Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search



Download 32,39 Kb.
Sana08.09.2021
Hajmi32,39 Kb.
#168655
Bog'liq
Yong


Yongʻoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search



Juglans regia

Yongʻoq (Juglans regia L.) — yongʻoqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yongʻoqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya yarim oroli, Afgʻonistonda oʻsadi. Oʻrta Osiyo togʻlarida tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yo. Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15—30 m, yoʻgʻonligi 1,5—2 m gacha boradi. Shoxshabbasi qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon, ildiz tarmogʻi baquvvat, 4 m va undan ortiq chuqurlikka boradi. Bargi yirik (20—40 sm), 5—11 bargchalardan tuzilgan murakkab barg , hushboʻy (efir moyli). Guli bir uyli, ayrim jinsli, changchisi (otalik guli) — kuchalasi oʻtgan yilgi novdada toʻdatoʻda, urugʻchisi (onalik guli) yangi novda uchida va barg qoʻltigʻida bitta yoki 2—3 tadan, ayrim navlarida 5—10 donadan shingil shaklida joylashadi. Mevasi — yongʻoq, dumaloq yoki choʻziqroq, poʻchogʻi qattiq, yumshoq, gʻalvirak tuzilishga ega. Bir dona yongʻogʻi 5—23 g atrofida (magʻzi 40—75%). 150—200 yil xrsil beradi, 300—400 yil yashaydi. Yo. yorugʻsevar oʻsimlik. Yer osti suvlari yuza boʻlmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq, shagʻalli tuproklarda yaxshi usadi. Vegetatsiya davri 165 — 210 kun. Apr.—mayda gullaydi, mevasi sent.— okt.da pishadi. Yongʻoqzorlardan 30—50 s/ga hosil olish mumkin. Yo. bargi, poʻsti, poʻstlogʻida katta miqdorda oshlovchi moddalar, magʻzi tarkibida 45— 72% yogʻ, 8—21% oqsil, 20% uglevodlar, vitamin V, S, provitamin A va b. moddalar bor. Yo. asalli oʻsimliklardan hisoblanadi. Yo. magʻzi yeyiladi va qandolatchilikda, bargi va meva qobigʻi esa tibbiyot va parfyumeriyada ishlatiladi; magʻiz moyidan oziqovqat sifatida, lok tayyorlashda, yuqori sifatli sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yogʻochi va gʻuddasidan mebel, mashinasozlik sanoatida foydalaniladi. Bargi, poʻstlogʻi va mevasining yashil qobigʻidan gazmol, jun, gilam tayyorlashda ishlatiladigan boʻyoqlar, oshlovchi moddalar (vitamin konsentratlari) tayyorlanadi. Ihota va agrooʻrmon melioratsiya daraxtzorlari barpo etishda, manzarali bogʻdorchilikda ahamiyati katta. Yo., asosan, yongʻogʻidan va payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Payvand qilingan daraxti ertaroq (4—6 yili), yongʻogʻidan oʻsgan koʻchatlar 6—10yilda hosilga kiradi. Toʻnkasidan chiqqan yangi novdalar ham yaxshi oʻsib, 3—4yili hosil beradi. Koʻchati 10x10 yoki 12x12 m oraliqda oʻtqaziladi. Yongʻoqzorlar har yili gektariga 120 kg azot, 60—90 kg fosfor hisobidan har 3 yilda bir marta gektariga 30—40 t hisobidan goʻng bilan oʻgʻitlanadi. Navlari. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. intining Boʻstonliq (Xumson) filialida Yo.ning koʻpgina navlari yaratilgan. Oʻzbekistonda asosan quyidagi navlari ekiladi. Boʻstonliq — daraxti bal. 16 m gacha boradi. Mevasi yirik (13,3 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi och sariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi. Magʻzi chiqishi 48,6%. Tarkibida 68,8% yogʻ va 2,2% qand bor. Gʻalvirak (yupqa poʻchoq) — daraxti 16 m gacha. Mevasi oʻrtacha (9—9,5 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi oqishsariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi, tarkibida 68,8% yogʻ va 3% qand bor. Antiqa — daraxti 9 m gacha, guli oldinmakeyin ochiladi, erta koʻklamda gullaydi, lekin yoz oylarida ham qayta gullashi mumkin. Dastlab tukkan hosili sent. oxirlarida, soʻnggisi dastlabkisidan 6—7 kun keyin pishadi. Mevasi oʻrtacha (10—10,5 g), yassiyumaloq, poʻchogʻi oqishsariq. Magʻzi poʻchogʻidan yaxshi ajraladi, tarkibida 67,1 % yogʻ va 3% qand bor. Oʻzbekistonda Yo.ning yana Konsoy, Pioner, Vatan, Yubiley, Doʻrmon1, Doʻrmon2 va b. navlari oʻstiriladi. Asosiy zararkunandalari: yongʻoq qurti, yongʻoq galla kanasi, barg oʻrovchilar. Ularga qarshi kurashda insektitsidlar, 0,5% li ohakoltingugurt qaynatmasi va b. qoʻllaniladi.Yong'oq xotirani yaxshilaydi.Buyuk olim va shoir Baxti Kamron ko'p tadqiqotlar olib borgan bu borada

Yong‘oqning mag‘zi bilan birga  po‘stlog‘i hamda bargi ham inson organizmi uchun foydalidir.

Uning po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi modda, bo‘yoq va boshqa moddalar, bargida S, R va V1 vitaminlari, karotin, flavonoidlar, gidroyuglon, efir moyi, xom mevasi po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda S darmondorisi, mag‘zida esa karotin va yog‘ bor.
Bargidan siqib olingan shirasi temiratki va boshqa teri kasalliklariga qarshi davo sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, bargidan tayyorlangan damlama bolalardagi raxit va diabet kasalliklarini davolashda, gijja haydovchi vosita sifatida, angina(bodomcha bezlarining yallig‘lanishi) va gingivit(milk shilliq qavatining yallig‘lanishi) kasalligida, og‘iz va tomoqni chayish uchun qo‘llaniladi. Xom mevasi gijjaga qarshi iste’mol qilinadi. Qolaversa, undan tayyorlangan murabbo qalqonsimon bez xastaligi(bo‘qoq)ni davolashda foydali hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida ko‘p miqdorda yod moddasi mavjud.

Yong‘oq mag‘zi qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini qoldiradi. Tarkibida 50 foiz yog‘ bo‘lib, u qand kasalligiga qarshi ishlatiladigan samarali dori vositalaridan biridir. Mevasining mag‘zi ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga ham yordam beradi. Yoshlik quvvatini oshiradi, me’da faoliyatini yaxshilaydi.  Agar u anjir bilan qo‘shib yeyilsa, asab va xotirani mustahkamlaydi.



Yong‘oqlar hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, foydali moddalarga boydir. Ularda vitaminlar, minerallar, shuningdek "zararli" xolesterin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi monoto‘yintirilgan va polito‘yintirilgan yog‘lar mavjud. Ko‘plab klinik sinovlar davomida yong‘oqlarning taomlarga qo‘shilishi organizmga ijobiy ta'sir qilishi, moddalar almashinuvini normallashtirishi va immunitetni oshirishi isbotlangan. Bunga ularning ancha kaloriyali mahsulot ekanini qo‘shsak, yengil tamaddi qilish uchun mukammal yegulikka ega bo‘lamiz.

Shunday bo‘lsa-da, ularni ertadan kechgacha yeyish maqsadga muvofiq emas. Yong‘oqning har bir turi faqatgina me'yorida iste'mol qilinganda, o‘ziga xos ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘ladi. Don't Panic yong‘oqlarning foydali xususiyatlariga oid maqolasi bilan bo‘lishdi.
Download 32,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish