VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. A.Fitratning “Oila asari”da Oila qurish tartiblari va Farzand tarbiyasi,“Rahbari najot” risolasining “Baxtsiz odamlarning ikki toifasiga” oidqarashlari bo‘yicha esse va videorolik tayyorlash. 2.Avloniyning «Madaniyat to‘lqunlari» makolasi tahlili va taqdimot. 3. Forobiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari.(Fozil odamlar shahri) asari asosida taqdimot tayyorlash. 4.O‘zbek faylasuf akademiklari haqida nimalarni bilasiz?.(videorolik tayyorlash).
5. Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari mavzusida esse tayyorlash. 6. Global jarayonlar dialektikasi mavzusida taxliliy ma’ruza tayyorlash va uning takdimotini o‘tkazish. 7. Dialektika rivojlanish xaqidagi ta’limot.(taqdimot tayyorlash). 8. J.Rumiy va M.Shelerning inson tabiatiga oid qarashlarini tahlil etish. 9. Shaxs tarbiyasiga ijtimoiy muhitning ta’siri : oila, jamoa, oilaviy tadbirlar, guruhlar.(taqdimot tayyorlash)
10. J.Rumiyning “Quyoshda ham dog‘ bor” deganda nimani nazarda tutadi (Ichindagi ichindadur asari asosida axloq tarbiyasiga oid esse tayyorlash). 11. J.Rumiyning “ovchi va lochin” rivoyatining mohiyati va uning tarbiyaviy ahamiyatini tahlil etish (Ichindagi ichindadir asari asosida) 12. Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari mavzusida taqdimot tayyorlash. 13. Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tasnifi. 14. Falsafa tarixida sivilizatsiyaga turli yondashuvlar tasnifi (al Forobiy,Ibn Xaldun, N.Danilevskiy, O.Shpengler, A.Toynbi). 15. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 16. Falsafada qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. 17. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. 18. M. Behbudiyning “Padarkush yoxud tarbiyasiz bolaning taqdiri” dramasining axloqiy ahamiyati. 19. M.Behbudiynnig “Yoshlarga murojaat” va “muhtaram yoshlarga murojaat” maqolalarini tahlil etish va esse tayyorlash. 20. O‘zbek mutafakkirlari go‘zallik to‘g‘risida.
21. Ona yurtim tabiati mavzusida videoroliklar va ijodiy ishlar tayyorlash 22. Qurilish sohasidagi axborotlarni tahlil qilishda mantiq fanining ahamiyati.
23. Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllarining uzviyligi:Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. 24. Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyalari mavzusida esse tayyorlash. (geologiya, informatika, texnika soxasida O‘zbekistondagi kashfiyot va ixtirolar bo‘yicha ma’lumot bazasini tayyorlash). 25. Tasavvufning falsafiy jixatlari. (esse tayyorlash) 26. “Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. 27. “Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. 28. Hukmning tarkibi va xususiyatlari. 29. Argumentlash va dallillashning inson kundalik faoliyatida tutgan o‘rni. 30. XX1 asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida. 31. Estetik faoliyat-mehnatning o‘ziga xos turi sifatida (xalq amaliy san’ati).
32. O‘zbekiston san’ati rivojlanish tarixi va hozirgi zamon mavzusida taqdimot tayyorlash. 33. Texnikaviy taraqqiyotda estetikaning o‘rni masallari mavzusida taqdimot tayyorlash.
34. Korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari mavzusida videoroliklar tayyorlash. 35. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar. 36. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar mavzusida taqdimot tayyorlash. 37. O‘zbekistonning arxitektura yedgorliklarining qiyosiy tahlil bo‘yicha videorolik tayyorlash, “Mening yurtim” loyihasi doirasida har bir talaba o‘zining viloyatidagi arxitektura yedgorliklarining tarixiga oid takdimot tayyorlashi maqsadga muvofiq. 38. Landshaft arxitekturasining inson estetik faoliyatida tutgan o‘rni. 39. XXI asr O‘zbekiston shaharsozlik estetikasi mavzusida videorolik tayyorlash.Har bir talaba o‘zi yashayotgan hudud shaharsozligidan kelib chiqqan holda taqdimot tayyorlashi maqsadga muvofiq. 40. Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi ahamiyati mavzusida esse tayyorlash. 41. Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari. 42. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biridir mavzusida esse tayyorlash.
43. Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida hozirgi zamon g‘arb va sharq mamlakatlaridagi din omili bo‘yicha esse tayyorlash. 44. Milliy madaniyatlarning diniy madaniyat shakllanishidagi roli. 45. Islom nurli ma’rifat dini mavzusida (esse tayyoyorlash). 46. Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, erkak va ayolning maqomi.
Mustaqil ishi uchun umumiy talablar: Mustaqil ishining rejasi xulosasi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lishi shart. Mustaqil ishini har bir talaba og’zaki himoya qiladi.