10 – PARAGRAF Arab xalifasi Umar ibn Abdulaziz hukm surgan yillar qaysilar ? 717-719-yillar
Qaysi Arab xalifasi bo’ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini yuritgan ? Umar ibn Adulaziz
Qaysi Arab xalafasi bundan buyon yangi yerlarni zabt etishni to’xtatish va moliyaviy islohot o’tkazish to’g’risida farmon chiqaradi ? Umar ibn Abdulaziz
Qaysi Arab xalifasi musulmon arablar bilan bir qatorda islom dinini yangi qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olishni bekor qiladi ? Uma r ibn Abdilaziz
Xalifa Umar ibn Abdulaziz davrida Mavorounnahr zodagonlari o’zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblab soliq to’lamay qo’yganligi uchun qaysi soliqni bir yo’la hammadan olish haqida buyruq beriladi ? Jizya
720-yilda arablarga qarshi kimlar boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi ? G’urak va Divashtich
720-yilda qo’zg’olon ko’targan G’urak kim bo’lgan ? Sug’d ixshidi
720-yilda qo’zg’olon ko’targan Divashtich kim bo’lgan ? Panjikent hokimi
720-yilda Sug’dliklarga yordam berish uchun qayerdan turk lashkarlari keladi ? Yettisuvdan
G’urak va Divashtich qo’zg’oloni qayerda ko’tariladi ? Sug’dda
Said Xaroshiy qachon Xurosonga noib etib tayinlanadi ? 721-yilda
Qaysi Xuroson noibi Iroqda xalq qo’zg’olonini bostirishda shavfqatsizligi bilan shuxrat qozongan ? Said Xaroshiy
Movorounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida qaysi Xuroson noibi islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi ? Ashros
Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor nechanchi yillarda hukm surgan ? 738-748-yillarda
Qaysi Xuroson noibi mamlakatda o’z mavqeyini mustaxkamlab olish maqsadida moliya islohotini o’tkazadi ? Nasr ibn Sayyor
Qaysi Xuroson noibi islomni qabul qilganlardan jizya olmaslikka qaror qabul qilib, e’tiqodidan qat’iy nazar hammaga xiroj to’lashni shart qilib qo’yadi ? Nasr ibn Sayyor
Qaysi Xuroson noibi davrida oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mahalliy mulkdor dehqonlar o’rtasida qon-qarindoshlik aloqalari o’rnatiladi ? Nasr ibn Sayyor
Buxorxudodning qiziga uylangan Xuroson noibi kim ? Nasr ibn Sayyor
VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligi uchun kim kurash boshlaydi ? Muhammad payg’ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali
Ummaviylarni Muhammad s.a.v avlodlarini qirib tashlaganlikda ayblagan kim ? Muhammad ibn Ali