Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Download 35,02 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi35,02 Kb.
#470113
Bog'liq
Sellyuloza


Sellyuloza
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Sellyuloza (frans. cellulose, lot. cellula — hujayra) - angidro-Bglyukozalarning elementar zvenolaridan tuzilgan polisaxarid: (S6N5O5)l; poli-1,4 p-D-glyukopiranozil- D-glyukopironozadan iborat. Sellyuloza makromolekulalarida angidroglyukoza zvenolari bilan bir qatorda boshqa monosaxarid (geksozalar va pentozalar) hamda uron kislota boʻlishi mumkin. Sellyuloza, asosan, baʼzi oʻsimlik urugʻlari tukida, mas, chigit tukida (97—98%), yoyuchda (40—50%, quruq modda hisobida), kanop poya tolasi, oʻsimlik qobigʻining ichki qatlami (mas, zigʻir, ramida 80—90%, jutda 75% va h.k.), bir yillik oʻsimlik poyalari (qamish, makkajoʻxori, boshoqli oʻsimlik, kungaboqar)da 30—40% boʻladi. Toza holdagi Sellyuloza taʼmsiz, tolasimon oq modda.
Sellyuloza tabiiy materiallardan S. boʻlmagan komponentlarni parchalovchi yoki erituvchi reagentlar taʼsir ettirib ajratib olinadi. Sellyulozani ajratib olish usuli oʻsimlik materialining tarkibi va tuzilishiga bogʻliq. Paxta tolasidan S.ni olishda yumshoq usul qoʻllanadi. Paxta tolasi oʻyuvchi natriy (IaON)ning 1,5—3% li eritmasi bilan 3—10 atm. bosimda 3-6 soat qaynatilib, oksidlovchilar bilan oqartiriladi. Mol. m. kichik boʻlgan polisaxaridlar (pentozanlar, geksozanlar, uron kislota), yogʻ va mum eritmaga oʻtadi.
Sellyulozani yogʻochdan ajratib olishda (yogʻochda 40—50% S., 5—10% geksozanlar, 10— 20% pentozanlar, 20—30% lignin, 2—5% smola va boshqa aralashmalar boʻlib, ular murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlganligi uchun) murakkab ishlov berish usuli yogʻoch tarashalarini sulfitli yoki sulfatli qaynatish usuli qoʻllanadi. Sulfitli qaynatish usuli yuqori sifatli qogʻoz va karton tayyorlashda, sulfatli qaynatish usuli esa buklamali (gofrirli) karton, qop qogʻozi tayyorlashda qoʻllanadi.
Sellyuloza oq rangli tolali material, zichligi 1,52—1,54 g/sm3 (20°da). Kimyoviy tabiatiga koʻra, Sellyuloza koʻp atomli spirtdir. Makromolekula elementar zvenosida gidroksil guruhi boʻlganligidan S. ishqoriy metallar va asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. S.ga konsentrlangan ishqor eritmasi taʼsir ettirilganda kimyoviy reaksiyalar bilan bir qatorda fizik-kimyoviy jarayonlar ham kechadi, yaʼni Sellyuloza boʻkadi. Sellyulozaning konsentrlangan NaOH eritmasi bilan reaksiyaga kirishishidan toʻqimachilik sanoatida sunʼiy tolalar va oddiy Sellyuloza efirlari i.ch.da foydalaniladi. Yangi qimmatli texnik xossalarga ega boʻlgan Sellyuloza materiallari olishda tikilgan sopolimerlar sintezining amaliy ahamiyati muhim. Mas, polielektrolitlar (poliakril kislota, polimetil vinilpiridin) bilan tikilgan Sellyuloza sopolimerlardan ion almashingan toʻqimalar, tolalar va plyonkalar sifatida foydalanish mumkin. Sellyuloza makromolekulasining oddiy zvenosida gidroksil guruh borligi uchun ulardan oddiy va murakkab efirlar olish mumkin. Bu birikmalar qimmatli xossalarga ega boʻlganligidan, turli texnika sohalarida tolalar, plyonkalar, lok va elektr izolyatsiya krplamalari, neft va toʻqimachilik sanoatida suspenziya stabilizatorlari hamda quyultirgichlari sifatida qoʻllanadi (yana qarang Sellyuloza efirlari).
Download 35,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish