VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Movarounnahrda Islom dini g’oyalari yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablarida tashkil etilgan ta’lim-tarbiya mazmuni. Islom dinining muqaddas manbalari (“Qur’on” va “Hadis”) – musulmon maktablari ta’lim-tarbiyasining g’oyaviy asoslari. Arab tilining savdo va madaniy aloqalar tiliga aylanishi.
Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari. Imom Ismoil al-Buxoriyning “As-sahih” (“Ishonarli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asarlarining shaxs ma’naviy kamolotining tarkib topishidagi o’rni.
So’fiylik ta’limoti va namoyondalarining pedagogik qarashlari. Imom G’azzoliy – islom falsafasi va pedagogikasining asoschisi sifatida. Imom G’azzoliyning “Kimyoi saodat” asari. “Kimyoi saodat” asarining tarbiya taraqqiyotidagi o’rni. Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”ining axloqiy-ma’rifiy ahamiyati. Masjidlar va ular huzuridagi maktablar – o’rta asrlar Movarounnahrining asosiy ta’lim muassasalari. Masjidlar va ular huzuridagi maktablarda ta’lim-tarbiyaning tashkil etilishi. O’rta asrlar ta’lim muassasalarida savod chiqarish metodikasi. “Chor kitob” va “Haftiyak” – dastlabki savod darsliklari sifatida.
609-610-yillardan boshlab Muhammad payg‘ambar sifatida
yagona Allohga e'tiqod qilish g‘oyasini targ‘ib eta boshladi. Islom
dinining g‘oyalarini quraysh va boshqa qabilalaming a’zolari
o'rtasida targ‘ib etishda Muhammad alayhissalomga Xadicha har
jihatdan ko‘mak beradi, ular bir umr maslakdosh, ham fikr bo‘lib
qoladilar. Islom dini g‘oyalari targ‘ibotining dastlabki yillari
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning g‘oyaviy e’tiqodlariga
qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati tobora
kuchayib boradi.“Qur’on” - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning
muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida “qiroat”
ma’nosini anglatadi. “Qur’on”114suradan iborat bo‘lib, ulaming90tasi
Muhammad alayhissalom Makka shahrida, 24tasi esa Madina
shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo‘linganligi to‘g‘risida
manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “qur’on” g‘oyalari kishilami tenglik,
birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi.
“Qur’on”da faqat ota-ona emas, oilaningboshqa a’zolariga, qarindoshlar, yetimlar, kambag‘allar, qo‘ni-qo‘shnilarga ham yaxshilik qilish ta’kidlangan.
Imom Ismoil al-Buxoriyjuda boy ijodiy meros qoldirgan.
Uning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to‘plam”), “Al-adab
almufirad” (≪Adab durdonalari≫), “At-tarix al-kibor” (“Katta
tarix”), “At-tarix as-sag‘iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-i-
imom” (“Imom ortida turib o‘qish”), “Vaful-yadini fi-s-saloti”
(“Namozda ikki qo'lni ko‘tarish”) kabi asarlari mavjud bo‘lib,
ulaming qo‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan.
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘-tarilishSharq Renessansi-Uyg‘onishdavrining boshlanishga olibkeldi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari
bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim,
matematika,fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika
sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso
al-Xorazmiy. Abu Nasr Forobiy, Ahmad aI-Farg‘oniy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat
olib bordilar.
Muhammad Al-Xorazmiy
(783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy
munosabatlami yo‘lga qo‘yishda ilm-fanning muhim ahamiyatga ega ekanligi
to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib
o‘rin egallaydi.
Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-
uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan
qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlarVavilion (Bobil), Yunoniston,
Hindiston, Xitoy, Misrdagi
deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini
o‘rgandi va o‘zi hayotiy talablar nuqtayi nazarida ulardan farq etuvchi yangi
kashfiyot yaratdi.0 ‘rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyotimutafakkir AbuNasr Forobiy
nomi bilan bogiiq boiib, uning inson kamoloti
haqidagi taiimoti ta’lim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega.
Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr
doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik
mutafakkir -“Muallimiy soniy” - “Ikkinchi muallim” deb
ataydilar.
Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa,
musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlaming turli
sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt - saodatga
erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbari
bo’lishi kerak deydi.
U fozil shahami boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 - sog‘ salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hechqanday qiyinchilik sezmasligi; 2 - tabiati nozik, farosatli;3-xotirasi mustahkam, 4- zehni o‘tkir; 5 o‘z fikrini tushimtira oladigan notiq, 6- bilim-ma’rifatga havasli,7- taom yeyishda,ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha,o‘zini tiya oladigan bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yiniardan) zavq,huzur olishdan uzoq bo‘lishi;8- haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlami sevadigan, yolg‘onni va
yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan; 9 - o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,
10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan; 11- adolatparvar,
12- qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligim qayd etadi.
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad
ibn Ahmad al-Beruniy X asming ikkinchi
yarmi va XI asrning boshlarida, g‘oyat
murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod
etdi.Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning
amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi
bo‘lib Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid birnecha kitob yozdi (“Kartografiya
Globus yasash kitobi“Yerdagi joylaming uzunlama va kenglamalarini aniqlashhaqida maqola” va boshqalar).Beruniy o ‘quvchiga bilim berishda:
- o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- tahlil qilish va taqqoslash;
- ma’lumdan noma’Iumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;
- takrorlash;
- yangi mavzulami qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish
va hokazoga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |