BUXORO VILOYATI BANDLIK BOSH BOSHQARMASI
BUXORO SHAHAR AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH MARKAZI
|
200100, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, H.T.Buxoriy ko’chasi 28 uy, Telefon/ Fax: (+998 65) 221-24-06, 221-25-27
|
|
www.mehnat.uz e-mail: BuxshBKM@inbox.uz
|
№ _____________ “_____”____________20___yil
Buxoro shahar Afrosiyob ko’chasi 236-uyda yashovchi Sh.Qodirovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida maʼlumotingiz oliy Buxoro Muxandislik Texnologiyalari Institutining “oziq-ovqat texnologiyalari” mutaxassisligiga ega ekanligingizni bildirdingiz.
Sizga Buxoro shahridagi korxona va tashkilotlar taqdim etgan oʼzining boʼsh (vakant) ish oʼrinlari toʼgʼrisidagi axborot-hisoboti tanishtirilib, quyidagi; viloyat Patalogik Аnatomiya byurosida “texnika xavfsizligi boʼyicha muhandis” (oylik maoshi 1.0 mln 192 ming soʼm), Olimpiya zaxiralari sport kollejida “muhandis” (oylik maoshi 1.0 mln 217 ming soʼm) kabi boʼsh ish oʼrinlari taklif qilinganda, mazkur korxona va tashkilotlardagi oylik maoshi Sizni qanoatlantirmaganligini bildirib, rad qildingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: N.Sobirov
Tel: 221-25-27
Buxoro viloyat
Bandlik bosh boshqarmasiga
Shofirkon tumani Xorkash MFY Navaboshi qishlog’ida yashovchi fuqaro Xakimov Dilshod Bozor o’g’lining Buxoro viloyat hokimi B.K.Zaripovga ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaati markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, fuqaro D.Xakimov bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumoti o’rta-maxsus Buxoro Politexnika kollejining “elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalariga xizmat ko’rsatish” mutaxassisligi bo’yicha tugatganligini shuningdek Buxoro shahar 32-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi ekanligini bildirdi.
Fuqaro D.Xakimov joriy yil 09 fevral kunidan buyon Hududiy elektr tarmoqlari AJda “navbatchi elektromontyor” vazifasida ishlab kelayotganligini hamda ishga muxtoj emasligini bildirdi.
O’rganishda yig’ilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Ilova___varaqda.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Karimova
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |