Виртуал музейлар ва уларнинг аҳамияти. Амалий



Download 21,87 Kb.
Sana02.05.2021
Hajmi21,87 Kb.
#63511
Bog'liq
9 amaliy TFI





Виртуал музейлар ва уларнинг аҳамияти.

Амалий

  1. Муайян виртуал музей яратиш лойиҳасини ишлаб чиқиш.

  2. Ўзбекистонда виртуал музейларни яратиш бўйича шахсий таклифларни баён этинг.

Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar ko‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo bo‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt — muzeylar paydo bo‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bo‘lgan. Biroq barcha rasm to‘plamlari ham virtual muzey bo‘la olmaydi. Virtual muzeylarning to‘plamlari ikkita o‘ziga xos xarakteristikaga ega bo‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bo‘lib, virtual muzeylarning afzalligini ko‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bo‘lgan.

Virtual muzeylar nafaqat madaniy — ma’rifiy muassasasigina bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi ko‘rgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Chunki virtual muzeylar real muzeylardan farqi o‘qituvchi yordamisiz o‘quvchilar mustaqil o‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bo‘ladi. Virtual muzeylardan foydalanish o‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi.

«Virtual ekskursiyalar» — real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, o‘quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda u real hayotda ko‘ra olmaydigan muzeylarga ham sayohat qila oladi. O‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish o‘qituvchining yordami va ko‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa o‘quv dasturlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday tarzda o‘quv ishlarini tashkil etish samarali hisoblanadi.

Virtual muzeyni yaratishda quyidagi maqsadlarga erishishga alohida e’tibor qaratish lozim:

  • Arxeologik materiallarni elektron (foto, video) variantga ko‘chirib o‘tkazish.

  • Muzey materiallari bilan ishlashda o‘quvchilarni izlanuvchilik faoliyatiga jalb etish.

  • Audiovizuallik tavsifida muzey materiallari asosida videoroliklar tayyorlash.

Mazkur maqsad bilan bog‘liqlikda quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilishi lozimi:

  • Izlanishga doir: arxeologik materiallar bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga tavsif yozish.

  • Amaliy: materiallarni foto ko‘rinishida formatlash, lavhalar tayyorlash, videoroliklar yaratish.

  • Tatbiqiy: yaratilgan lavhalardan ZiyoNET portalida veb-sahifa yaratish, DVD-disklarga yozish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommalashtirish.

[

  • Arxeologik yodgorliklar manzilgohlari.

  • Arxeologik topilmalar.

  • Arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan qidiruvlar.

  • Arxeolog olimlar.

«Arxeologiya» virtual muzeyidan barcha sinflarning tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari hamda tarix, ma’naviyat asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi, Vatan tuyg‘usi, tabiatshunoslik, geografiya darslari jarayonida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. «Arxeologiya» virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik ketma-ketlikka asoslanilishi lozim:

  • O‘quvchilarga axborotlarni taqdim etish: o‘quvchilarni virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari mashg‘ulotlar jarayonida virtual muzeyga o‘quvchilarning sayohatlarini tashkil etildi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirishi;

  • O‘quvchilarni faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog‘liqlikda virtual muzeyga sayohat amalga oshirib bo‘linganidan so‘ng o‘quvchilarga o‘z taassurotlarini bayon, insho, esse, taqdimot, loyiha ko‘rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratilishi lozim.

Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda:

  • O‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi.

  • Mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada ko‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi.

  • O‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil fikrlashini shakllantirish samaradorligi ortadi.

  • O‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi.

Download 21,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish