47-modda. Ishonchnomalarni tasdiqlash
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi.
O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi ko‘rsatib qo‘yilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma bo‘yicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur bo‘lganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma bo‘yicha berilganidan ko‘proq huquqni qamrab olmasligi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qo‘yish, turar joyni va boshqa ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yig‘majildlarida qoladi.
8-bob. MEROS MOL-MULKNING QO‘RIQLANIShIGA DOIR ChORA-TADBIRLAR KO‘RISh, MEROSGA BO‘LGAN HUQUQ TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMALAR BERISh
49-modda. Merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi o‘ziga ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni xabardor qilishi shart.
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora ma’lum qilish yoki xabar berish yo‘li bilan ham merosxo‘rlarni chaqirishi mumkin.
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish
Meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak.
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qilish
Meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq meros qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qiladi. Da’volar yozma ravishda bayon etilishi shart.
52-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxo‘rlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi.
53-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq yuboradi.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi.
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
54-modda. Meros mol-mulkni ro‘yxatga olish va uni saqlash uchun topshirish
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni ro‘yxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxo‘rlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk bo‘lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar merosni qabul qilib olgunga qadar da’vo qo‘zg‘atgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi.
(54-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxo‘rlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi.
55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar, agar merosxo‘r bo‘lmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxo‘rlardan haq olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
56-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish
Meros mol-mulkni qo‘riqlash merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan bo‘lsa, qonunda belgilab qo‘yilgan merosni qabul qilib olish muddati o‘tgunga qadar davom etadi.
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida merosxo‘rlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga o‘tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash
Notarius merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan bo‘lsa, davlatga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan:
meros qoldiruvchi kasal bo‘lgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish;
meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan fuqarolarni ta’minlash;
ish haqi bo‘yicha da’volarni va ularga tenglashtirilgan da’volarni qanoatlantirish;
meros mol-mulkni qo‘riqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxo‘rlarni chaqirish haqidagi xabarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida farmoyish beradi.
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1155-moddasi.
58-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish joyi va muddatlari
Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.
Guvohnomalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi.
59-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bog‘liq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berilganligi haqida merosxo‘rlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan taqdirda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga beriladi.
60-modda. Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishning shartlari
Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishni so‘rab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun bo‘yicha vorislikka chaqirish uchun asos bo‘ladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib ko‘radi.
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin.
61-modda. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish shartlari
Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yo‘qligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi.
LexUZ sharhi
Meros bilan bog‘liq munosabatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limi bilan ham tartibga solinadi.
9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUShGA BO‘LGAN MULK HUQUQI TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMALAR BERISh. MOL-MULKNI BOShQA ShAXSGA O‘TKAZIShNI TAQIQLAB QO‘YISh VA TAQIQNI BEKOR QILISh
62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berish
Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko‘ra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi.
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarning yozma arizasiga ko‘ra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish qonunlarda belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 106 va 111-moddalari hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 290 va 295-moddalari.
10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KO‘ChIRMALARNING TO‘G‘RILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TO‘G‘RILIGINI ShAHODATLASh
Oldingi tahrirga qarang.
65-modda. Hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi.
Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan ko‘chirma to‘g‘riligi shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qo‘yiladi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
66-modda. Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini shahodatlash
Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qog‘ozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qo‘yilganligini tasdiqlaydi.
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
68-modda. Tarjimaning to‘g‘riligini shahodatlash
Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASh
69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning iltimosiga ko‘ra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yig‘ilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga ko‘ra ushbu yig‘ilish o‘tkazilishi chog‘ida hozir bo‘ladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risida hamda ushbu qarorni qabul qilish chog‘ida hozir bo‘lgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yig‘ilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
(701-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
71-modda. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan o‘zi ekanligini tasdiqlaydi.
72-modda. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Notarius o‘ziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING ARIZALARI VA (YOKI) BOShQA HUJJATLARINI TOPShIRISh. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOG‘OZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISh
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o‘zga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
74-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish
Notarius qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasi.
Notarius pul summalari va qimmatli qog‘ozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi bo‘yicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni topshiradi.
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi.
75-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishiga to‘lov kimning foydasiga amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.
13-bob. IJRO XATLARI YoZISh
76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
77-modda. Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar Ro‘yxati”.
78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari
Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab o‘tgan vaqt uch yildan ortiq bo‘lmasa.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
79-modda. Ijro xatining mazmuni
Ijro xatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
undirib oluvchining nomi va manzili;
qarzdorning nomi va manzili;
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar, shu jumladan to‘lanishi kerak bo‘lgan penya, foizlar;
undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
Do'stlaringiz bilan baham: |