6.29-rasm. Tishli g‘ildirakka ishlov beruvchi oqim bo‘yicha
liniya rejasining sxemasi
1 va 2-tokarlik ishlov berish; 3-tishni frezalash; 4-tishni yetiltirish dasgoxlari; 5-zagotovkalar; 6-rol gang; 7-birinchi konveyer; 8- ikkinchi konveyer; 9-yuvish mashinasi;10-texnik nazoratdan o‘tkazish bo‘limi;11-termik sexiga konveyer
.
6.2. Sex maydonining o‘lchamlarini aniqlash
Loyihalashda ishlab chiqarish maydoni barcha dastgohlar, ish joylari, konveyerlar va boshqa qurilmalar, zagotovka joyi va yo‘laklarning rejasini tuzish bilan aniqlanadi. Joylashtirish rejasi asosida qabul qilingan prolyotlar soni, uzunligi va kengligi aniqlanadi. Prolyot kengligi (ya’ni, ustunlar o‘qlari orasidagi ko‘ndalang yo‘nalishdagi o‘lcham) qabul qilingan jihozlar va transport vositasi gabarit o‘lchamlariga bog‘liqdir. Quyida mexanika sexlari uchun keng tarqalgan prolyot kengliklari ko‘rsatilgan
-yengil mashinasozlik uchun 18 metr.
-o‘rta mashinasozlik uchun 18 va 24 metr.
-og‘ir mashinasozlik uchun 24; 30; 36 metr.
Mexanika sexining barcha prolyotlari bir xil qilib olinadi. Ba’zi xolatda, masalan, yirik dastgohlar ham joylatirilganida, boshqalarga nisbatan prolyot 1,2 barobar keng qabul qilinadi.
Ustunning o‘qlari orasidagi bo‘ylama yo‘nalishidagi masofa ustun qadami deb ataladi. Odatda u 6; 9 metr, ba’zida 12 m qilib, bino materiali va konstruktsiyasiga asosan qabul qilinadi. Ustunlar orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishidagi masofa ustun turi deyiladi va u mexanika sexlarida 18x6 va 24x6 m yoki 18x12 m va 24x12 m, og‘ir mashinasozlikda 30x6 va 36x6 m, ayrim xolatlarda ustun qadami 9 va 12 m olinadi. Avtotraktorsozlikda, odatda, 18x6m va 24x6m yoki 18x12 va 24x12 m olinadi.
Prolyotning uzunligi qatorda joylashgan ishlab chiqarish va yordamchi bo‘limlar, yo‘laklar va boshqa uchastkalar o‘lchamlari yig‘indisi orqali aniqlanadi. Prolyot uzunligi ustun qadamiga teng bo‘lishi kerak.
Prolyotning kerakli soni, kengligi va uzunligi aniqlangandan so‘ng sex ishlab chiqarish maydoni aniqlanadi.
Prolyot balandligi – mexanika sexlarida ko‘prikli kran qo‘llanilsa, 6; 15 m dan kam (pol sathidan kran osti rel si kallagigacha) bo‘lmasligi kerak, og‘ir mashinasozlikda balandroq, ya’ni 16 m bo‘lishi mumkin. Agar sexda tel fer yoki balkali kran qo‘llanilgan bo‘lsa, balandlik u holda 6 m qabul qilinadi.
Sex maydonidan foydalanishni xarakterlovchi ko‘rsatkich nisbiy maydondir, ya’ni har bir dastgohga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha maydon tushuniladi. Bu ko‘rsatkich yo‘lkalar bilan birgalikda hisoblangan umumiy maydonni dastgohlar soniga bo‘lish bilan aniqlanadi, ya’ni, sex maydonidan qay darajada foydalananilayotganligini ifoda etadi, u quyidagi ko‘rsatgichlarga ega bo‘lishi tavsiya etiladi:
Mayda dastgohlar uchun
O‘rta dastgohlar uchun
Yirik dastgohlar uchun
O‘ta yirik va ulkan dastgohlar uchun
|
10-12 m2.
15-25 m2.
30-45 m2.
50-150 m2 .
|
Do'stlaringiz bilan baham: |