahallani ham ko‘rsatib o‘tishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu muammoga yechim topish darajasini yanada oshiradi. Shu yo‘l bilan murojaatda ko‘tarilgan muammo muayyan hududdagi qaysi sektorga taalluqli ekani aniqlanadi. Ayni paytda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hududida qanday muammolar mavjud ekanini onlayn tahlil qilish, ularni kompleks hal etish uchun yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar, «yo‘l xarita»lari ishlab chiqish imkoniyatlari kengayadi.
Ta’qib bo‘lsa, tezkor xabar berish mumkin
Virtual qabulxonadagi yana bir yangilik – murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida «Ta’qib haqida xabar» moduli joriy qilingani bo‘ldi. Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli ta’qibga uchraydigan bo‘lsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda ko‘rib chiqiladi.
Murojaat va mas’uliyat
Endi portalda fuqarolar o‘z murojaatini yuborishdan avval murojaat yuborish qoidalari bilan tanishgani va bu borada qonunda belgilangan mas’uliyati to‘g‘risida xabardor ekanini tasdiqlovchi belgi qo‘yadi. Bu murojaatchilarning ham mas’uliyatini oshirishga, murojaat madaniyatini yuksaltirishga turtki beradi. Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki umuman mavjud bo‘lmagan telefon raqamini ko‘rsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi. Har bir murojaatni ko‘rib chiqish muayyan vaqt va resurslarni talab qilishini, aniq maqsadsiz murojaat uchun sarflangan vaqtni boshqa asosli ariza yoki shikoyat ustida ishlashga yo‘naltirgan holda muammoni hal qilish fuqarolar uchun ham, jamiyatimiz uchun ham har tomonlama foydali ekanidan kelib chiqib, yangi tizimda mobil telefon raqamini tasdiqlash mexanizmi joriy etildi.
Bunda murojaatchi maxsus murojaat shakliga o‘z mobil telefoni raqamini kiritadi. Shundan keyin murojaatchining mobil telefoniga bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Natijada ham murojaat aniqligi va ishonchliligi ortadi, ham mobil telefon raqami tasdiqlanadi. Bu barcha davlat organlarining virtual qabulxonalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Shu paytgacha fuqarolar va tadbirkorlar o‘z murojaatlari ko‘rib chiqilishining joriy holatini istalgan vaqtda bazaga maxsus raqamni kiritish yo‘li bilan tekshirib ko‘rish imkoniyatidan foydalanib kelayotgan edi. Yangi talqindagi tizimda murojaatning qabul qilingani va nazoratdan yechilgani to‘g‘risida tasdiqlangan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yangiliklardan xabardor bo‘lib boring
Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.
Bir so‘z bilan aytganda, virtual qabulxonaning yangi talqini jismoniy va yuridik shaxslarga samarali axborot, interaktiv xizmatlarni taqdim etish bilan birga, fuqarolarning davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi darajasi oshishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan manbalalar:
Internet ma’lumotlar:

  1. http://dd.gov.uz/uz/news/463

  2. http://www.xabar.uz/uz/tag/xalq-qabulxonalari

  3. https://www.gazeta.uz/oz/2016/12/28/qabulxona

  4. http://xs.uz/uz/post/dxm

  5. https://kun.uz/uz/news/2019/02/20/xalq-qabulxonalari-faoliyati-bilan-bogliq-nizomlar-tasdiqlandi

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish