38
maqsadida qo‘yiladi. Dumga bintli burama bog‘lam qo‘yish uning
ildiz tomonidan boshlanadi. Bog‘lam yaxshi ushlashi uchun har bir
o‘ramdan keyin ustiga bir tutam halqa qilingan dum qili (juni)
joylashtiriladi va bu halqani bintning keyingi aylanasi bilan o‘rab
ketiladi. Bog‘lam yaxshi ushlashi va bintni tejash maqsadida dum
oxiridagi
jun ikki halqa qilib buklanib,bint o‘rashni shungacha
davom ettiriladi. Bog‘lash oddiy spiralsimon o‘ram bilan tugatiladi.
Dum oxiridagi halqadan bint o‘tkazilib,dumni tortib hayvon
bo‘yniga fiksatsiya qilib qo‘yiladi.
Bilak sohasiga karkasli bog‘lam qo‘yish.
(Andreyev usuli).
Boldir sohasi bog‘lovchi materiallarni yaxshi ushlaydi.
Uzunligi
hayvonning bilak yoki boldiriga to‘g‘ri keladigan to‘rt bo‘lak yum-
shoq simdan karkas to‘qiladi. Simning har qaysisiga teri shikast-
lanishining oldini olish maqsadida simdan 2–3 sm kalta rezinali
naycha kiygiziladi. Simlarning
erkin uchlarida halqa yasalib,
ulardan rezina naychalar o‘tkaziladi. Ularning uzunligi boldir ayla-
nasidan ancha uzun, ya’ni bog‘lab tugun qo‘yish uchun etarli bo‘-
lishi zarur. Karkasni qo‘yishdan oldin bilakka 2–3 qatlam
bog‘lovchi material o‘ralib, uning ustiga karkas qo‘yiladi. Shundan
keyin rezina naychaning uchlari bir - biri bilan bog‘lanadi. Rezina
naychalar teri va chuqurda yotgan to‘qimalarni qisib qo‘ymasligini
ta’minlash uchun bog‘lovchi materiallarni karkasning yuqori va
pastki qismidan 1,5–2 sm tashqariga chiqarish lozim. Karkasning
qattiqligini va bog‘lamning siljimasligini
yanada oshirish uchun
karkas ustiga rezina naychalardan (usti va ostidan) tashqariga chi-
qarib bog‘lovchi materiallar o‘raladi va bintli spiralsimon bog‘lam
qo‘yib fiksatsiya qilinadi.
Tovon bo‘g‘imiga karkasli bog‘lam qo‘yish.
(Andreyev usuli) –
bog‘lovchi materillar tovon do‘ngligining yuqori va pastki chizi-
g‘ida fiksatsiya qilinsa, nafaqat
hayvon tinch turganida balki, u
harakatlanganda ham bog‘lam yaxshi ushlab turiladi. Bog‘lam
diametri 4–8 sm li rezina halqa va unga bir-biridan uzoqlikda bog‘-
langan to‘rtta dokali tasma, uzunligi va kengligi bo‘g‘imni 1,5–2
qavat qilib o‘rash uchun yetarli bo‘lgan qatlamli qilib tayyorlangan
paxta-dokali kompressdan iborat bo‘ladi. Kompress o‘ralgandan
keyin bo‘g‘imning bukuvchi yuzasiga rezina halqa qo‘yiladi,
39
yuqorigi ikki tasma kompressning ustidan, boldirning pastki (distal)
tashqi va ichki yuzasidan yo‘naltirib, ahil payi ustida bog‘lanadi.
Immobilizatsiyalovchi bog‘lamlar
– hayvon tanasining qismiga
to‘liq harakatsizlikni va shikastlangan organlarga tinchlikni ta’min-
laydi. Bu bog‘lamlar suyaklar singanda, paylar va bog‘lamlar uzil-
ganda, chiqishlarda va boshqa hollarda qo‘llaniladi. Immobilizasi-
yalovchi bog‘lamlarga shinali va qotiruvchi gipsli bog‘lamlar kiradi.
Shinali bog‘lamlar
har xil turdagi
shinalardan iborat tayanch
moslamalarga ega bo‘lib, oyoqlar yuqoridagi ko‘rsatkichlar bilan
shikastlanganda, vaqtincha harakatsizlikni ta’minlaydi. Shinali
bog‘lamni qo‘yishda oyoq bo‘g‘imlariga
yengil egilgan holat
beriladi. Shikastlangan soha terisi dokali salfetka bilan yopiladi.
Uning ustiga qalinligi 1–1,5 sm dan iborat yog‘sizlantirilgan paxta
qatlam bilan o‘raladi (suyak do‘ngliklariga qalinroq qatlam (astar)
qo‘yiladi va siljuvchi bintli bog‘lam bilan fiksatsiya qilinadi.
Gipsli bog‘lamlar
– ko‘pincha hayvonning suyagi shikastlangan
joyini qimirlatmaslik uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: