8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va kalkulyatsiya bandlari buyicha
xarajatlar
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi
xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Maxsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga
oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga kо‘ra, kuyidagi elementlar bilan
guruhlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarilib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalar;
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish axamiyatiga ega bо‘lgan
boshqa
xarajatlar.
I. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli
bо‘ladi:
1. Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib, uning tarkibiga
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar kо‘rsatishda)
zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni о‘rash uchun
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish extiyojlariga
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar
sinovini о‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish), ishlab
chiqarish jarayonida foydalaniladigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek,
asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar,
inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan
boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi.
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xо‘jalik yurituvchi subyektda montaj
qilinadigan yoki qо‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim
tayyor mahsulotlar.
4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xо‘jalik yurituvchi
subyektning ichki tarkibiy bо‘linmalari tomonidan bajariladigan, faoliyatning
asosiy turiga tegishli bо‘lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan
ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot
tayyorlash bо‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga
ishlov berish, iste’mol qilinayottan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun
sinovlar о‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan
nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli
bо‘ladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport
xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan
xizmatlarga tegishli bо‘ladi.
5. Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish
ishlariga haq tо‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq tо‘lash, sanoat
korxonalari tomonidan suv xо‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va
undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq tо‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari
uchun — yog‘och-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan)
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yeki atrof-muxitni
tiklash xarajatlari.
6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha
turlari, xujalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab
chiqarishga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha transport ishlari.
7. Xо‘jalik yurituvchi
subyektning
texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish
hamda xо‘jalik extiyejlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid kilinadigan
energiY. (Xujalik yurituvchi
subyektning
о‘zi tomonidan ishlab chikariladigan elektr
energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid kilinadigan
energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya kilish va uzatish xarajatlari
xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).
8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yо‘qolish normalari
doirasida va ulardan ortiqcha yо‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9. Xо‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy
resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu
jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak
(mehnatga haq tо‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar
va boshqalar).
10. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan
qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va о‘rash-joylash materiallari kiymati
ularning amalda sotilishi, foydalanishi, ishlatilishi yoki omborga kirim qilinishi
narxi bо‘yicha chiqarib tashlanadi.
12. «Moddiy xarajatlar» elementi bо‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar
qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qо‘shimcha narx
(ustama)dan, ta’minot, tashki iktisodiy tashkilotlar tomonidan tulanadigan
vositachilik takdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan,
brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq
tо‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va
yetkazib berishga hak tо‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bulgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mexnatga haq tо‘lash xarajatlari
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
1. Xо‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq tо‘lash
shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif stavkalari va
lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajariladigan ish uchun
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni
hisobga olish bо‘yicha dastlabki xujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi
tusdagi tо‘lovlar.
2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga
ustamalar.
3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bulgan kompensatsiya tusidagi
tо‘lovlar, shu jumladan:
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari
vaktda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif
stavkalari va okladlarga ustamalar va qо‘shimcha haq;
- kо‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga kushib olib borganlik va
xizmat kо‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar rо‘ixati bо‘yicha og‘ir,
zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun
ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
- aloka, temir yо‘l,
dars,
avtomobil transporti va katta yо‘llar xodimlari
doimiy ishi yо‘lda о‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bо‘lgan boshqa xodimlarning
ish haqiga, xо‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jо‘nagan paytadan
boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha tо‘lanadigan yо‘lda о‘tgan har bir
sutka uchun tо‘lanadigan ustamalar;
- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita
band bо‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda vaxta usuli
bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning kо‘chma va qatnov xususiyata uchun
ustama;
- doimiy ravishda yer osti ishlarida band bо‘lgan xodimlarga ularning
shaxtada (konda) ish joyiga jо‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha
о‘tadigan normativ vaqt uchun qо‘shimcha haq;
- mehnatga haq tо‘lashning rayonlar bо‘yicha tartibga solinishiga, shu
jumladan, rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq chо‘l,
suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan
tо‘lovlar;
- xо‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish
joyiga va orqaga qaytadigan yо‘lda о‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash
jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga
kura va transport tashkilotlari aybi bilan yо‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif
stavkasi.
4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va
qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish
(ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq tо‘lash.
5. Ishlamagan vaqt uchun haq tо‘lash:
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qо‘shimcha
ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qо‘shimcha ta’tillar uchun
kompensatsiyalar, о‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun
onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy kо‘rikdan о‘tash bilan bog‘liq vaqt
uchun haq tо‘lash;
- majburiy ta’tilda bо‘lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq tо‘lash;
- donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq tо‘lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar
bо‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi tо‘lash.
6. Xо‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular
tomonidan
fuk
arolik-xuqukiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bо‘yicha ishlar
bajarilganligi uchun haq tо‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-
kitob xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi
ham shu jumlaga kiradi.
7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida katnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq tо‘lash fondiga kiritiladigan tо‘lovlarning boshqa turlari.
III. Ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bо‘yicha mehnatga haq tо‘lash
fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy
sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bо‘yicha xarajatlar tarkibiga kuyidagilar kiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib
chiqib xisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (xisoblangan eskirish),
lizing bо‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga
kiradi.
2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har
oyda xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali
foydalanish muddatidan (birok, xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan
ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga
tegishli bо‘ladi. Foydali foydalagann muddatini aniklash imkoni bо‘lmagan
nomoddiy aktivlar bо‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgalanadi, biroq
xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
V. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni xisobga olishning navbatdagi
kompleks moddalari
Do'stlaringiz bilan baham: |