Jarrohlik operatsiyalarining tasnifi
Jarrohlik operatsiyalari bajarilishiga qarab xilma-xil bo‘ladi va
quyidagi bir necha guruhlarga bo‘linadi:
1.
Qonli operatsiyalar
– teri, shilliq parda va qon tomirlar bir-
ligining buzilishi, masalan: yumshoq tovon tog‘ayini kesish.
2.
Qonsiz operatsiyalar
– bunda teri qoplamlari birligi buzil-
masdan operatsiya bajariladi (chiqqan bo‘g‘imlarni joyiga qayta
solish, bog‘lam ishlatish).
3.
Radikal va palliativ operatsiyalar.
Radikal – (lotincha
radix-
ildiz, o‘zak – asosiy hal qiluvchi) kasallik belgisidan tash-
qari, uning sababini ham bartaraf qilish, masalan, chirigan tishni
qirqib (kesib) olib tashlash – eksterpatsiya qilish, siydik xaltasida
va uning yo‘llarida paydo bo‘lgan toshni olib tashlash. Palliativ
(fransuzcha
palliative;
lotincha
palliare
– yashirmoq) – vaqtincha
kasallikka yengillik berish. Hayvondagi og‘riqni pasaytirish orqali
uning xo‘jalik faoliyati va hayotini uzaytirish; qorin bo‘shlig‘ida
to‘plangan zardobni chiqarish. Nafas qaytishining oldini olish
uchun traxeotamiya o‘tkazish va boshqalar.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |