Vii sinf o’zbekiston tarixidan savol-javob 1 paragraf



Download 85,91 Kb.
bet10/35
Sana07.07.2021
Hajmi85,91 Kb.
#111810
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
7-sinf o'z tar savol javob

11 - PARAGRAF

  1. Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik qaysi xalifa davrida kuchayadi ? Marvon II

  2. Marvon II hukm surgan davr ? 744-750-yillar

  3. Marvon II davrida Ummaviylarga qarshi umumiy norozilikning sababi nima bo’ladi ? Xiroj miqdorini oshganligi va aholini muttasil hasharlarga majburan jalb etish

  4. Ummaviylarga qarshi da’vat qilish uchun Xurosonga kelgan abbosiylar targ’ibotchisi kim? Abu Muslim

  5. Abu Muslim qachon Xurosonga keladi ? 746-yilda

  6. 746-yilda Xurosonda payg’ambar avlodlarini quvvatlashga chaqirgan kim ? Abu Muslim

  7. Xurosonda Abu Muslimni dastlab kimlar qo’llab quvvatlaydi ? Arab zodagonlari , so’ngra mahalliy dehqonlar

  8. Abu Muslim tomonidan ummaviylarga qarshi tashviqot O’rta Osiyoda qaysi hududlarga keng tarqaladi ? Xuroson, Movorounnahr va Toxariston viloyatiga

  9. Abu Muslimni Xurosondagi qal’asi qaysi bo’lgan ? Mohuvon

  10. Abu Muslim qo’shiniga kelib qo’shilganlarga qancha maosh to’langan ? Avval uch so’ngra besh dirhamdan

  11. Abu Muslim qullar uchun qayerda maxsus joy tashkil etadi ? Shavval qishlog’ida

  12. Abu Muslimning Shavval qishlog’idagi qullar qo’shiniga kim boshliq qilib qo’yiladi ? Dovud

  13. Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan arab zodagonlarining maqsadi nima edi ? Hokimiyatni abbosiylarga olib berib mamlakatda o’z mavqeylarini ko’tarish

  14. Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan mahalliy mulkdorlarning maqsadi nima edi ? Siyosiy jihatidan arablar bilan tenglashish va iloji bo’lsa mamlakatni xalifalikdan ajratib uni mustaqil idora qilish

  15. Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan oddiy aholining maqsadi nima edi ? Og’ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan holis bo’lish

  16. Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan qullarning maqsadi nima edi ? Ozod bo’lish

  17. Abu Muslim qo’zg’olonchilarining libosi qanday rangda bo’lgan ? Qora

  18. Abu Muslim qo’zg’olonchilari Xuroson poytaxti Marv shahrini qachon egallaydi ? 748-yilda

  19. Abu Muslim qo’zg’olonchilariga qarshi o’z ixtiyoridagi barcha qo’shinni safarbar etgan Arab xalifasi kim ? Marvon II

  20. Abu Muslim qo’zg’olonchilari nechanchi yildan xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yurish boshlaydi ? 749-yilda

  21. Abu Muslim qo’zg’oloni natijasida xalifalik taxtiga kim keladi ? Abul Abbos Saffoh

  22. Xalifalikda abbosiylar sulolasi asoschisi kim ? Abul Abbos Saffoh

  23. Abul Abbos Saffohning hukm surgan davri ? 750-754-yillar

  24. Abu Muslim qayerga noib etib tayinlanadi ? Xuroson va Movorounnahrga

  25. Movorounnahrda abbosiylarga qarshi dastlabki qo’zg’olon qachon va qayerda boshlanadi? 750-yilda Buxoroda

  26. Xitoy imperatori qo’shinlari Turkistonga Talos vodiysiga qachon bo’stirib kiradi ? 751-yilda

  27. 751-yilda Xitoy imperatori qo’shinlari kim tomonidan qaytariladi ? Abu Muslim tomonidan yuborilgan Ziyod ibn Solih tomonidan

  28. Ziyod ibn Solih qo’shini tarkibi qaysi elat vakillaridan iborat edi ? Arab, sug’d va turklardan

  29. Abu Muslim qachon va qaysi shaharda xalifa buyrug’i bilan o’ldiriladi ? 755-yilda Bag’dodda

  30. Arab xalifaligida ummaviylar sulolasining hukm surgan davri ? 661-750-yillar

51.Arab xalifaligida abbosiylarning hukm surgan davri ? 750-1258-yillar 12-PARAGRAF

  1. Arab xalifaligiga qarshi “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni nechanchi yillarda bo’lgan ? 769-783-yillarda

  2. “Oq kiyimlilar” qo’zg’olonining rahbari kim bo’lgan ? Muqanna

  3. Muqannaning asl ismi kim bo’lgan ? Hoshim ibn Hakim

Hoshim ibn Hakim qaysi kasb egasi bo’lgan ? Kudungar (matoga oxor beruvchi)

  1. Hoshim ibn Hakim qayerda tug’ilgan ? Marv yaqinidagi Koza qishlog’ida

  2. “Muqanna” so’zining ma’nosi nima ? Niqobdor

  3. Muqanna Xurosonda qaysi lavozimda ishlagan ? Sarxanglik, keyinchalik vazir lavozimiga ko’tarilgan

  4. “Sarxanglik” qanday lavozim ? Kichik lashkarboshi

  5. Muqanna kimni g’oyalariga asoslanib ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ’ib etgan ? Mazdak

  6. Muqanna nima uchun zindonga tashlangan ? Amir isyonida qatnashib , payg’ambarlik da’vosini qilganligi uchun

  7. Muqanna zindondan qochib qayerga keladi ? Marvga

  8. Mazdak ibn Hamdodon yashagan yillar ? 470-529-yillar

  9. Mazdak ibn Hamdodon kim bo’lgan ? Eronning bosh kohini

  10. Mazdak ibn Hamdodon qanday g’oyani yoqlab chiqqan ? Dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi g’oyasini

  11. Muqanna targ’iboti qaysi hududlarda yaxshi samara beradi? Naxshab va Keshda

  12. Muqanna qayerni o’z qarorgohiga aylantiradi ? Som qal’asini

  13. Muqanna qo’zg’oloni qayerda kuchli avj oladi ? Sug’dda

  14. Muqanna qo’zg’oloni qayerlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi ? Eloq va Shoshga

  15. “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloniga zarba berish uchun qaysi xalifa harbiy kuch yuboradi ? Xalifa Mansur

  16. Xalifa Mansur kim boshchiligida va qachon “Oq kiyimlilar” qo’zg’olonchilariga qarshi qo’shin yuboradi ? Jabroil ibn Yahyo boshchiligida 775-yilda

  17. Muqanna qo’shinlari Jabroil ibn Yahyo qo’shinlarini tor-mor etgandan keyin qaysi hududlar qo’zg’olonchilar qo’liga o’tadi ? Naxshab va Chog’aniyon

  18. “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni 776-yildan qayerda avj oladi ? Buxoroda

  19. “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni 776-yildan Buxoroda avj olib ularning Buxorodagi qarorgohi qayer bo’ladi ? Narshax qal’asi

  20. Narshax qal’asida “Oq kiyimlilar” arablarga qarshi qancha muddat kurash olib boradi ? To’rt oy

  21. “Oq kiyimlilar” va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi qancha muddat kurash olib boradi ? Ikki yil

  22. “Oq kiyimlilar” qo’zg’olonida kurashning oxirgi bosqichi qayerda bo’lib o’tadi ? Kesh vodiysida

  23. Muqannaning Som qal’asi qachon qamalga olinadi ? 783-yilda

  24. “Oq kiyimlilar” qo’zg’olonining yengilishiga asosiy sabab nima ? Qo’zg’olonchilarning uyushqoqlik bilan harakat qilmaganligi. Ikkinchidan mahalliy mulkdorlarning arablar tomoniga o’tib ketishi. Uchinchidan qo’zg’olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan

  25. 806-yilda arablarga qarshi kim boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi ? Rofe ibn Lays

  26. Rofe ibn Lays qo’zg’oloni qayerdan boshlanadi ? Samarqanddan

  27. Rofe ibn Lays qo’zg’oloni Samarqanddan boshlanib qaysi hududlarga tarqaladi ? Shosh, Farg’ona, Buxoro, Naxshab va Xorazmga

  28. Rofe ibn Lays qo’zg’olonini bostirgan Xuroson noibi kim ? Ma’mun

  29. Ma’mun kimlarni yordamida Rofe ibn Lays qo’zg’olonini bostiradi ? Somonxudodning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolar yordamida


Download 85,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish