Tohir Malik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
|
|
Tohir Malik
|
Hobilov Tohir Abdumalikovich
|
Tavallud sanasi:
|
27-dekabr, 1946-yil
|
Tavallud joyi:
|
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi
|
Fuqarolik:
|
Sovet Ittifoqi, Oʻzbekiston
|
Kasb:
|
yozuvchi
|
Yoʻnalish:
|
Nasr
|
Janr:
|
Detektiv, ilmiy fantastika, tarixiy asarlar
|
Magnum opus:
|
Shaytanat
|
Mukofot:
|
Maorif fidoyisi va Oʻzbekiston xalq yozuvchisi unvonlari, Doʻstlik ordeni,
|
Tohir Malik rasmiy sayti
|
Tohir Malik (asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich) — taniqli oʻzbek yozuvchisi. Oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi. „Doʻstlik“ ordeni va „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvoni sohibi.
Mundarija
[yashirish]
1Tarjimai holi
2Faoliyati
3Asarlari
4Mukofotlari
5Asarlari
6Serial
7Adabiyotlar
8Tohir Malik internetda
9Manbalar
Tarjimai holi[tahrir]
1946-yilning 27-dekabrida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduzi qurilishda ishlarida qatnashgan. 1966-yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
Barcha tengdoshlari singari u ham urushdan keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirgan. Oilada besh farzand boʻlib Tohir Malik eng kenja farzand boʻlgan. Tohir maktabga bormay turiboq, dars tayyorlab oʻtirgan akalari va opalari yonida savodni oʻzlashtirgan. Ukasining kitobga boʻlgan ixlosini sezgan akalari unga — Mard yigit ertaklar toʻplamini sovgʻa qilishadi va ushbu kitobni hozirga qadar eʼzozlab saqlashini aytgan. Taniqli oʻzbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning togʻasi boʻlib, uni 1949-yilda "xalq dushmani" degan tuhmat bilan qamoqqa olishadi. Bu haqida adibning oʻzi ushbu soʻzlarni aytgan[1]:
|
Kechasi uygʻonib ketib qarasam, ayam rahmatli qora chiroq nurida doʻppi tikib oʻtiribdilar. Qoʻllari ishda-yu, koʻzlarida yosh. "Nega yigʻlayapsiz?" deb soʻradim. Javob bermadilar. Sababini oradan yillar oʻtib bildim. Togʻamning "xalk dushmani" emasligi maʻlum boʻlib, "oqlanib" chiqqanlarida ikkinchi sinfda oʻqirdim. Dastlabki mashqlarim oʻshanda boshlangan. Ammo yozganlarimni talabchan togʻamga koʻrsatishga choʻchir edim.
|
|
Dastlabki hikoyasi 1960-yilda Gulxan jurnalida chop etiladi[2]. 1963-yilda Tohir Malik Toshkent Davlat Univeritetining kechki jurnalistika boʻlimiga oʻqishga kirib, kunduzi qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishlay boshlaydi. U ijodga doir mashqlarni davom ettirrib, togʻasining:
"Oʻzing yaxshi bilmagan narsani yozma", "Boshqalar yurgan yoʻldan yurma, oʻz yoʻlingni top"
degan ikki oʻgitiga hamisha amal kilgan. Bolalarga atab yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini oʻrgangan Tohir Malik keyinchalik oʻzbek adabiyotida kam eʼtibor berilgan fantastika janriga qoʻl uradi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Uning talabalik yillari yozilgan Hikmat afandining oʻlimi asari oʻzbek adabiyotining fantastika yoʻnalishida yaratilgan birinchi qissa hisoblanadi. Yozuvchining bir qator asarlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Soʻnggi oʻq asari asosida yetti qismli, Shaytanat asari asosida yigirma qismli badiiy fil’m suratga olinib, namoyish etilgan[3].
Faoliyati[tahrir]
Do'stlaringiz bilan baham: |