Ekspluatatsion jarohatlar
– hayvonlarni ishlatish, sportda foy-
dalanish, mexanik sog‘ish, qo‘ylarning junini qirqish va sun’iy
qochirish punktlarida buqalardan urug‘ olish bilan bog‘liq bo‘lgan
jarohatlarni o‘z ichiga oladi.
Sport jarohatlari
– ot, it, va sirk hayvonlarida uchrab, hayvon-
larga noto‘g‘ri munosabat natijasida paydo bo‘ladi.
Oziq jarohatlari
– oziqlarni tayyorlash, saqlash, ularni tashish-
da zoogigiyenik qoidalarni buzish, shuningdek, yaylovlarning
qarovsizligidan paydo bo‘ladi. Jarohatlanishning bu turi ko‘proq
qoramollar bilan qo‘ylarda, kamroq cho‘chqalarda uchraydi.
Fermer xo‘jaliklarida buqachalar bilan sog‘in sigirlarni bog‘lab
boqishda, balanslashmagan ratsionda ko‘p miqdorda konsentrat
berib boqqanda, polni suv bilan yuvib tozalashda hayvonning orqa
oyoqlariga sovuq tegib shamollashi oqibatida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |