5
Rus olimlari professor Y. N. Yanovskiy, V. A Vivolodov,
M. A. Malsev, L. S. Sopojnikov, S. P. Mamadishskiy, P. P. Krilov,
o‘zbek olimlari S. N. Vohidov, V. A. Polyakov, X. K. Rustamov va
boshqalar veterinariya xirurgiyasining asoschilaridir.
1990-yilda I. I. Magda muallifligida «Operativ xirurgiya» fani-
dan yangi darslik yaratildi. 1991-yilda M. I. Kovalev muallifligida
«Qishloq xo‘jalik hayvonlari topografik
anatomiyasi asosida
operativ xirurgiya» darsligi, 1995-yilda K. I. Petrakovning «Amaliy
veterinariya jarrohligi» kitobi bosmadan chiqdi. So‘nggi yillarda
nerv tolalari novakain blokadasi bo‘yicha yangi usullar ishlab
chiqarildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida juda katta o‘zgarishlar bo‘l-
ganligi tufayli jamoa va shirkat xo‘jaliklari, yirik chorvachilik
komplekslari o‘rniga xususiy va fermer xo‘jaliklari paydo bo‘ldi.
Shaharlarda it, mushuk va boshqa hayvonlarni
uy sharoitida bo-
quvchilar ko‘payib ketdi. Shu sababli veterinariya xirurgiyasida
yangi diagnostik usullar: ultratovush tekshirishlar, bo‘g‘inlar art-
roskopiyasi, bo‘g‘inlar displaziyasi diagnostikasi va boshqalar
vujudga keldi.
Jarrohlik yo‘li bilan davolanadigan
kasalliklarning rivojlanish
qonuniyatlari, patologik jarayonlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy
bog‘langan holda tekshirish xirurgiyada yangi ilmiy asoslangan
profilaktik tadbirlarni ishlab chiqishga asos soldi. To‘qimalarda
bo‘ladigan jarohatli, yiringli, yiringli-nekrotik jarayonlarning og‘ir-
lashuvida onkoserkoz, brusellyoz kabi
kasalliklarning ishtirok
etishi o‘rganildi.
Veterinariya jarrohligining rivojlanishida bu fanning yangi tar-
mog‘i artrologiya vujudga kelib, o‘zining yangi davolash usullarini
yaratdi. Veterinariya jarrohligi fanining, ayniqsa, otlar va kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda o‘tkaziladigan jarrohlik operatsiyalarning
yutuqlari ham kam emas. Hozirgi
vaqtda otlarning ichaklarida,
kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida uchrab turadigan
har xil toshlar, yot jismlarni olib tashlash oddiy operatsiya bo‘lib
qoldi. Hayvonlarni uxlatish maqsadida narkoz hosil qiluvchi dori-
larni qo‘llash hamda mahalliy anesteziya (og‘riqsizlantirish)dan
keng foydalanish veterinariya jarrohligi fanining rivojlanishini
yanada tezlashtirib yubordi.
6
Veterinariya jarrohligi hayvonlarga qon quyish muammosini
ko‘tarib chiqdi va bu sohada ham katta yutuqlarga erishdi. Otlar-
ning qon guruhlarini aniqlash va qon
quyish texnikasini takomil-
lashtirish qator kasalliklarni davolashda keng imkoniyatlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: