3-PARAGRAF 1. Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropada jamiyatning hukmron tabaqalari kimlar edi? Ruhoniylar va dvoryanlar (zodagonlar)
2. XVII asr o’rtalarida burjuaziyani yuqori qatlamini kimlar tashkil etgan? Savdogar (negosiant) va bankirlar
3. Negosiantlar kimlar? Ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar
4. G’arbiy Yevropada XVI – XVII asrlarda butun aholining necha foizini dehqonlar tashkil etgan? 88 %
5. 1650-yilda Yevropa aholisi qanchani tashkil etgan? 100 mln
6. Nechanchi asrdan boshlab Yevropada usti yopiq bozorlar qurish keng avj oladi? XVII asrdan
7. XVII asrdan usti yopiq bozorlarning eng yiriklari Yevropaning qaysi shaharlarida quriladi? London va Parij
8. O’rta asr yarmarkalari o’z ahamiyatini yo’qotishiga nima sabab bo’lgan? Shaharlarning o’sishi va bozorlarning ko’payishi
9. Yangi davr boshlarida savdo kompaniyalarining ko’payishiga nima sabab bo’lgan? Savdogarlar hayoti va mol-mulkiga solinayotgan doimiy havf-hatar
10. Yangi davr boshlarida savdo kompaniyalarining vujudga kelishiga nima sabab bo’lgan?
11. Yangi davr boshlarida savdo-sotiqning markaziga aylangan davlatlar qaysilar? Angliya va Gollandiya
12.Angliyaga chetdan qalampir olib kelish huquqi qaysi kompaniyaga berilgan? “Ost Indiya”
13. Angliyaga chetdan paxta olib kelish huquqi qaysi kompaniyaga berilgan? “Levantiy”
14. Angliyaning qaysi savdo kompaniyasi O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini qo’lga kiritgan? “Levantiy”
15. Rossiya bilan savdo aloqasini olib borishga qaysi kompaniya haqli edi? “Moskva”
16. XVII asr boshlarida Angliya savdo kompaniyalari qaysi hududlarni o’z ta’sirida tutgan? Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha
17. Mehnat taqsimoti asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxona nima deyiladi? Manufaktura
18. XVII asrga kelib monufaktura ishlab chiqarishi qaysi davlatlarda xo’jalikning asosiy shakliga aylanadi? Angliya va Gollandiya. Fransiyada rivojlanish bosqichiga kirdi
19. “Mortira” nima? Artileriya qurolining yangi turi
20. “Mushket” deb ataluvchi miltiq qachon ixtiro qilingan? XVI asrda
21. XVII asrda qanday omil ritsarlar mavqeyiga putur yetkazadi? Qurolsozlikdagi ixtirolar
22. “Burjuaziya” so’zining manosi nima? Fransuzcha “shaharlik”
23. Daromad topish maqsadida hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati nima deyiladi? Aksionerlik jamiyati
24. “divident” so’zining manosi nima? Lotincha “taqsimlangan narsa”
25. Savdo sohasida tanho hukmronlik qiluvchi tashkilot nima deyiladi? Savdo monopoliyasi
26. “Patent” so’zining manosi nima? Lotincha “ochiq, aniq, ravshan”