Transporti
Transport yoʻlilarning uzunligi 138 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uzunligi 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon shaharlari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon–Koʻqon, Namangan–Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan–Toshkent, Namangan–Margʻilon–Fargʻona, Namangan– Andijon, Namangan–Qoʻqon–Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uzunligi 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati havo transportining rivojlanishi 1941-yilda aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984-yilda zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahri bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi.
Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport
2000/2001 oʻquv yilida viloyatda 671 umumiy taʼlim maktabi (493,4 ming oʻquvchi), 19 ta litsey, 6 maxsus maktab-internat, 3 ta akademik litsey (1350 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi.
Viloyatdagi 3 ta oliy oʻquv yurti (Namangan universiteti, Namangan muxandislik-texnologiya va Namangan muhandislik-qurilish institutlari)da 11 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi (2001). 1999–2001-yillar mobaynida barcha qulayliklarga ega boʻlgan jami 28 kasb-hunar kolleji (18 ming 875 oʻquvchiga moʻljallangan) hamda 2 akademik litsey (1500 oʻrin) bunyod etildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyat oʻquvchilari Respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida muntazam qatnashmoqdalar. Xalqaro AKSELS tanlovida gʻolib chiqib xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytayotgan oʻquvchilar soni ham ortib bormoqda. AQShning oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan AKSELS tanlovida Namangan viloyatidan 40 oʻquvchi ishtirok etdi. Viloyatda 2 ta (Namangan oʻlkashu-noslik va Pop arxeologik) muzey, 1 markaziy, 409 jamoat kutubxonasi (1 mln. nusxadan ortiq asar), 162 madaniyat uyi, 8 madaniyat va istirohat bogʻi, 5 teatr (shu jumladan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri) bor. Viloyat teatr sahnalarida Oʻzbekiston xalq artistlari R. Hamroyev, M. Azizova, S Rahmonov, M. Mansurov, M. Ubaydullayev, X. Oxunova, Oʻ. Nuraliyev, K. Rahimovlar; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: M. Dadaboyev, A. Raximov, A. Tojiboyeva, M. Isomiddinov, T. Saydullayevlar samarali ijod qildilar (2001-yilda teatr binosi rekonstruksiya qilindi).
Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chuyet shaharlarida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqariladi, doʻppidoʻzlik, kashtachilik bilan shugʻullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar toʻ-qiladi. Chust badiiy buyumlar fabrikasi bor. Sogʻliqni saqlash. Namangan viloyatida 11 650 oʻrinli 115 kasalxona, 250 dan ortiq dorixona, Respublika shoshi-linch tibbiy yordam markazining fi-liali, kuniga 30 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega boʻlgan 256 ambulatoriya-poliklinika muassasasi ishlab turibdi. Namangan viloyatida oʻtgan 10 yil mobaynida 104 qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 oʻrinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurib bit-kazildi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat koʻp tarmoqli kasalxonasi, viloyat kardiologiya markazi, oʻsma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yuqumli kasalliklar kasalxonalari foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot instituti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda respublika Salomatlik institutlarining viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha "Somom avlod" dasturi asosida 2000-yildan boshlab "Delfin", "Viktor" va boshqa zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan "Ona va bola" skrining markazi ishlab turibdi. 6 sanatoriy (jumladan, "Chortoq", "Gulshan", "Kosonsoy"), Koʻksaroy dam olish zonasi mavjud.
Sport
Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, chim ustida xokkey, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat turlari boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoq-dalar. Namangan viloyatini Oʻzbekiston Super ligasidagi bahslarda "Navbahor" futbol klubi doimiy ishtirok etib kelmoqda. Namanganda markaziy stadioni(20 mingdan ziyod oʻrinli), shuningdek, 28 stadion, "Pahlavon", "Dinamo", "Alpomish", "Sogʻlom avlod" sport majmualari, 22 su-zish havzasi, 54 tennis korti, 1 velotrek, 2 otchopar, 473 sport zali, 305 otish tiri, 571 basketbol, 1754 voleybol, 375 qoʻl toʻpi, 422 kichik va 563 katta futbol maydon va maydonchalari bor. 590 mingdan ziyod kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Ularning 260 ming nafaridan ortigi oʻsmirlar. Namangan dovrugini oshirgan va anʼanaga aylangan "Universiada-2000" tadbiri katta umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Shaxmat, charm toʻp buyicha Osiyo, jahon chempionatlari, saralash musobaqalari, tennischilarning "Buyuk ipak yoʻli", "Satellit", "Fyuchers" kabi turlarining oʻtkazilishi Namanganni dunyoga yana ham kengroq tanitdi. Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi "Navbahor" stadioni, "Doʻstlik" tennis majmuasi, "Yoshlik" suzish havzasi, Namangan shahridagi "Paxlavon", "Alpomish", "Dinamo" sport majmualari, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi "Kurash" majmuasi kabi sport inshootlarida xalqaro mavqedagi sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. Namangan viloyatida 15 xalqaro toifadagi sport ustasi, 900 dan or-tiq sport ustasi, 2400 sport ustaligiga nomzod, 5000 dan ziyod 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 200 dan ortiq sportchisi Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolaridir. Namangan viloyatidan 2000-yilda boks boʻyicha respublika chempioni, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqa sovrindorlari yetishib chiqdi. Namanganda oʻtkazilgan 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida belbogʻli kurashchilarning 5-Xalqaro birinchiligida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston. Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belarus, Rossiya, Hindiston va Turkiya sportchilari ishtirok etdi. "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarida oʻquvchitalabalar faolligi tobora oshib bormoqda. 2000-yilgi Universiadada Namangan viloyati sportchilari birinchi oʻrinni olishdi. 2001-yil "Barkamol avlod" musobaqalarida Fargʻonada 2-oʻrinni, 2002-yil Far-gʻonada oʻtkazilgan "Umid nihollari" musobaqalarida faxriy uchinchi urinni egalladi. "Alpomish", "Barchinoy" testlariga 500 mingga yaqin oʻquvchi, 30 mingga yaqin talaba, ishchixizmatchi jalb qilindi. Kattalikda respublikada 2-oʻrinda turgan (36 ming oʻrinlik) "Navbahor" stadioni negizida maxsus futbol maktabi, "Olimpiya zaxiralari" sport maktabida basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi boʻyicha sportchilar tayyorlanmoqda. Namanganda "Gulbahor" ayollar futbol jamoasi faoliyati ravnaq topayapti. Toshbuloqlik yosh karatechi Doston Turgʻunov AQShda "Atlanta kubogi" sovrini musobaqalarida ishtirok etib, birinchilikni qoʻlga kiritib, oltin medal bilan qaytdi. Stol tennisi boʻyicha Sevara Qodirova 1999-yilda Shvetsiyada oʻtgan jahon yoshlar chem-pionatida jahon chempioni boʻddi. Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida Olga Son 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni, yozgi biatlondan Mu-habbat Kandakova Yevropa ochiq chempionati gʻolibi, erkin kurash boʻyicha Rustam Mamajonov Osiyo kubogini, shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster Saidali Yoʻldoshev Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibligini, boks boʻyicha Toʻlashboy Doniyorov xalqaro musobakalar gʻolibligini, aka-uka Baxtiyor va Shuhrat Bozorovlar kurash boʻyicha Oʻzbekistonning bir necha bor mutlaq gʻolibligini va xalqaro turnirlar gʻoliblari unvonini, aka-uka Joʻra va Mutalli Mamajonovlar karate boʻyicha AQSH va Vengriyada oʻtgan xalqaro turnirlar gʻolibligini qoʻlga kiritdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |