4-PARAGRAF 1. XVI asrda katolik cherkovi talimotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo’lib o’tgan ijtimoiy harakat nima deyiladi? Reformatsiya
2. XVI asrda Germaniya imperatorini saylab qo’yadigan 7 nafar knyazning nechtasi arxiyepiskoplar edi? 3 tasi
3. XVI asrda Rim cherkovi o’z daromadining katta qismini qaysi davlatdan olgan? Germaniyadan
4. Germaniyada reformatsiya qachon boshlanadi? 1517-yilda
5. Qaysi shaxsning ta’limoti Germaniyada reformatsiya to’lqinining kuchayishiga katta tasir ko’rsatgan? Martin Lyuter
6. Martin Lyuter qaysi universitetda ilohiyotdan dars bergan? Vittenberg
7. 1517-yilda Gremaniya cherkovlari eshigiga yopishtirilgan “95 tezis” kimga tegishli edi? Martin Lyuterga
8. Qaysi yilda Germaniyada dehqonlarning krepostnoylik zulmiga qarshi urushi boshlanadi?1524-yilda
9. 1524-yilda Germaniyada dehqonlarning qo’zg’oloniga kim boshchilik qiladi? Tomas Myunser
10. Nechanchi yilda Germaniya rexstagi lyuterchi knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun hohlagan dinini tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qiladi? 1526-yilda. Bu qaror 1529-yilda bekor qilinadi.
11. Protestantlik cherkovi qachon vujudga keladi? 1555-yilda
12. Qaysi Germaniya imperatori knyazlarga o’zlari e’tiqod qiladigan diniy talimotni o’z knyazliklari hududlarida joriy etish huquqini beradigan qonun chiqaradi? Karl V
13. “Tezis” so’zining manosi nima? Yunoncha “qoida, isbot”
14. “Xitobnoma” bu – (arabcha-forscha) – biror ish yoki harakat qilishga undab yozilgan maktub, yozma chaqiriq, murojaatnoma
5-PARAGRAF 1. Oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs qo’lida to’planishi nima deyiladi? Monarxiya
2. Qaysi Angliya qiroli butun mamlakatni yagona markaz Londonga bo’ysundiradi? Genrix VIII Tyudor
3. Qaysi Angliya hukmdorlaridan qaysi biri 1509-1547-yillarda hukmronlik qilgan? Genrix VIII Tyudor
4. Toifaviy vakillik organi bu ... parlament
5. Angliyada nechanchi asr Tyudorlar asri deyiladi? XVI asr
6. XVI asr Angliya tarixida qaysi uch asosiy voqealar bilan chuqur iz qoldirgan? Reformatsiya, Mutloq monarxiyaning kuchayishi, Angliyaning dengizda hukmronligini o’rnatilishi.
7. Angliyada reformatsiya qaysi qirol davriga to’g’ri keladi? Genrix VIII Tyudor
8. Angliyada reformatsiya kimning talabi bilan amalga oshirilgan? Qirol
9. Genrix VIII qirol hokimiyatini mustaxkamlash maqsadida qanday farmon chiqaradi? Cherkovni yer va boshqa mol-mulklaradan maxrum etish haqida
10. Qaysi Angliya qiroli cherkovning 2/3 qism yerini sotib yuboradi? Genrix VIII Tyudor
11. Angliyada protestantlik cherkoviga amal qiluvchi cherkov qanday atalgan? Anglikan cherkovi
12. Angliya qirolichasi Mariya qaysi Angliya qirolining qizi edi? Genrix VIII Tyudor
13. Angliya qirolichasi Mariya hukm surgan davrni aniqlang. 1553-1558-yillar
14. Angliyada qaysi qirolicha kontrreformatsiya o’tkazadi? Mariya
15. Qaysi Angliya qirolichasi protestantlikni shakkoklik deb e’lon qiladi va katolik cherkovini qayta tiklashga kirishadi? Mariya
16.Qachon Angliya qirolichasi Mariya parlamentning Angliyada Rim papasi hokimiyatini qayta tiklash haqida qaror chiqarishiga erishadi? 1554-yilda
17. Angliya qirolichasi Yelizaveta hukm surgan davrni aniqlang.1558-1603-yillar
18. Qaysi Angliya qirolichasi “cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori” unvonini olgan? Yelizaveta
19. Qaysi Angliya qirolichasi davridan cherkov ibodatlari ingliz tilida o’tkaziladigan bo’ladi? Yelizaveta
20. Angliya qirolichasi Yelizaveta I ga nafrat ko’zi bilan qaragan Ispaniya qiroli kim? Fillip II
21. Kimning o’limi Angliyada tyudorlar sulolasining hukmronligiga yakun yasaydi? Yelizaveta I
22. Yelizaveta I ning vafotidan so’ng Angliya taxtiga kim keladi? Shotlandiya qiroli Yakov, Yakov I nomi bilan
23. Angliyada styuartlar sulolasining asoschisi kim? Yakov I
24. “Veto” so’zining manosi nima? Lotincha “taqiqlayman”
25. “Monarxiya” so’zi qaysi tildan olingan? yunoncha